Xoldarov Dilmurodjon Erkinjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi nomi): “Hozirgi o‘zbek qissalarida badiiy uslub muammosi (Shoyim Bo‘taev va Nazar Eshonqul qissalari misolida)”, 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fil39.
Ilmiy rahbar: Karimov Bahodir Nurmetovich, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyot va fol`klori instituti, DSc.27.06.2017.Fil.46.01.
Rasmiy opponentlar: Umarali Normatov filologiya fanlari doktori, professor; Sattorova Gulnoz filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Shoyim Bo‘taev va Nazar Eshonqul qissalari uslubi tadqiqi misolida bugungi o‘zbek qissachiligidagi poetik yangilanishlarni o‘rganish, qissa janri kontekstida ijodkor shaxsi, badiiy til va badiiy nutq muammolari xususida ilmiy-nazariy xulosalar chiqarishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Sh.Bo‘taev qissalari uslubiy tahlili asosida qissa uslubining badiiy obraz, portret, badiiy detal` va syujet bilan aloqadorligi ochib berilgan;
qissa uslubi syujet ko‘lamdorligi va yaxlitligini ta’minlovchi muhim vosita ekani asoslangan;
N.Eshonqul asarlari tahlili jarayonida bugungi o‘zbek qissalarida yangilanayotgan realistik uslub imkoniyatlari aniqlangan;
modern uslub hozirgi qissachiligimizning yangi xususiyati, jahon nasri an’analarining milliy talqini sifatida ko‘rsatilgan;
Sh.Bo‘taev va N.Eshonqul qissalarining uslubiy tahlili asosida bugungi o‘zbek qissachiligida yangidan-yangi uslub ko‘rinishlarini namoyon etayotgani haqidagi nazariy xulosalar ilgari surilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Hozirgi o‘zbek qissalarida badiiy uslub muammolari mavzusida olib borilgan tadqiqotlar asosida olingan natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
2012–2016 yillar mobaynida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Davlat ilmiy-texnika dasturi doirasida faoliyat yuritgan F1-42 raqamli “Adabiyotshunoslik tarixining fundamental tadqiqi”da foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 25 oktyabrdagi FTA-02-11/944-son ma’lumotnomasi). Shu asosda qissa uslubining badiiy obraz, portret, badiiy detal` va syujet bilan chambarchas aloqadorligi hamda qissa uslubi syujet ko‘lamdorligi va yaxlitligini ta’minlovchi muhim vosita ekanligi, bugungi o‘zbek qissachiligida yangidan-yangi uslub ko‘rinishlari namoyon bo‘layotganligi haqidagi nazariy xulosalarni asoslash uchun xizmat qilgan;
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Nasr kengashi yillik hisobotida 2016 yil qissalarining tahlilida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2017 yil 10 oktyabrdagi 01-03/902-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek qissachiligi tadriji, o‘zbek nasridagi an’anaviy va noan’anaviy uslub shakllari, uning taraqqiyot bosqichlari, hozirgi qissalardagi vorisiylik xususiyatlari yoritib berilgan.