Sayt test rejimida ishlamoqda

Axmedov Axat Axrorovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining eksperimental kompetentligini takomillashtirish” (pedagogika oliy ta`lim muassasalarida), 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Ped77.
Ilmiy maslahatchi: Djoraev Maxmatrasuljon, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxan Ermakbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Tursunov Ikromjon G‘ulomjonovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent; Abdiev Umirbek, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Etakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining eksperimental tayyorgarligini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:    
bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining eksperimental kompetentligini rivojlantirish komponentlari o‘quv-fizik, namoyishli eksperiment, fizik hodisalarni kuzatish va tadqiq qilish jarayonida o‘quvchilarning bilish faoliyatiga rahbarlik qilish bilan bog‘liq xususiy kompetensiyalarni tayanch kasbiy layoqatlilikni belgilab beruvchi eksperimental topshiriqlarni bajarishda axborot texnologiyalarini qo‘llay olish, eksperimental ustanovkani loyihalash kabi ko‘rsatkichlar bilan muvofiqlashuv darajasi produktivligini hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining eksperimental kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv-fizik eksperimentni tashkil etish jarayonlari funksional, tizimli-struktur, jarayonli, variativ, kompetensiyaviy kabi metodik yondashuvlarning eksperimental faoliyatni tashkil etishning nazariy bilimlarning etakchi o‘rin tutishi, reallik va muammoli tavsifga egalik, xususiydan umumiyga qarab borish tamoyillari bilan internal aloqadorligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarining eksperimental kompetentligini rivojlantirish modelining tashkiliy-jarayonli komponenti fizik eksperimentni amalga oshirishning tanishuvga doir (yodga tushirish, tushunish), asosiy (o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma, malaka va qobiliyatlarni odatiy vaziyatlarda qo‘llash), yakuniy (ijodiy) bosqichlarini yaratilayotgan shart-sharoitni minimal tarzda aniqlashtirishga yo‘naltirilgan muammoli vaziyatlarni dinamik ravishda murakkablashtirib borish asosida takomillashtirilgan;
integrativ resurslar asosida namoyishli laboratoriyalarni o‘tkazish metodikasining amaliy bosqichi fizikaviy dasturiy ta’minotni bir vaqtning o‘zida bir nechta fizik parametrlarni qayd etishga xizmat qiladigan elektron o‘lchov qurilmalarining aniqlik, tezkorlik, mobillik, grafikli namoyish etish kabi ko‘rsatkichlarini eksperimental kompetentlikni rivojlantirish jarayonlarida muntazam korreksiyalashning diagnostik imkoniyatini kengaytirish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning eksperimental kompetentligini rivojlantirishning metodik ta’minoti muammoli, munozarali, o‘yinli, keys interfaol texnologiyalarni muammoli-vaziyatli, anjumanli, munozaraga asoslangan, tadqiqotchilikka doir, vorkshop, o‘quv loyihasi ko‘rinishidagi seminarlar jarayonida mental xarita, klaster, fishboun, denotat graf kabi chizma-tasviriy modellar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining eksperimental kompetentligini takomillashtirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot ishlari natijalari asosida:
bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining eksperimental kompetentligini rivojlantirish komponentlarini o‘quv-fizik, namoyishli eksperiment, fizik hodisalarni kuzatish va tadqiq qilish jarayonida o‘quvchilarning bilish faoliyatiga rahbarlik qilish bilan bog‘liq xususiy kompetensiyalarni tayanch kasbiy layoqatlilikni belgilab beruvchi eksperimental topshiriqlarni bajarishda axborot texnologiyalarini qo‘llay olish, eksperimental ustanovkani loyihalash kabi ko‘rsatkichlar bilan muvofiqlashuv darajasi produktivligini hisobga olish asosida aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan fizika fanidan Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2021 yil 10 noyabrdagi 01/11-01/9-1577-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni fizik eksperimentlarni o‘tkazishga tayyorlash jarayoni samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarining eksperimental kompetentligini rivojlantirish modelining tashkiliy-jarayonli komponentini fizik eksperimentni amalga oshirishning tanishuvga doir, asosiy, yakuniy bosqichlarini yaratilayotgan shart-sharoitni minimal tarzda aniqlashtirishga yo‘naltirilgan muammoli vaziyatlarni dinamik ravishda murakkablashtirib borish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan ITD A-1-26. “Uzluksiz ta`lim tizimida fizika o‘qitishni ehtimoliy-statistik g‘oya va tushunchalarini shakllantirish asosida takomillashtirish va unga oid uslubiy qo‘llanma tayyorlash (2015-2017 yy)” amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Guliston davlat universitetining 2021 yil 3 dekabrdagi 01-04-13/153-son ma’lumotnomasi). Natijada, fizika fanidan eksperimentni tashkil etishning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlashga xizmat qilgan;
integrativ resurslar asosida namoyishli laboratoriyalarni o‘tkazish metodikasining amaliy bosqichini fizikaviy dasturiy ta’minotni bir vaqtning o‘zida bir nechta fizik parametrlarni qayd etishga xizmat qiladigan elektron o‘lchov qurilmalarining aniqlik, tezkorlik, mobillik, grafikli namoyish etish kabi ko‘rsatkichlarini eksperimental kompetentlikni rivojlantirish jarayonlarida muntazam korreksiyalashning diagnostik imkoniyatini kengaytirish orqali takomillashtirishga hamda bo‘lajak o‘qituvchilarning eksperimental kompetentligini rivojlantirishning metodik ta’minotini muammoli, munozarali, o‘yinli, keys interfaol texnologiyalarni muammoli-vaziyatli, anjumanli, munozaraga asoslangan, tadqiqotchilikka doir, vorkshop, o‘quv loyihasi ko‘rinishidagi seminarlar jarayonida mental xarita, klaster, fishboun, denotat graf kabi chizma-tasviriy modellar asosida boyitishga asoslangan eksperimental ta’lim algoritmini ishlab chiqish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan YoAT5-XT-1-31884 raqamli “Innavatsion texnologiyalar sharoitida fizika o‘qituvchisini metodik tayyorgarligini shakillantirish usullari” amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining 2021 yil 25 noyabrdagi 01-20-09/2092-son ma’lumotnoma). Natijada, fizikadan laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazishda axborot texnologiyalarini qo‘llash va pedagogika oliy o‘quv yurtlarida eksperimental ta’limni tashkil etish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining eksperimental kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv-fizik eksperimentni tashkil etish jarayonlarini funksional, tizimli-struktur, jarayonli, variativ, kompetensiyaviy kabi metodik yondashuvlarning eksperimental faoliyatni tashkil etishning nazariy bilimlarning etakchi o‘rin tutishi, reallik va muammoli tavsifga egalik, xususiydan umumiyga qarab borish tamoyillari bilan internal aloqadorligini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar asosida ishlab chiqilgan “Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida fizikadan laboratoriya ishlari modernizatsiyasi” nomli o‘quv-metodik ishlanma Belorussiya Respublikasi MozirDPU ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan (MozirDPUning 2020 yil 19 martdagi 12-son ma’lumotnomasi). Natijada, fizikadan laboratoriya ishlarini tashkil etishda innovatsion usullardan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish