Xatamov Xayrulla Musurmonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mahalliy xomashyolardan olingan surtma dori vositalarining allergiyaga qarshi xossalarini baholash”, 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Tib528.
Ilmiy rahbar: Suyarov Akram Amirqulovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Immunologiya va inson genomikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Immunologiya va inson genomikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.Tib.50.01.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Ilxom Ruzievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Axmedova Xolida Yuldashevna, tibbiyot fanlari doktori; Urazmetova Maisa Dmitrievna tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand dalat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 
mahalliy xomashyolardan olingan surtma dori vositalarining allergiyaga qarshi  xossalarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor qoraqiz o‘ti quyuq ekstrakti gidrofob asosli surtma dori vositasi allergiya jarayonida N1-gistamin reseptorlarini bloklashi sababli kontaktli allergik dermatit belgilarini (shish, giperimiya, teri infil`tratsiyasi, yara hosil bo‘lishi) bartaraf etishi aniqlangan;
ilk bor qizil miya ildizi quruq ekstrakti gidrofob asosli surtma dori vositasi teridagi allergik yallig‘lanish jarayonida HMGB1 (high-mobility group protein B1) ekspressiyasini bloklashi natijasida tajribaviy xayvonlar terisidagi dermatit belgilari kamayishiga olib kelishi isbotlangan;
ilk bor qoraqiz o‘ti quyuq ekstrakti va qizil miya ildizi quruq ekstraktlaridan olingan qo‘shma surtma dori vositasi kontaktli allergik dermatitda yallig‘lanish jarayonining ham ekssudativ, xam proliferativ fazasini pasaytirishi xisobiga vizual yallig‘lanish (teri burmalari o‘lchamlariga va mahalliy harorat ko‘rsatkichlari) belgilarini kamaytirishi  aniqlangan;
ilk bor qoraqiz o‘ti quyuq ekstrakti va qizil miya ildizi quruq ekstraktlaridan olingan qo‘shma surtma dori vositasi referens-preparatlari psilo-bal`zam va selestoderm V surtmalariga qaraganda allergodermatozlar mexanizmidagi yallig‘lanish infil`tratsiyasi va oksidlanish jarayoniga qarshi ta’siri erta boshlanishi xamda uzoq muddatlarda saqlanib qolishi aniqlangan;
ilk bor tajribaviy xayvonlar terisidagi kontaktli dermatit  jarayonining og‘irlik darajasini kamayish indeksi (Ind) hayvonlarning terisidagi allergik yallig‘lanish belgilari kamayishi xamda teri burmalari qalinligi kamayishi bilan to‘g‘ri proporsional korrelyasion bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy xomashyolardan olingan surtma dori vositalarining allergiyaga qarshi  xossalarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qoraqiz o‘ti quyuq ekstrakti gidrofob asosli surtma dori vositasining samaradorligini aniqlash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Teri allergiyasini davolash usuli» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 29 noyabrdagi 8n-z/ 506-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi qoraqiz o‘ti quyuq ekstrakti asosida olingan yangi allergiyaga qarshi surtma dori vositasi teri allergik kasalliklarini davolash uchun xizmat qilgan;
qizil miya ildizi quruq ekstrakti gidrofob asosli surtma dori vositasini allergik dermatitni davolashdagi optimal miqdorini aniqlash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Teri allergiyasini qizil miya ildizi quruq ekstrakti surtmasi bilan davolash usuli» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 29 noyabrdagi 8n-z/506-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi qizil miya ildizi quruq ekstrakti asosida olingan yangi surtma dori vositasi allergodermatozlarda allergik yallig‘lanish jarayonini bartaraf etishga xizmat qilgan;
mahalliy xomashyolardan olingan surtma dori vositalarining kontaktli allergiyaga qarshi xossalarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarkand davlat tibbiyot universiteti, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti xamda O‘zbekiston milliy universiteti, O‘simlik moddalar kimyosi instituti amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 4 iyuldagi  08-19282-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning klinik amaliyotga joriy etilishi o‘z vaqtida allergiyaga qarshi davolash chora-tadbirlarini amalga oshirishga, samaradorligi jihatidan xorij analogidan qolishmaydigan, import o‘rnini bosuvchi va mamlakatimiz bozorini mahalliy xomashyodan olinadigan zararsiz arzon dori vositalari bilan boyitishga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish