Mamatqulov Tursunqulning  
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida fan doktori (DSc) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Lalmikor va sug‘oriladigan erlarda ekish uchun arpaning serhosil, yuqori sifatli navlarini yaratish», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/Qx195.
Ilmiy maslahatchi: Xalilov Nasriddin Xalilovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/04.03.2022.QX.13.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: arpaning “Abu-G‘ofur 20” navi (NAP 00252), “Mushtarak” navi (NAP 00251), “Obikor” navi (NAR 00327). O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2021 yil 3 noyabrdagi 01-11/2746-son xulosasi.
II. Tadqiqotning maqsadi Lalmikor va sug‘oriladigan erlar uchun noqulay biotik va abiotik omillarga chidamli, serhosil, yuqori sifatli arpaning yangi navlarini yaratish hamda ishlab chiqarishga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor O‘zbekiston Respublikasining lalmikor va sug‘oriladigan mintaqalarida tashqi muhitning noqulay biotik va abiotik omillariga chidamli, serhosil, yuqori sifatli navlarini yaratishda 5542 ta to‘ldirilgan dunyo genofondidan hamda mahalliy Unumli arpa navi ishtirokida tur ichida oddiy juft va murakkab chatishtirish asosida duragay kombinatsiyalar olingan;
arpaning “Abu-G‘ofur 20”, “Mushtarak” va “Obikor” navlarida ertapisharlik, serhosillik, tashqi muhitning biotik va abiotik omillariga chidamli va kasalliklarga bardoshlilik hususiyatlari mavjudligi aniqlangan;
yangi yaratilgan pivobop “Abu-G‘ofur 20” va “Mushtarak” arpa navlari Respublikamizning Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Toshkent, Navoiy va Surxondaryo viloyatlari lalmikor erlarining turli tuproq-iqlim sharoitlarida etishtirishga mosligi ulardan rayonlashgan “Unumli arpa” va “Lalmikor” navlariga nisbatan erta va yuqori sifatli hosil olinishi, boshqa navlarga nisbatan 3,5-5,7 s/ga yuqori ekanligi, pivoboplik hususiyatlari bilan boshqa navlardan ustunligi tasdiqlangan;
yangi yaratilgan arpaning “Obikor” navi Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining sug‘oriladigan maydonlari tuproq-iqlim sharoitlarida etishtirishga mosligi, rayonlashgan “Mavlono” naviga nisbatan 2-7 kunga ertapisharligi, hosildorligi 11,2 s/ga, oqsil miqdori 0,4-0,9 % ga yuqori ekanligi bilan boshqa navlardan ustunligi aniqlangan;
arpaning madaniy Hordeum vulgare L ekma turiga mansub ertapishar, serhosil, yuqori sifatli, kasalliklarga bardoshli “Abu-G‘ofur 20”, “Mushtarak” va “Obikor” navlari yaratilib, O‘zbekiston Respublikasi Intellektual Mulk agentligi tomonidan seleksiya yutug‘iga patentlar olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Lalmikor va sug‘oriladigan erlarda ekish uchun arpaning serhosil, yuqori sifatli navlarini yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
arpaning pivobop, ertapishar (187-189 kun), hosildorligi 13,7-26,7 s/ga, 1000 dona don vazni 59,7-62,7 g, qurg‘oqchilikka chidamliligi 95,3%, qishga chidamliligi 91,8%, ekstrakt moddasi 76,3%, unuvchanlik quvvati 99,2%, kasalliklarga bardoshli bo‘lgan “Abu-G‘ofur 20” navi yaratilgan. Davlat reestiriga kiritilgan “Abu-G‘ofur 20” arpa navi Jizzax viloyatida 897 gektar maydonga joriy etilgan. “Abu-G‘ofur 20” naviga IMA tomonidan patent berilgan (NAP 00252) (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 24-fevraldagi №05/33-04/725-son ma’lumotnomasi). Natijada, ertapishar, serhosil, yuqori sifatli, lalmikor erlarda ekishga mos, arpa kasalliklariga bardoshli “Abu-G‘ofur 20” navi ekilgan maydonlarda o‘rtacha 17,5-22,0 s/ga hosil olinib, 599,2 ming so‘m/ga iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
lalmikor maydonlar uchun arpaning pivobop, ertapishar (184-186 kun), don hosildorligi 19,9-30,2 s/ga, 1000 dona don vazni 52,0-56,6 g, qurg‘oqchilikka chidamliligi 93,3%, issiqlikka chidamliligi 85,3%, ekstrakt moddasi 77,6%, unuvchanlik quvvati 99,8%, kasalliklarga bardoshli bo‘lgan “Mushtarak” navi yaratilgan. Yangi “Mushtarak” arpa navi Jizzax viloyatida 14 gektar maydonga joriy etilgan. “Mushtarak” naviga IMA tomonidan patent berilgan (NAP 00251) (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 24-fevraldagi №05/33-04/725-son ma’lumotnomasi). Natijada, ertapishar, serhosil, lalmikor erlarda ekishga mos, arpa kasalliklariga bardoshli “Mushtarak” navi ekilgan 14,0 gektar maydonda o‘rtacha 19,7 s/ga hosil olinib, 405,6 ming so‘m/ga iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
sug‘oriladigan maydonlar uchun arpaning em-xashak uchun mo‘ljallangan, ertapishar (156-158 kun), don hosildorligi 32,0-47,9 s/ga, oqsil miqdori 14,6-15,1%,  issiqlikka chidamliligi 96,0%, qishlashga chidamliligi 84,5-90,0%, yotib qolishga chidamliligi 9,0 ball, gel`mentosporioz kasaliklariga bardoshli “Obikor” navi yaratilgan. “Obikor” arpa navi Jizzax viloyatining sug‘oriladigan maydonlarida 52 gektar maydonga joriy etilgan. “Obikor” naviga IMA tomonidan patent berilgan (NAP 00327) (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 24-fevraldagi №05/33-04/725-son ma’lumotnomasi). Natijada, ertapishar, em-xashak yo‘nalishida serhosil, yuqori sifatli, gel`mentosporioz kasalligiga bardoshli “Obikor” navi ekilgan 52,0 gektar maydonda o‘rtacha 57,0-65,0 s/ga hosil olinib, 1,7 mln. so‘m/ga iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish