Sayt test rejimida ishlamoqda

Boynazarov Odiljon Fayzullaevichning
falsafa doktori (PhD)  dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kreativ tafakkurning shakllanishida informatsion madaniyatning roli va ahamiyati (ontologik-gnoseologik tahlil)”, 09.00.01 – Ontologiya, gnoseologiya va mantiq (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fal543.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: Sultanova Gulnoza Sabirovna, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent;
Rasmiy opponentlar: Qurbonova Lolaxon Abdulxodimovna, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent; Azizqulov Akram Abduraxmonovich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Etakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kreativ tafakkur va informatsion madaniyatning dialektik aloqadorligini, informatsion jamiyatdagi falsafiy, ijtimoiy hamda kognitiv ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
informatsion madaniyat va kreativ tafakkurning evristik, konstruktiv, innovatsion jihatlari hamda kreativ tafakkurning sotsial zaruriyati, yosh olim va tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlaridagi samardorligini oshirishning pragmatik, regulyativ ta’siri argumentlangan;
O‘zbekistonning yuksalish sharoitida kreativ tafakkur va informatsion madaniyat uyg‘unligi, uning g‘oyaviy, ma’naviy hamda intellektual ahamiyati, kognitiv imkoniyatlari dialektik metodologiya nuqtai nazaridan asoslab berilgan;
fuqarolik jamiyatida yoshlarda informatsion madaniyatni oshirish va kreativ tafakkurni shakllantirishning progressiv xarakterdagi g‘oyaviy-konseptual aspektlari, intellektual-akmeologik jihatlari ochib berilgan;
globallashuv sharoitida kishilarning intelektual darajasining korrelyasiyasini ifodalovchi kreativ tafakkur va informatsion madaniyatning o‘zaro dialektikasi hamda informatsion jamiyatdagi konseptual determinantligi mantiqiy dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kreativ tafakkurning shakllanishida informatsion madaniyatning o‘rni va ahamiyatini tadqiq etish asosida:
informatsion madaniyat va kreativ tafakkurning evristik, konstruktiv, innovatsion jihatlari, kreativ tafakkurning sotsial zaruriyati, yosh olim va tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlaridagi samardorligini oshirishning pragmatik, regulyativ ta’siriga oid ilmiy yangilik, nazariy xulosalari, metodologik tavsiyalari hamda amaliy takliflaridan Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining “Aholi huquqiy madaniyatini yuksaltirishda jamoatchilik ta’sirini oshirishning innovatsion yo‘llarini joriy etish” mavzusidagi 68-11/78 raqamli amaliy grant loyihasi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan  (Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining 2022 yil 11 yanvardagi 04/11-4938-son ma’lumotnomasi). Natijada, grant loyihasini yanada takomillashtirishga, shuningdek milliy ma’naviyatimiz targ‘iboti chora-tadbirlarida, yoshlar tafakkurini shakllanishida informatsion madaniyatni yuksaltirish borasidagi amaliy ishlar rivojiga xizmat qilgan;
O‘zbekistonning yuksalish sharoitida kreativ tafakkur va informatsion madaniyat uyg‘unligi, uning g‘oyaviy, ma’naviy hamda intellektual ahamiyati, kognitiv imkoniyatlariga oid taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi tomonidan nashr etilgan “O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlari tarixiy-falsafiy merosi” mavzusidagi ensiklopediyani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazining 2021 yil 18 avgustdagi 02/328-son ma’lumotnomasi). Natijada, keng jamoatchilikka buyuk ajdodlarimiz ma’naviy merosiga bo‘lgan qiziqishini ortirishiga va ularning falsafiy, ma’naviy-ilmiy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilgan;
fuqarolik jamiyatida yoshlarda informatsion madaniyatni oshirish va kreativ tafakkurni shakllantirishning progressiv xarakterdagi g‘oyaviy-konseptual aspektlari, intellektual-akmeologik jihatlariga oid taklif va tavsiyalardan Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining “Aholi huquqiy madaniyatini yuksaltirishda jamoatchilik ta’sirini oshirishning innovatsion yo‘llarini joriy etish” mavzusidagi 68-11/78 raqamli amaliy grant loyihasi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining 2022 yil 11 yanvardagi 04/11-4938-son ma’lumotnomasi). Natijada, grant loyihasini yanada takomillashtirishga, milliy ma’naviyatimiz targ‘iboti chora-tadbirlarida, yoshlar tafakkurining shakllanishida informatsion madaniyatni yuksaltirish borasidagi amaliy ishlarda taklif-tavsiyalar ishlab chiqish masalalarida dissertatsiyadagi g‘oyalar muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
globallashuv sharoitida kishilarning intelektual darajasining korrelyasiyasini ifodalovchi kreativ tafakkur va informatsion madaniyatning o‘zaro dialektikasi hamda informatsion jamiyatdagi konseptual determinantligi borasidagi tavsiyalarga oid nazariy xulosalari, metodologik tavsiyalari hamda amaliy takliflaridan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom, Samarqand!” ko‘rsatuvi va “Kasbim-fahrim” radioeshittirishining navbatdagi sonining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zMTRK Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 15 sentyabrdagi 01-11/482-son ma’lumotnomasi). Natijada, Yangi O‘zbekistonni barpo etishda informatsion madaniyat sohasini rivojlantirish, shu sohani takomillashtirish orqali kreativ tafakkurni shakllantirishga oid nazariy va uslubiy g‘oyalar, tamoyillarni o‘rganish masalasi keng jamoatchilikka etkazishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish