Sayt test rejimida ishlamoqda

Olimov Jahongir Bo‘riboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda o‘rmon xo‘jaligining shakllanishi va rivojlanishi tarixi (1917-2020 yillar)», 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2. PhDTar/954.
Ilmiy rahbar: Eshov Bahodir Jo‘raevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Tar.05.05.
Rasmiy opponentlar: Komilov Oybek Kamilovich, tarix fanlari doktori, professor; Haydarov Murodilla Maxmutalievich tarix fanlari doktori, professor
Etakchi tashkilot nomi: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sovet davri va mustaqillik yillarida O‘zbekistonda o‘rmon xo‘jaligining shakllanish va rivojlanish jarayonlarining xususiyatlarini ochib berishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sovetlar boshqaruvining dastlabki davrida kolxoz va sovxozlarga o‘rmonlarni kesishga buyruq berish vakolatini mahalliy sovetlar ixtiyoriga berilishi O‘zbekiston SSR hududidagi o‘rmon fondi maydonlarining sezilarli kamayishiga olib kelganligi dalillangan;
XX asrning 60-70-yillarida respublika miqyosida qishloq xo‘jaligi erlarni ko‘paytirish uchun qo‘riq erlar o‘zlashtirilib, o‘rmonlarga katta zarar etkazilishi, ularni qayta tiklash va o‘rmonlarni muhofaza qilishga etarli darajada ahamiyat berilmaganligi oqibatida respublikada suv, iqlim va o‘simliklar singari ekosistemalarning degradatsiyaga uchraganligi isbotlangan;
mustaqillikning ilk yillari o‘rmon xo‘jaliklari faoliyatini moliyalashtirishda uzilishlar kuzatilganligi, sohani rivojlantirishga etarli darajada ahamiyat berilmaganligi natijasida respublika o‘rmonlari flora va faunasiga zarar etkazilib, milliy qo‘riqxonalar va milliy tabiat bog‘lari va ovchilik xo‘jaliklaridagi ekologik muvozanat me’yorlarining buzilganligi aniqlangan;
so‘nggi yillarda respublikadagi o‘rmon xo‘jaliklari faoliyatiga e’tiborning kuchaytirilishi, o‘rmon fondi erlarining umumiy maydoni oshirilishi natijasida ushbu soha iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biriga aylangani, bu jarayonda dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini tashkil etish, ekoturizmni rivojlantirish, xo‘jalikda eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarishga ahamiyat berilgani va aholi bandligini ta’minlash borasida salmoqli yutuqlarga erishilgani dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda o‘rmon xo‘jaligining shakllanishi va rivojlanishi tarixi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sovetlar boshqaruvining dastlabki davrida kolxoz va sovxozlarga o‘rmonlarni kesishga buyruq berish vakolatini mahalliy sovetlar ixtiyoriga berilishi O‘zbekiston SSR hududidagi o‘rmon fondi maydonlarining sezilarli kamayishiga olib kelganligiga oid ilmiy natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi markaziy davlat apparati va tizim tashkilotlari xodimlarining ko‘p yillik faoliyatini yoritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2021 yil 25 martdagi 05/21-1394-son ma’lumotnomasi). Tadqiqotda O‘zbekistonda o‘rmon xo‘jaligining holati, mustaqillik yillarida bu sohada amalga oshirilgan o‘zgarishlar, so‘nggi yillarda respublikada o‘rmon xo‘jaligi sohasini rivojlantirish borasida qilinayotgan ishlar tarixiy manbalar asosida ochib berilgan bo‘lib, ushbu ma’lumotlar bugungi kun yoshlariga o‘rmon ilm-fanini targ‘ib qilish, ularni mazkur yo‘nalishdagi bilimlarini oshirishga xizmat qilgan;
Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston o‘rmon xo‘jaligining xalq xo‘jaligini mustahkamlashga qo‘shganganligi, XX asrning 60-70 yillarida esa respublika miqyosida qishloq xo‘jaligi erlarni ko‘paytirish uchun qo‘riq erlarni o‘zlashtirilib, o‘rmonlarga katta zarar etkazilishi, ularni qayta tiklash va o‘rmonlarni muhofaza qilishga etarli darajada ahamiyat berilmaganligi oqibatida respublikada suv, iqlim va o‘simliklar singari ekosistemalarning degradatsiyaga uchraganligiga doir ma’lumotlardan Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyining «Farg‘ona O‘zbekiston gavhari», «Mustaqillik yillarida O‘zbekiston» mavzusidagi bo‘lim ekspozisiyalarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligining 2021 yil 1 martdagi 01-12-01-1088-son ma’lumotnomasi). Natijada muzeyga taqdim etilgan ma’lumotlar uning fondini boyitishga, bu erga tashrif buyurgan mahalliy va xorijiy sayyohlarning O‘zbekiston o‘rmon xo‘jaligi tarixiga oid yangi ma’lumotlarni olishi hamda tarixiy tafakkurini o‘stirish imkoni yaratilgan;
mustaqillikning ilk yillari o‘rmon xo‘jaliklari faoliyati moliyalashtirishda uzilishlar kuzatilganligi, sohani rivojlantirishga etarli darajada ahamiyat berilmaganligi natijasida respublika o‘rmonlari flora va faunasiga zarar etkazilib, milliy qo‘riqxonalar va milliy tabiat bog‘lari va ovchilik xo‘jaliklaridagi ekologik muvozanat me’yorlarining buzilishiga olib kelganligiga oid ilmiy natijalardan O‘zbekiston milliy teleradiokampaniyasi «O‘zbekiston tarixi» telekanalining «Taqdimot» ko‘rsatuvi ssenariysini tuzish va tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokampaniyasining 2021 yil 9 apreldagi 02-40-531-son dalolatnomasi). Ko‘rsatuvda O‘zbekiston o‘rmon xo‘jaligidagi tarkibiy o‘zgarishlar hamda respublikadagi ekologik vaziyatni yaxshilashda O‘rmon xo‘jaliklarining o‘rni va roli masalalariga alohida e’tibor qaratilib, bu muammolarning tahlil etilishi yoshlar ongida tabiatni asrab-avaylash va atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi bilim va saviyalarini kuchaytirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish