Xalmuratova Muxabbat Kuralbaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bosh va bo‘yin soxasining keng ko‘lamli kuyishi oqibatlarini xirurgik davolash usullarini takomillashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Tib578.
Ilmiy rahbar: Kayumxodjaev Abdurashit Abdusalomovich , tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Madazimov Madamin Muminovich , tibbiyot fanlari doktori, professor; Fayazov Abdulaziz Djalilovich, tibbiyot fanlari doktori; Ibadov Ravshan Alievich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «A.V. Vishnevskiy nomidagi xirurgiya milliy tibbiy tadqiqot markazi» Federal Davlat byudjet muassasasi (Rossiya Federatsiyasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mayda qon-tomir va aksial laxtaklarni qo‘llashning taktik-texnik jihatlarini optimallashtirish orqali bosh va bo‘yin sohasining keng ko‘lamli kuyish oqibatlarida plastik xirurgik aralashuvlar natijalarini yaxshilashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
torakodorzal yoki kurak laxtaklarining qon-tomir oyoqchalarini kurak osti arteriyasini qo‘shish orqali uzaytirish bosh hamda bo‘yin sohasining resipient qon-tomirlari bilan “oxirini-oxiriga” turidagi kalibri bo‘yicha optimal anastomozni shakllantirishga imkon berishi va shu bilan, magistral qon aylanishi saqlanib qolinishi ehtimolini oshirishi aniqlangan;
mikroanastomozlarni shakllantirishda ularda trombozlarning rivojlanishiga olib keluvchi texnik jihatlar sifatida mayda choklarni haddan ziyod ortiqcha yoki etarlicha tortmaslik, shuntlarni tarang xolda shakllantirish, kameralarning gofrirlanishi, choklararo oraliq masofaning bir xilligini buzilishi, qon-tomir devorlarining barcha qatlamlarini chokda birlashtirmaslik ekanligi isbotlangan;
bosh va bo‘yin sohalarining kuyishidan keyingi keng va chuqur chandiqli deformatsiyalarini laxtakni mustahkamlash bosqichida lokal va masofaviy ishemik prekondisionirlash hisobiga lokal qon aylanishini yaxshilanishi bilan tavsiflanuvchi aksial laxtaklar bilan plastika qilish usuli takomillashtirilgan;
ensa qismidan kesib olingan qo‘shimcha qarama-qarshi laxtakni tikish yo‘li bilan uzaytirilgan, oziqlantiruvchi oyoqchada teri-fassial del`to-pektoral laxtak shakllantirish orqali boshning keng chandiqli nuqsonlarini plastika qilish usuli takomillashtirilgan;
oldindan tayyorlangan teri-fassial-tog‘ayli laxtakning tajribaviy modelini shakllantirishda transplantatning ham yumshoq to‘qimali tuzilmalarida, ham bevosita tog‘ay ustki qismida mikrotsirkulyasiyani adekvat tiklanishi bilan neovaskulogenez jarayonlarining birgalikda kuchayishi isbotlangan;
birinchi bosqichda karkas sifatida autoqovurg‘ali tog‘ay implantatsiyasi bilan chakka fassiyasidan olingan laxtakni qo‘llash va ikkinchi bosqichda uni ko‘tarish xamda quloq suprasi tuzilmalarini shakllantirish bilan tavsiflanuvchi quloq suprasining kuyishdan keyingi deformatsiyasini qayta tiklash usuli ishlab chiqilgan;
yumshoq to‘qima-tog‘ayli kombinatsiyalangan nuqsonlarni bir vaqtda plastikasi uchun implantatsiyalangan autotog‘ay bilan oziqlantiruvchi oyoqchada murakkab tarkibli aksial laxtaklarni qo‘llash imkoniyatiga yo‘naltirilgan bosh va bo‘yin sohalarining chandiqli deformatsiyalarini plastika qilish usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Bosh va bo‘yinning keng ko‘lamli kuyishi oqibatlari bo‘lgan bemorlarga yuqori texnologiyali xirurgik yordam ko‘rsatish sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Boshning kombinatsiyalangan yumshoq to‘qima-tog‘ayli nuqsonlarini plastika qilish usuli” takomillashtirilgan (Ixtiroga patent №IAP 06522, 30.06.2021 y.). Taklif etilgan usul burunning tog‘ay nuqsoni, yonoq-burun sohasining keng ochiq nuqsonini bir vaqtning o‘zida plastika qilish va maqbul funksional va estetik natijaga erishish imkonini bergan.
“Quloq suprasining kuyishdan keyingi chandiqli nuqsonini rekostruksiya qilish usuli” takomillashtirilgan (Ixtiroga patent №IAP 06521, 30.06.2021 y.). Autoqovurg‘ali tog‘ay implantatsiyasi bilan oldindan tayyorlangan murakkab tarkibli laxtaklarni qo‘llashning taklif etilgan usuli rekonstruksiya bosqichlari sonini qisqartirish va quloq suprasining kuyishdan keyingi chandiqli nuqsoni rekostruksiyasi natijalarini yaxshilash imkonini bergan.
bosh va bo‘yinning kuyishdan keyingi chuqur va keng chandiqli nuqsonlarini plastikasi bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Bosh va bo‘yinning kuyishdan keyingi chuqur va keng chandiqli nuqsonlarini aksial laxtaklar bilan plastika qilish usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 9 avgustdagi 08-23326-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar, vaskulyarizatsiyani yaxshilashning xamda bosh va bo‘yinning kuyishdan keyingi nuqsonlari plastikasi uchun aksial laxtaklar implantatsiyasining taklif etilgan usullaridan foydalanish plastikaning rekonstruktiv bosqichlarining qo‘shimcha va umumiy sonini, o‘ziga xos asoratlar rivojlanish chastotasini qisqartirishga imkon bergan.
bosh va bo‘yin sohalarining keng ko‘lamli kuyishi oqibatlari bo‘lgan bemorlarga ko‘rsatiladigan xirurgik yordam sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining xirurgiya bo‘limi va Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining xirurgiya bo‘limi faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 9 avgustdagi 08-23326-son ma’lumotnomasi). Bosh va bo‘yinning kuyishdan keyingi nuqsonlari plastikasining taktik-texnik jihatlarini takomillashtirish tashrixdan keyingi davrning asoratlarsiz kechishi ulushini 64,7%dan 90,4%gacha oshirishga, qoniqarsiz funksional va estetik natijalar chasotasini 17,6% dan 1,4%gacha kamaytirishga (p<0,05), shifoxonada bo‘lish davomiyligini 25,2±8,0 dan 20,7±6,6 kungacha qisqartirishga (p<0,001) va plastikaning barcha bosqichlari umumiy davomiyligini 70,2±42,3 dan 43,9±26,6 kungacha kamaytirishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish