G‘oyibov Bobir Sobirovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi):  «Cug‘d konfederatsiyasining shakllanishi, taraqqiyoti va tanazzuli», 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2017.3.DSc/Tar69.

Ilmiy maslahatchi: Ishoqov Mirsodiq Mirsultonovich, tarix fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz, Tarix instituti, Qoraqalpoq ijtimoiy fanlar ilmiy tadqiqot instituti, DSC.27.06.2017.Tar.01.04.

Rasmiy opponentlar: Mavlanov O‘ktam Maxmasabirovich, tarix fanlari doktori, professor; Eshov Bahodir Jo‘raevich, tarix fanlari doktori, professor; Axunjanov Erkin Adilovich, tarix fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: O‘zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotningmaqsadi: O‘zbek milliy davlatchiligi tarixida Sug‘d konfederatsiyasining tutgan o‘rni va xususiyatlarini ochib berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Zarafshon vodiysi va Qashqadaryo vohalari bo‘ylab joylashgan Sug‘d konfe­deratsiyasining shakllanishi uning tarkibiga kirgan sub’ektlarning iqtisodiy (tanga zarbi, markaziy hokimiyat oldida moliyaviy majburiyatlar), siyosiy (Samarqand Sug‘dini markaziy hokimiyat sifatida tan olish), harbiy (tashqi dushmanga qarshi kuchlarni birlashtirish tamoyili), diniy omillar (zardushtiylik) mushtarak­ligi asosida yuzaga kelgani isbotlangan;

Sug‘d konfederatsiyasi boshqaruvida amal qilgan markaziy, mahalliy (sug‘diy), turkiy unvonlarning vazifalari (xo‘jalik, moliya, ijtimoiy, siyo­siy va diniy) va ularning sub’ektlararo farqli jihatlari aniqlangan;

Konfederatsiya sub’ektlarining tarixiy-ma’muriy bo‘linish omillari (tog‘, daryo, kanal, cho‘l kabi tabiiy chegaralar, siyosiy birlikdan manfaat­dorlik) va ularning davlat markazi Samarqand bilan bog‘liqlik darajalari dalil­lar aso­sida aniqlangan;

Sug‘d markaziy hokimiyatining Turk xoqonligidan nisbiy muxtoriya­tining siyosiy (nikoh munosabatlari, diplomatik munosabatlar) va iqtisodiy (tanga zarbi, iqtisodiy salohiyati) sabablari ochib berilgan;

Sug‘d konfederatsiyasining Kabudon va Ishtixon hukmdorliklarining alohida mustaqil ma’muriy birlik bo‘lganligi hamda ushbu hukmdorliklar ustidan bir muddat Ustrushonaning hukmron bo‘lmaganligi isbotlab berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi:

Sug‘d konfederatsiya­sining Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab olib borgan tashqi iqtisodiy faoliyati va mazkur mintaqaning moliyaviy hayotiga oid ilmiy natijalardan O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida tashkil etilgan «O‘zbekis­ton Buyuk ipak yo‘li chorraha­sida» mavzuidagi ekspozisiyani shakllan­tirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2016 yil 14 sentyabrdagi 3/1255-1147-son ma’lumotnomasi). Bu esa Sug‘ddagi ilk o‘rta asrlar iqtiso­diy hayot darajasi va moliyaviy tizim holatini sug‘diy manbalar asosida aniq baholash imkonini bergan;

Sug‘d konfederatsiyasi tarixining ijtimoiy, siyosiy hayotiga oid sug‘diy atamalarning talqini natija­si bo‘yicha ilmiy xulosalardan Samarqand davlat bir­lashgan tarixiy me’moriy va badiiy muzey-qo‘riqxonasi fond­larida saqlanadigan kp-2934/4 (vasiqa), kp-6000 (tilxat), kp-3786/2 (maktub) raqam­li sug‘diy hujjatlarni izohli tarjima qilishda foydalanilgan (Mada­niyat va sport ishlari vazirligining 2016 yil 26 iyuldagi 01-11-08-3924-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi ushbu sug‘diy hujjatlarning tub mazmunini muzey tashrifchilari uchun ochib berishga xizmat qilmoqda;

Sug‘d konfederatsiyasining shakllanishi, taraqqiyoti va tanazzuli tarixi yuzasidan ilmiy xulosalar va takliflar asosida ilk o‘rta asrlar Sug‘d konfederatsiyasi tarixiga oid xitoy, sug‘diy, arab, fors, qadimgi turkiy, arman, boxtariy tillaridagi manbalar tahlili natijalari asosida F1-FA-0-83775 «Sug‘d va Ustrushonaning antik va o‘rta asrlar davri madaniyatida urbanizatsiya jarayonlari» nomli fundamental loyihaning «Sug‘d tarixining ilk o‘rta asr manbashunosligi» qismi yozilgan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2016 yil 13 iyundagi FTK-03-13/462-son ma’lumotnomasi). Bu esa Markaziy Osiyo madaniyatidagi urbanizatsiya jarayonlariga Sug‘ddagi shaharsoz­lik, yozuv madaniyatining ta’sirini manbalar asosida ochib berish imkoniyatini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish