Shamsitdinov Fazliddin Rasulovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Namangan viloyatining och tusli bo‘z toshloq tuproqlari sharoitida g‘o‘zadan yuqori hosil etishtirishda stimulyatorlarni qo‘llash texnologiyasi”, 06.01.08 - O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Qx212.
Ilmiy rahbar: Abdualimov Shuxrat Xamadullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Elmuradov Abdug‘ani Aktamovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Allanazarov Sulton Reypnazarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Genetika va o‘simliklar ekspremental biologiyasi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Namangan viloyatining och tusli bo‘z toshloq tuproqlari sharoitida chigitning unib chiqishi va g‘o‘zaning o‘sishi-rivojlanishini jadallashtirish, paxta hosili va tola sifatini hamda iqtisodiy samaradorlikni oshirish maqsadida Unum, Al`bit va Gummi 20 stimulyatorlarini qo‘llashning maqbul muddat va me’yorlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Namangan viloyatining och tusli bo‘z toshloq tuproqlari sharoitida Unum stimulyatorini chigitga ekish oldidan 2,0 ml/t va g‘o‘zaning shonalash davrida 15 ml/ga, Al`bit bilan chigitga ekish oldidan 75 ml/t, shonalashda 40 ml/ga hamda Gummi 20 stimulyatori chigit ekish oldidan 1,0 l/ga, shonalash-gullash davrlarida 1,0-1,5 l/ga me’yorlardaqo‘llash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
g‘o‘zaning Namangan 77 navi chigitiga ekish oldidan Unum bilan 2,0 ml/t va shonalashda 15 ml/ga me’yordaishlov berilganda nihollar unib chiqishi 7,3-12,1% tezlashishi, ildiz chirish 1,5-2,0%, gommoz 0,2-1,9%, vilt kasalligi7,6% kamayishi, barg soni va yuzasi ortib,paxta hosili va tola sifati yaxshilanishi aniqlangan;
g‘o‘zaniAndijon-35 navi chigitiga Al`bit bilan 75 ml/t va shonalash davrida 40 ml/ga, Gummi 20 stimulyatori bilan chigitga 1,0 l/t, shonalash va gullash davrlarida 1,0-1,5 l/ga me’yorlarda ishlov berilganda nihollar unib chiqishi 15-20% tezlashgan hamda ildiz chirish, gommoz va vilt kasalligi bilan zararlanishi 3-5 martaga kamayishi, g‘o‘zaning o‘sishi-rivojlanishi va hosil elementlari shakllanishi jadallashishi, paxta hosili, tola va chigit sifati yaxshilangani isbotlangan;
Namangan viloyatining och tusli bo‘z toshloq tuproqlari sharoitida chigitga ekish oldidan hamda g‘o‘zaning shonalash va gullash davrlarida Unum, Al`bit va Gummi 20 stimulyatorlari bilan ishlov berish texnologiyasi iqtisodiy samarali ekanligi va rentabellik 11,7-17,4% ortishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Namangan viloyatining och tusli bo‘z toshloq tuproqlarida g‘o‘za parvarishida stimulyatorlarni qo‘llashning maqbul me’yor va muddatlarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
“Namangan viloyatining qir adirli toshloq tuproqlarida g‘o‘zaga Al`bit va Gummi 20 stimulyatorlarini qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar” va “Unum stimulyatorini paxtachilikda qo‘llash bo‘yicha tavsiyanoma” tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 26 martdagi 02/025-1278-son ma’lumotnomasi), mazkur taviyanomalar hozirgi kunda paxtachilik fermer xo‘jaliklari va klasterlarida qo‘llanma sifatida foydalanib kelinmoqda;
och tusli bo‘z toshloqli tuproqlar sharoitida g‘o‘za parvarishida Unum, Al`bit va Gummi 20 stimulyatorlarini chigit ekish oldidan va g‘o‘zaning shonalash-gullash davrlarida qo‘llash texnologiyasi Namangan viloyatining Namangan va To‘raqo‘rg‘on tumanlarida fermer xo‘jaliklarida 415 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 26 martdagi 02/025-1278-son ma’lumotnomasi). Natijada, Unum stimulyatori bilan chigitga ekish oldidan 2,0 ml/t,Al`bit 75 ml/t, Gummi 20 1,0 l/t me’yorlarda ishlov berilganda chigitning sog‘lom va bir tekisda unib chiqishini ta’minlangan, g‘o‘zaning shonalash va gullash davrlarida Unum 15 ml/ga, Al`bit 40 ml/ga, Gummi 20 1,0-1,5 l/ga me’yorlarda qo‘llanganda o‘sishi va rivojlanishi tezlashgan hamda paxta hosili 3,0-5,5 s/ga ortgani aniqlangan;
Unum, Al`bit va Gummi 20 stimulyatorlarini qo‘llashning maqbul me’yorlari Namangan viloyati To‘rqo‘rg‘on tumani Qumidon O‘rikzori f/x 100 ga, Ma’murbek Muxtorbek f/x 100 ga, Dasht Mirishkor f/x 30 ga, Qayumjon ota Raximov f/x 10 ga, Dashtabod Baraka Zamin f/x 35 ga, Shoxidon Burgut Diyori f/x 25 ga, G‘ayrat ziynati f/x 25 ga, Ettikon paxtakori f/x 10 ga, Namangan tumani Hilol yog‘dusi f/x 80 ga,jami viloyat bo‘yiyaa 415 ga maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 26 martdagi 02/025-1278-son ma’lumotnomasi).Buning natijasida, chigit unib chiqishi 10-15% tezlashib, g‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishi jadallashib, ko‘saklar soni 2-3 donaga ortgan, qo‘shimcha 3,0-5,5 s/ga paxta hosili olinib, gektaridan 1 mln 859 ming 500 so‘mdan 2 mln 806 ming 650 so‘mgachako‘proq daromad olingan va rentabellik 38,9-44,3% ni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish