Saparniyazov In’omjan  Artiqbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida sabzavot (shirin) makkajo‘xori etishtirish texnologiyasi elementlarini takomillashtirish”, 06.01.06 – «Sabzavotchilik» (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Qx345.
Ilmiy rahbar: Sanaev Sobir Toyirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Nurmatov Norqobil Jo‘raevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Azizov Kobuljan Kaxramanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik  ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sabzavot (shirin) makkajo‘xorining Qoraqalpog‘iston Respublikasi tuproq-iqlim sharoiti uchun mos nav va duragaylarni tanlash hamda ertagi ekin sifatida etishtirish texnologiyasining ayrim elementlarini takomillashtirish va ishlab chiqarishga tavsiyalar berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida sabzavot (shirin) makkajo‘xorining 8 ta nav va 8 ta duragaylari etishtirishga mosligi bo‘yicha baholangan hamda Zamin navi va Megaton F1 duragaylari tanlangan;
ajratilgan sabzavot (shirin) makkajo‘xori Zamin navi va Megaton F1  duragaylarini ertagi ekin sifatida 20 aprelda ekilganda o‘simliklarning unib chiqishi, o‘sishi va rivojlanishi uchun maqbul sharoit yaratilishi hisobiga baland bo‘yli (163,7-173,3 sm), ko‘p bargli (12,0-12,2 dona), ko‘p so‘tali (3,0-3,6 dona)  o‘simliklar shakllanishi aniqlangan;
sabzavot (shirin) makkajo‘xorining ajratilgan Zamin navi va Megaton F1 duragaylarini go‘ng va qora plyonka bilan mul`chalab o‘stirilishi o‘simliklarning unib chiqishini tezlashtirib (2-3 kunga)  vegetatsiya davrini o‘zaytirishi (3-4 kunga), baland bo‘yli (169,0-169,4; 177,4 -177,8 sm), serbargli (12,5-12,9 dona) o‘simliklarni shakllanishi hamda hosildorligi (11,5 – 13,1 t/ga) nazorat variantiga nisbatan yuqori (22,6-29,7 %) bo‘lishi aniqlangan;
sabzavot (shirin) makkajo‘xorining ajratilgan Zamin navi va Megaton F1 duragaylarini 20 aprel muddatida ekish (106,4-122,6%) hamda go‘ng va qora plyonka bilan mul`chalab o‘stirilishi (111,5-137,8%) iqtisodiy jihatdan yuqori rentabelli bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida sabzavot (shirin) makkajo‘xori etishtirish texnologiyasi elementlarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasining dehqon va fermer xo‘jaliklari uchun “Qoraqalpog‘iston sharoitida shirin makkajo‘xori etishtirish texnologiyasiga oid tavsiyalar” tasdiqlangan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 1-dekabrdagi 01/019-3191-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma Qoraqalpog‘iston Respublikasida tomorqa, dehqon va fermer xo‘jaliklari hamda agroklasterlariga sabzavot (shirin) makkajo‘xoridanyuqori hosil olishda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
sabzavot (shirin) makkajo‘xorining Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoiti uchun istiqbolli Zamin, Evrika, SPV 1022, Can. Pedro 2 Inta, Svit star F1, Spirit F1, Megaton F1, Sentinel F1 nav va duragaylarini etishtirish texnologiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani fermer xo‘jaliklarida 34,6 gektar, To‘rtko‘l tumani fermer xo‘jaliklarida 9,4 gektar, Nukus tumani fermer xo‘jaliklarida 8,4 gektar,  Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha jami 52,4 gektar maydonga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 1-dekabrdagi 01/019-3191-son ma’lumotnomasi). Natijada, sabzavot (shirin) makkajo‘xorini maqbul muddat va mul`chalash usullarida o‘stirilishi natijasida gektaridan 11,5-13,1 tonna tovarbop so‘ta hosili etishtirilib, 17575,6-22620,0 so‘m/ga sof daromad olingan hamda rentabellik darajasini 23 foizgacha yuqori bo‘lishini ta’minlagan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish