Axmedjanova Zul`fiya Ismailovnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «OIV/OITS infeksiyasida immunitet ayrim ko‘rsatkichlari holati va allergik reaktivlikning o‘zaro bog‘liqligi», 14.00.36–Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Tib146.

Ilmiy maslahatchi: Zalyalieva Mar`yam Valiaxmedovna, biologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika immunologiya ilmiy markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika immunologiya ilmiy markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.50.01.

Rasmiy opponentlar: Nuraliev Nekkaddam Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yuldashev Kaxramon Xoldarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Gulyamov Nariman Gulyamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Kuban davlat tibbiyot universiteti (Rossiya).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: OIV/OITS infeksiyasi turli bosqichlarida allergologik reaktivlik, immunologik ko‘rsatkichlar va mikroelementlar  tarkibi o‘zgarishlarining majmuaviy baholashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor OIV/OITS infeksiyasi turli bosqichlarida allergik kasallik strukturasi aniqlangan;

OIV infeksiyasi rivojlanish jaryonida  bemorlarda tez va sekin rivojlanuvchi gipersezuvchanlik baholangan va Candida albicans, tuberkulinga nisbatan sensibilizatsiyaning o‘rni aniqlangan;

OIV infeksiyasi turli bosqichlarida gistamin miqdorining ortishi isbotlangan;

OIV infeksiyali bemorlarda makro- va mikroelementlar miqdori SD4 limfotsitlar absolyut soniga nisbatan aniqlangan;

OIV infeksiyali bemorlarda dori vositalariga allergiya holatida IgE tanqisligi aniqlangan;

OIV/OITS kasalligi rivojlanishida makro va mikroelementlar, SD4 limfotsitlar orasidagi korrelyasion bog‘liqlik dinamikasi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbekistonda OIV/OITS  infeksiyasi kechishi, immunitet ayrim ko‘rsatkichlari holati va allergik reaktivlikning o‘zaro bog‘liqligi bo‘yicha olingan natijalar asosida:

OIV/OITS infeksiyasi kechishi tashxisi, klinikasi, davolash va profilaktikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «OIV/OITS kasallikning turli bosqichida hujayraviy va gumoral immunitet ko‘rsatkichlari» mavzusidagi uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2014 yil 31 dekabrdagi VN-d/39-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma OIV/OITS infeksiyasini erta tashxislash, klinik kechishini aniqlash, laborator tashxislash va davolashning optimal variantini tanlashga imkon yaratgan;

OIV/OITS  infeksiyasini tashxislash va davolash taktikasi algoritmi, ularning shifoxonagacha bo‘lgan davrda erta tashxislash va OIV/OITS infeksiya bemorlarni davolashni optimallashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Respublika va Toshkent shahar OITSga qarshi kurash markazi hamda Respublika immunologiya ilmiy markazi amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2014 yil 31 dekabrdagi VN-d/39-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar OIV/OITS infeksiyali shaxslarni tashxislash, davolash, parvarish qilish va qo‘llab-quvvatlash muammolarini optimallashtirishda  keng foydalanilmoqda. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish