Mamedov Umid Sunnatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Orofarengial soha o‘smalarini davolashda kengaytirilgan limfodenektomiyani takomillashtirish» 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.DSc/Tib400.
Ilmiy rahbar: Polatova Djamila Shagayratovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Mudunov Ali Muradovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Muxammedaminov Shuxrat Karimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professsor; Kamishov Sergey Viktorovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi rentgenradiologiya ilmiy markazi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: orofarengial soha o‘smalari va bo‘yin limfa tugunlarida regionar metastazlar bo‘lgan bemorlarni jarrohlik taktikasi va reabilitatsiyani takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
orofarengial xavfli o‘smalarida N2-3 limfatik tugunlarini zararlanishi radikal va modifikatsiyalashgan limfodisseksiya usuli yordamida bo‘yin metastazlarni bo‘yin tomir-nerv strukturasining rezeksiyasida parafarengial kletchatkaga kirib borish orqali tashqi uyqu arteriyasining rezeksiyasi bilan farqlanadigan jarrolik amaliyoti samaradorligi isbotlangan;
orofarengial soha a’zolari xavfli o‘smalari metastazlarini baholashda ul`tratovush va magnit-tomografik tashxislashdan kompyuter tomografiya tekshiruvi bo‘yin limfatik tugunlar zararlanishini tashxislashda yuqori axborotliligi, skanerlash kesimining kichikligi, o‘smaning tomirlarga invazivligini baholash parametrlari ustunligi isbotlangan;
orofarengial soha a’zolari saratonda nur va kimyoterapiyaning regionar metastazlari bo‘lgan bemorlarda o‘tkazilishi va ikkinchi bosqichda kombinatsiyalashgan jarroxlik amaliyotini bajarilishi qaytalanishga olib keluvchi ekstrakapsulyar o‘sgan bo‘yin regionar metastazlarni olib tashlash imkonini berganligi isbotlangan;
bo‘yinning limfatik tugunlarini metastatik zararlanishida neyrovaskulyar tuzilmalarni rezeksiya kilish bilan kengaytirilgan limfodisseksiyaning takomillashtirilgan usuli ishlab chiqilgan;
og‘iz-xalkum, burun-xalqum, kekirdak-xalqum, xalqum va og‘iz shilliq qavatining saraton kasalligida yassi xujayrali xavfli o‘smalarining regionar metastazlari bo‘lgan bemorlarda kombinatsiyalashgan va kompleks takomillashtirilgan davolash usuli samaradorligi isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Orofarengial soha o‘smalarini davolashda kengaytirilgan limfodenektomiyani takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yuz-jag‘ sohasida saraton kasalligi kuzatilgan bemorlarda onkologik kasalliklar tashhislash usullari va uni korreksiyalash yo‘llarini aniqlash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Yuz-jag‘ sohasi onkologik kasalliklarining diagnostikasi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2013 yil 3 oktyabrdagi 8n-r/312-sonma’lumotnomasi). Natijada yuz-jag‘ sohasi saratoni bilan asoratlangan bemorlarda tashxislashning yangi usullarini tanlash orqali xastlaik samarali davolash va bemorlarning hayot chifatini yaxshilash imkonini bergan;
orafarengial soha raki kuzatilgan bemorlarda jarrohlikning yangicha yondashuvlari va mexanizmlarini aniqlash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati o‘smasini xirurgik davolashda kengaytirilgan limfodisseksiyani bajarish metodikasi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 17 iyuldagi 8n-r/307-son ma’lumotnomasi). Natijada og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati saratonida kengaytirilgan limfa tugunlari limfodisseksiyasi o‘tkazish texnikasini takomillashtirishga yordam bergan, bu esa bemorlarning umr ko‘rish davomiyliligini uzaytirish imkonini bergan;
bosh va bo‘yin o‘smalari kuzatilgan bemorlarda kengaytirilgan limfa tugunlari limfodisseksiyasidan keyingi davolash usullari bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan «Bosh va bo‘yin o‘smalarida kengaytirilgan limfodisseksiyadan keyin bemorlarni olib borish taktikasi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 22 iyuldagi 8n-r/323-son ma’lumotnomasi). Natijada bosh va bo‘yin sohasi saratonida kengaytirilgan limfa tugunlari limfodisseksiyasini o‘tkazish texnikasini takomillashtirish, qo‘shimcha yangi usullarni ishlab chiqish orqali ushbu bemorlarning uzoq muddat yashash imkonini bergan;