Sin Song Jening
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «4-sanoat inqilobi davrida oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining kasbiy kompetentliligini rivojlantirish», 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped2702.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor, Mamatov Dilmurod Normurodovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 4-sanoat inqilobi davrida oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining kasbiy malakalarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim tizimida «Fikrlash va amaliyot ta’lim texnologiyasi» modeli hamkorlik korxonalarida bo‘lajak mutaxassislarning malakaviy darajasini xususiylikdan umumiylikka moslashtirishga qaratilgan mantiqiy-rivojlantiruvchi hamda muammoli ma’ruzalarni kiritish asosida takomillashtirilgan;
o‘qitishning innovatsion-professional va didaktik jihatlari pragmatik va didaktik tamoyillar hamda innovatsion ta’lim texnologiyalari bilan o‘zaro integratsiyasini ta’minlashga qaratilgan tarixiy, qadriyatli antropologik-aksiologik yondashuvlar uyg‘unligi asosida aniqlangan;
kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik va texnologik omillari talabalarning shaxsiy rivojlanishini hissiy-undovchi rag‘batlantirish hamda ta’lim sub’ektlari didaktik uchburchak darajasi vitagen ta’lim texnologiyalariga mos sifat ko‘rsatkichlari indikatorlarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning boshqaruv-korporativ, amaliy-motivatsion hamda hamkorlik-muvofiqlashtirish kompetensiyalari an’anaviy hamda innovatsion yondashuvlarning uyg‘unligini intellektual resurslar hamda ta’lim jarayonining ko‘p mezonli pragmatik-funksional yondashuvlariga intensiv sinxronlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 4-sanoat inqilobi davrida oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining kasbiy kompetentliligini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
oliy ta’lim tizimida «Fikrlash va amaliyot ta’lim texnologiyasi» modeli hamkorlik korxonalarida bo‘lajak mutaxassislarning malakaviy darajasini xususiylikdan umumiylikka moslashtirishga qaratilgan mantiqiy-rivojlantiruvchi hamda muammoli ma’ruzalarni kiritish asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar A-1-197 raqamli «Ingliz va nemis tillarini o‘rganish uchun o‘quv-uslubiy modullarni takomillashtirish va ulardan foydalanishning nazariy va amaliy asoslari» nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteting 2022 yil 10 maydagi 02-07-1276/04-son dalolatnomasi). Natijada 4-sanoat inqilobi davrida oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarning kasbiy kompetentliligini rivojlantirish bo‘yicha tadqiqotlarni pedagogik tahlil qilishga erishilgan.
o‘qitishning innovatsion-professional va didaktik jihatlari pragmatik va didaktik tamoyillar hamda innovatsion ta’lim texnologiyalari bilan o‘zaro integratsiyasini ta’minlashga qaratilgan antropologik-aksiologik yondashuvlar uyg‘unligi asosida aniqlashga doir tavsiyalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteting 2022 yil 10 maydagi 02-07-1276/04-son dalolatnomasi). Natijada oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining kasbiy kompetentliligini rivojlantirishning texnologik va pedagogik omillarini rivojlantirish imkoni oshirilgan.
kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik va texnologik omillari talabalarning shaxsiy rivojlanishini hissiy-undovchi rag‘batlantirish, ta’lim sub’ektlariga didaktik uchburchak darajasi vitagen ta’lim texnologiyalariga mos sifat ko‘rsatkichlari indikatorlarini kiritish asosida takomillashtirishga doir takliflar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteting 2022 yil 10 maydagi 02-07-1276/04-son dalolatnomasi). Natijada an’anaviy va zamonaviy nazariyalar va modellarning tarixiy, pedagogik va psixologik jihatlari asosida «Tafakkur va amaliyot ta’lim texnologiyalari modelini takomillashtirishga erishilgan.
talabalarning boshqaruv-korporativ, amaliy-motivatsion hamda hamkorlik-muvofiqlashtirish kompetensiyalari an’anaviy hamda innovatsion yondashuvlarning uyg‘unligini intellektual resurslar hamda ta’lim jarayonining ko‘p mezonli pragmatik-funksional yondashuvlariga intensiv sinxronlashtirish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteting 2022 yil 10 maydagi 02-07-1276/04-son dalolatnomasi). Natijada talabalarning zaruriy kasbiy mahoratga erishishlari uchun talab qilinadigan kasbiy kompetensiyalar majmuining pedagogik imkoniyatlarini aniqlashga erishilgan.