Samiev Luqmon Nayimovich
fan doktori  (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Daryo oqiziqlarining irrigatsion tizimlarda taqsimoti dinamikasi va boshqarish texnologiyalari”, 05.09.07 – “Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.4.DSc/T486.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Arifjanov Aybek Muxamedjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: Xo‘jaev Ismatillo Qo‘shaevich, texnika fanlari doktori, professor; Fayziev Xomitxon, texnika fanlari doktori, professor; Maxmudov Ilxomjon Ernazarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot – Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Daryo oqiziqlarining irrigatsion tizimlarda taqsimoti dinamikasini va boshqarish texnologiyalarini oqiziqlarning harakat rejimini va fraksion tarkibini inobatga olgan holda ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
daryo oqiziqlarining irrigatsion tizimlarda oqimning notekis harakatini inobatga olgan holda, oqim uzunligi bo‘yicha taqsimotining matematik modeli ishlab chiqilgan;
irrigatsion tizimlarda suyuqlik oqimning va daryo oqiziqlarining harakat rejimlarini inobatga olgan holda loyqali oqimlar harakatining matematik modeli takomillashtirilgan;
irrigatsion tizimlarda daryo oqiziqlari konsentratsiyasining oqim uzunligi bo‘yicha taqsimotini hisoblash usuli fraksion tarkibini inobatga olgan holda takomillashtirilgan;
gidrotexnik inshootlarning yuqori b’eflaridagi loyqa cho‘kindilarini tozalash uchun ishlab chiqilgan suv osti gidroelevatorining konstruktiv parametrlari suv naporini hisobga olgan holda asoslangan;
daryo oqiziqlarini fraksion tarkibini inobatga olib boshqaruvchi tindirgich konstruksiyasi takomillashtirildi va hisoblash usuli ishlab chiqilgan;
daryo oqiziqlarini irrigatsion ahamiyatini baholash va boshqarish texnologiyalarini ishlab chiqishda fraksion va kimyoviy tarkibi orasidagi bog‘liqlik korrelyasion koeffisienti orqali asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Daryo oqiziqlarining irrigatsion tizimlarda taqsimoti dinamikasi va boshqarish metodlarini ishlab chiqish asosida:
ochiq o‘zanlarda gidrotexnik inshootlar ta’sirida daryo oqiziqlarining oqim uzunligi bo‘yicha taqsimotini hisoblash usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufiga kiruvchi Mirishkor magistral kanali va Katta Farg‘ona magistral kanalida joriy etilgan. (Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 1 fevraldagi 03/27-232-son ma’lumotnomasi). Natijada notekis harakat davomida oqim uzunligi bo‘yicha oqiziqlarning taqsimotini hisoblash imkoni yaratilgan;
gidrotexnik inshootlarini daryo cho‘kindilaridan tozalash uchun gidroelevatorning yangi konstruksiyasini ishlab chiqish va konstruktiv parametrlarini takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modeliga patent olingan («Suv osti gidroelevatori» №FAP 00937-2014y). Natijada yangi ishlab chiqilgan gidroelevator Mirishkor kanalini oqimning energiyasidan foydalanib daryo cho‘kindilaridan tozalash va kanalning mustahkamligini oshirish imkonini bergan;
daryo oqiziqlarini boshqaruvchi inshoot tindirgichlarning konstruktiv parametrlarini takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modeliga patent olingan (“Davriy yuvilib turuvchi bir kamerali tindirgich” №FAP 00926 - 2014y.). Natijada yangi tindirgich konstruksiyasi orqali daryo oqiziqlarini fraksiyalarga ajratish va mayda fraksiyali zarrachalarni sug‘orish dalalariga yuborish imkonini bergan;
gidrotexnik inshootlarning yuqori b’efning qirg‘oqlaridagi loyqa-cho‘kindilardan tozalash uchun gidroelevatorning konstruktiv parametrlarini takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modeliga patent olingan («Daryo cho‘kindilarining boshqaruvchi gidroelevator» №FAP 01293 - 2018y). Natijada yangi ishlab chiqilgan gidroelevatori gidrotexnik inshootlarni oqimning energiyasidan foydalanib daryo cho‘kindilaridan tozalash va inshoot foydali hajmini oshirish imkonini bergan;
daryo oqiziqlarining oqim uzunligi bo‘yicha boshqarishning takomillashgan usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufiga kiruvchi Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga qarashli Mirishkor magistral kanali, Katta Farg‘ona magistral kanali (KFK), KFK-So‘x tindirgichi, Qo‘qon gidrouzeli tizimidagi irrigatsion kanallardagi gidrotexnik inshootlarda joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 1 fevraldagi 03/27-232-son ma’lumotnomasi). Ilmiy-tadqiqot natijalarining joriy etilishi kanallarni loyqa bosishdan asrash hamda daryo cho‘kindilaridan xom ashyo resursi sifatida foydalanish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish