Sanaqulov Abror Nazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Axborotlashgan jamiyatda virtual reallik fenomeni (ijtimoiy-falsafiy tahlil)», 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Fal221.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02.
Ilmiy rahbar: Qahhorova Matlyuba Manofovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Saitkasimov Akbar Isaxanovich, falsafa fanlari doktori, professor; Azizqulov Akram Abduraxmonovich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
 Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
 Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi axborotlashgan jamiyatda virtual reallik fenomenini ijtimoiy-falsafiy jihatdan ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyatning ma’naviy taraqqiyot dinamikasi reallik va virtuallikning o‘zaro dialektik (jismoniy, texnik, psixologik, ijtimoiy) tabiati bilan bog‘liqligi «axborotlashgan jamiyat», «virtual reallik», «virtuallashuv» kategoriyalari asosida dalillangan;
televideniya, internet, ijtimoiy tarmoq va virtual o‘yinlar bilan bog‘liq individualizm, egoizm (xudbinlik), egotsentrizm, zo‘ravonlik, axloqiy tushkunlik, begonalashuv kabi destruktiv omillarning oldini olishning axloqiy javobgarlik, ma’naviy rag‘batlantirish kabi ma’naviy-axloqiy mezonlari aniqlangan;
virtual reallikning ijtimoiy-madaniy sohalar bilan integratsiyasi jarayonida ma’naviy-axloqiy qadriyatlar ustuvorligini ta’minlash jamiyat taraqqiyotining asoslaridan biri ekanligi mantiqiy isbotlangan;
virtual reallikning muloqotni shakllantirish va tajriba almashishdagi imkoniyatlari, sun’iy intellektni yaratishning axloqiy jihatlari hamda ta’limni innovatsion makonga raqamli transformatsiyalash orqali virtual o‘qitish texnologiyalarini rivojlantirish istiqbollari falsafiy jihatdan asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Axborotlashgan jamiyatda virtual reallik fenomenini o‘rganish natijasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
jamiyatning ma’naviy taraqqiyot dinamikasi reallik va virtuallikning o‘zaro dialektik (jismoniy, texnik, psixologik, ijtimoiy) tabiati bilan bog‘liqligi «axborotlashgan jamiyat», «virtual reallik», «virtuallashuv» kategoriyalari asosida dalillangan taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi xodimlari va «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari uchun «Internet maydonidagi ma’naviy tahdidlar va ularga qarshi kurashish usullari» mavzusida turkum o‘quvlar tashkil etish hamda «Globallashuv sharoitida yoshlarning mafkuraviy immunitetini oshirish yo‘llari», «Ma’naviy tahdidlar va ularga qarshi kurash» mavzularida tashkil etilgan turkum tadbirlarning ssenariylarini tayyorlashda  foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 1 apreldagi 02/02/500-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlar axborot madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda mavjud axborot tahdidlarining oldini olish, virtual texnologiyalardan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilgan;   
televideniya, internet, ijtimoiy tarmoq va virtual o‘yinlar bilan bog‘liq individualizm, egoizm (xudbinlik), egotsentrizm, zo‘ravonlik, axloqiy tushkunlik, begonalashuv kabi destruktiv omillarning oldini olishning ma’naviy-axloqiy mezonlariga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan hududlarda o‘tkazilgan «Virtual tahdidlarning yoshlar qadriyatlariga ta’siri» mavzusidagi sotsiologik tadqiqotlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2022 yil 25 martdagi 4-13-23-782-son ma’lumotnomasi). Natijada mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, vazirlik va idoralarning yoshlar yetakchilari uchun tashkil etilgan o‘quv seminarlari, ma’ruza va tarqatma materiallarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
virtual reallikning ijtimoiy-madaniy sohalar bilan integratsiyasi jarayonida ma’naviy-axloqiy qadriyatlar ustuvorligini ta’minlashga oid xulosalardan O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Saylovoldi dasturining «VI. Ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ustuvor yo‘nalishlari» bo‘limining «6.2. Yoshlarni xalqimizga yot va yangi avlod ongi uchun zararli bo‘lgan «ommaviy madaniyat»ning salbiy ta’siridan muhofaza qilish» bandining 6-xatboshisi «Yoshlarni xalqimizga yot bo‘lgan «ommaviy madaniyat»ning salbiy ta’siridan, ma’naviy-axloqiy shakllanishi, qadriyatlari, hayoti va sog‘lig‘iga zarar etkazishi mumkin bo‘lgan axborotlardan himoya qilish», 7-xatboshisi «Jaholatga qarshi ma’rifat» konsepsiyasi doirasida jamiyatda, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida an’anaviy Islom dini prinsiplarini mustahkamlashga qaratilgan targ‘ibot ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2022 yil 15 iyundagi 03/05-119-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek oilasiga xos odob-axloqni mustahkamlash, yoshlarni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularga tashabbuskorlik, fidoyilik singari axloqiy fazilatlarni shakllantirishga xizmat qilgan;
virtual reallikning muloqotni shakllantirish va tajriba almashishdagi imkoniyatlari, sun’iy intellektni yaratishning axloqiy jihatlari hamda ta’limni innovatsion makonga raqamli transformatsiyalash orqali virtual o‘qitish texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish istiqbollariga oid amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston milliy universitetining 2017-2020 yillarda bajarilgan «Fanlararo yondashuvning murakkab tizimlarni tadqiq etishdagi imkoniyat va istiqbollari» mavzusidagi OT-F1-95 raqamli fundamental loyihasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining 2022 yil 25 fevraldagi 04/11-1145-son ma’lumotnomasi). Natijada fundamental loyiha ijrosini ta’minlashga, shuningdek, tashkilot va muassasalar virtual qabulxonalar faoliyatini takomillashtirish, internet orqali tashkil etiladigan onlayn muloqot va seminarlarni tashkil etish, virtual muzey va virtual kutubxona loyihalarini amalga oshirish zaruratini aniqlashga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish