Sayt test rejimida ishlamoqda

Ernazarov Zohid Nazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini ierarxik  boshqarish”, 13.00.07 –Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.Phd/Ped1801.
Ilmiy rahbar: Tursunov Qahhor Shonazarovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti,  PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02 raqamli Ilmiy Kengash asoosidagi bir martalik Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: Sharipova Dilyara Djumaniyazovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Adizov Baxtiyor Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot:  Jizzax  davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim tizimida ta’lim sifatini ierarxik boshqarish metodologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy pedagogikada oliy ta’lim sifatining ilmiy va texnologik taraqqiyot darajasiga mosligi, individuallikka yo‘naltirilganlik, madaniy muhitlarni tizimli boshqaruv tizimini yaratish, bilim oluvchi shaxsining rivojlanish darajasini mustaqil baholash kabi ko‘rsatkichlari ierarxik boshqarish nuqtai nazaridan ochib berilgan;
ta’lim sifatini ierarxik boshqarishning matrisaviy modeli jarayonning ierarxik-tarkibiy tuzilmasini hududiy va oliy ta’lim muassasasi darajalarida tabaqalashtirilgan innovatsion boshqaruv jarayonini o‘quv, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy va metodik yo‘nalishlarda strategik rejalashtirish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim sifatini ierarxik boshqarishning ierarxik loyihalashtirish, statistik tahlil, so‘rovnomalar, ijodiy guruhlar, mustaqil attestatsiya kabi shakllari darajali monitoring, manzilli topshiriqlar, korporativ faoliyatni bilvosita va bevosita boshqarish metodlari asosida ierarxik munosabatlar dinamikasiga ko‘ra takomillashtirilgan;
oliy ta’limda ierarxik boshqaruvning ta’lim tizimlarini, o‘quv jarayonini, talabalarning tayyorgarligi, ilmiy va innovatsion faoliyatlarni boshqarish kabi sifatlarining ko‘p aspektlilik, ko‘p bosqichlilik, ko‘p sub’ektlilik, ko‘p mezonlilik, invariantlilik va variativlik kabi belgilari metodologik jihatdan aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini ierarxik boshqarish metodikasi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
oliy ta’limda ierarxik boshqaruvning ta’lim tizimlarini, o‘quv jarayonini, talabalarning tayyorgarligi, ilmiy va innovatsion faoliyatlarni boshqarish kabi sifatlarining ko‘p aspektlilik, ko‘p bosqichlilik, ko‘p sub’ektlilik, ko‘p mezonlilik, invariantlilik va variativlik kabi belgilari metodologik jihatdan aniqlashtirilganligiga doir xulosalaridan A-1-173-raqamli “Yoshlarni umummilliy qadriyatlarimizga xos tarbiyasini shakllantirish texnologiyasi va metodikasini ishlab chiqish” nomli amaliy loyihaning ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarni ierarxik boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 15 oktyabrdagi 01/11-01/10-1481-son – ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim sifatini ierarxik  boshqarishning matrisaviy modeli va texnologiyasini takomillashtirish imkonini bergan;
zamonaviy pedagogikada oliy ta’lim sifatining ilmiy va texnologik taraqqiyot darajasiga mosligi, individuallikka yo‘naltirilganlik, madaniy muhitlarni tizimli boshqaruv tizimini yaratish, bilim oluvchi shaxsining rivojlanish darajasini mustaqil baholash kabi ko‘rsatkichlari ierarxik boshqarish nuqtai nazaridan ochib berilganligiga doir tavsiyalari “Menejment” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-son buyrug‘i, 500-090-son guvohnomasi). Mazkur tavsiyalar o‘quvchilarda intellektual va axborot kompetensiyalarini rivojlantirish imkonini bergan;
oliy ta’lim sifatini ierarxik boshqarishning ierarxik loyihalashtirish, statistik tahlil, so‘rovnomalar, ijodiy guruhlar, mustaqil attestatsiya kabi shakllari darajali monitoring, manzilli topshiriqlar, korporativ faoliyatni bilvosita va bevosita boshqarish metodlari asosida ierarxik munosabatlar dinamikasiga ko‘ra takomillashtirilganligiga doir xulosalaridan Qarshi davlat universiteti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Toshkent davlat pedagogika universitetlarida ta’lim sifatini ierarxik boshqarish tizimini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 15 oktyabrdagi 01/11-01/10-1481-son – ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim sifatini ierarxik boshqarish tizimi samaradorligi ko‘rsatkichini oshirish  imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish