Sayt test rejimida ishlamoqda

Turatov Shuhrat Bahromovichning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yoshlarning fuqarolik mac’uliyatini shakllantirishda huquqiy va axloqiy ong dialektikaci”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fal277.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sh.Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02.
Ilmiy rahbar: Yaxshilikov Jo‘raboy Yaxshilikovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Hajieva Maqsuda, falsafa fanlari doktori, professor; Safarov Abduholiq Safarovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda yoshlarning fuqarolik mas’uliyatini shakllantirishda axloqiy va huquqiy ongni uyg‘unlashtirish tendensiyalarini ijtimoiy-falsafiy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlarda fuqarolik mas’uliyatining shakllanishi qonuniy jarayon sifatida mamlakat barqaror taraqqiyotining birlamchi omili ekanligi “inson ehtiyojlarining o‘sib borishi”, “inson ehtiyoj, manfaat va maqsadining uyg‘unligi” kabi ijtimoiy falsafiy qonunlar asosida mantiqiy  dalillangan;
qonunga hurmat, vatanparvarlik, adolatparvarlik, yuksak axloqiylik, burch va mas’uliyat singari fuqarolik mas’uliyatiga oid tuyg‘ularni yoshlar ongiga singdirishda milliy qadriyatlardan oqilona foydalanish zaruriyati falsafiy jihatdan asoslangan;
yoshlarda fuqarolik mas’uliyatining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi ta’lim, tarbiya, targ‘ibot singari omillarning uyg‘unlashuviga asos bo‘luvchi oila, mahalla, ta’lim muassasalari kabi ijtimoiy institutlar faolligini oshirish zarurligi isbotlangan;
yoshlarda fuqarolik mas’uliyati yuksalishining aqidaparastlik, korrupsiya, ma’naviy qashshoqlik kabi g‘oya va mafkuralarga qarshi kurashdagi konstruktiv (ma’naviy etuklik, siyosiy faollik, dahldorlik) ahamiyati sabab va oqibat falsafiy kategoriyalar kontekstida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlarda fuqarolik mas’uliyatini shakllantirishda huquqiy va axloqiy ong dialektikasini tadqiq etish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
yoshlarda fuqarolik mas’uliyati shakllanishining ijtimoiy, falsafiy, qonuniy jarayon sifatida ko‘rib o‘tilishi va ijtimoiy falsafiy (inson ehtiyojlarining o‘sib borishi, ehtiyoj, manfaat va maqsadining uyg‘unligi) qonunlariga oid  taklif va tavsiyalardan “Milliy g‘oya va O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” darsligining “O‘zbekistonni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida – yoshlarga doir davlat siyosatining dolzarb vazifalari”, “O‘zbekistonning ta’lim soxasidagi strategiyasi va kadrlar tayyorlashning zamonaviy tamoyillari” nomli 8-9-mavzusini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 22 iyundagi 89-06-687-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarimizda ma’naviy, huquqiy va jismoniy kamoloti bilan birgalikda vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati, qonuniylik, adolatparvarlik, yuksak axloqiylik, burch va mas’uliyat tuyg‘usi kabi tushunchalarni shakllantirishga xizmat qilgan;
yoshlarda qonunga hurmat, vatanparvarlik, adolatparvarlik, yuksak axloqiylik, burch va mas’uliyat singari fuqarolik mas’uliyati yuksalishi,  fuqarolik mas’liyatiga oid tuyg‘ularni ular ongiga singdirishda milliy qadriyatlardan oqilona foydalanishga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining “Yoshlar va qonun” nomli huquqiy tanlov Konsepsiyasini va “Yoshlar – kelajagimiz bunyodkori” shiori ostida “Uyushmagan yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirish: muammo va istiqbollar” kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2021 yil 2 iyuldagi 4-10-23-1767-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining ish samaradorligini yanada oshirishga, shuningdek, respublikamiz aholisi, ayniqsa, yoshlarining huquqiy va axloqiy ongini yuksaltirish orqali ularda fuqarolik mas’uliyatini yanada oshirishga xizmat qilgan;
 yoshlarda fuqarolik mas’uliyatining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi ta’lim, tarbiya, targ‘ibot singari omillarning  uyg‘unlashuviga asos bo‘luvchi ijtimoiy institutlar (oila, mahalla, ta’lim muassasalari) faolligini oshirishga oid taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar konsepsiyasi”ni, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqishda, shuningdek, “Dunyoni ma’rifat qutqaradi” nomli o‘quv qo‘llanmani va “O‘zbekiston falsafasi tarixi” kitobini nashrga tayyorlashda foydalanilgan  (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 30 iyundagi 03/08-804-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda fuqarolik mas’uliyatini oshirish, yoshlarning davlatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarga nisbatan dunyoqarashini rivojlantirishda, ularning huquqiy va axloqiy ongini oshirish amaliyotida ilmiy-nazariy manba sifatida xizmat qilgan;
yoshlarda fuqarolik mas’uliyati yuksalishining aqidaparastlik, korrupsiya, ma’naviy qashshoqlik kabi g‘oya va mafkuralarga qarshi kurashdagi konstruktiv (ma’naviy etuklik, siyosiy faollik, dahldorlik) ahamiyatiga oid ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalaridan Jizzax viloyat televideniyasining 2020 yil 24 noyabr` kuni efirga uzatilgan “Bunyodkor yoshlar” va 2019 yil 2 dekabrdagi “E’tibor markazida” tok-shousidagi “Yoshlarning jamiyat va davlat oldidagi mas’uliyati” mavzusidagi dastur ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 15 iyuldagi 43-103-son ma’lumotnomasi). Natijada, keng aholi va yoshlar o‘rtasida yoshlarda fuqarolik mas’uliyati shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi sharoit va omillar tahlil qilinib, fuqarolik mas’uliyati, qonuniylik, vatanparvarlik, adolatparvarlik, yuksak axloqiylik, burch va mas’uliyat tuyg‘usi kabi tushunchalar asosida mamlakat barqaror taraqqiyotining muhim omili sifatida bayon qilindi  va yoshlarda mas’uliyatni shakllantirish borasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini  takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish