Sayt test rejimida ishlamoqda

Ergashev Mavlon Eshniyozovichning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ilk o‘rta asrlarda o‘zbek davlatchiligi (V-XI asrlarda Chag‘oniyon misolida)”, 07.00.01 –“O‘zbekiston tarixi” (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Tar652.
Ilmiy maslahatchi: Tursunov Saypulla Narzullaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: Qobilov Eshbolta Atamuratovich, tarix fanlari doktori, professor; Xasanov Akrom Mo‘minovich, tarix fanlari doktori, dotsent.
Etakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ilk o‘rta asrlarda o‘zbek davlatchiligining o‘ziga xos xususiyatlari, davlat birlashmalarining shakllanishi, taraqqiyoti va tanazzuli bilan bog‘liq jarayonlarni Chag‘oniyon davlati misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Chag‘oniyonning ilk davlatchiligi oid siyosiy-iqtisodiy toponimik nomlari, ilk davlatchilikning hududiy joylashuvi, qo‘rg‘on-qal’alarining o‘ziga xos mintaqaviy joylashuviga oid belgilari, Sarmangan, Navandak, Darai Ohanin (Temir Darvoza), Bobotog‘ va Kofirnihongacha bo‘lgan qishloq va shaharlarining harbiy strategik salohiyoti dalillangan;
Chag‘oniyon davlatiga xos dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiqga oid O‘lanbuloqsoy, Sherobod, Halqajar, Hayitobodtepa, Qala`i-Mir, Kofirnihon va Hisor vohalari, Ar`yoshayana, Boysuntog‘, Bandixon va Mirshodi suv havzalariga taalluqli xo‘jalik manbalari, Suvsiztog‘dagi himoya devorlari, Dalvarzintepa, Zartepa shaharlari bilan bog‘liq tarixiy jarayonlar dalillangan;
Chag‘oniyonning Qiziltepa shahri, Xorien qa’lasi, Bandixon  himoya istehkomlari, Chag‘oniyon tarixga oid kushon podsholari Vima Kadfiz, Kanishka, Xuvishka, Vasudeva I,  Vasudeva II, Chag‘oniyon hududidan topilgan Varaxran V, Peruz, Xisrov I, Xo‘rmuzd IV, Xisrav II tangalari, chag‘onxudot Tishning Xurosondagi arab noiblari bilan o‘zaro urushlarning oldini olish, kelishuv shartnomalarini imzolash, tanga pullari muommalasi, elchilik munosabatlarini aks ettiruvchi diplomatik manbalar aniqlangan;
Xolchayon va Uzundaradagi ellinizm madaniyatining Chag‘oniyon hududida shakllangan mahalliy madaniyat bilan uyg‘unlashganligi, Chag‘oniyon ilmiy muhiti as-Sag‘oniy,  Al-Ya’qubiy,  Abu Bakr as-Sag‘oniy, Abu Hamid as-Sag‘oniy nomlari bilan bog‘liqligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘rta asrlarda  ilk  o‘zbek davlatchiligi (Chag‘oniyon misolida) tarixini tadqiq etish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Chag‘oniyonning ilk davlatchiligi oid siyosiy-iqtisodiy toponimik nomlari, ilk davlatchilikning hududiy joylashuvi, qo‘rg‘on-qal’alarining o‘ziga xos mintaqaviy joylashuviga oid belgilari, Sarmangan, Navandak, Darai Ohanin (Temir Darvoza), Bobotog‘ va Kofirnihongacha bo‘lgan qishloq va shaharlarining harbiy strategik salohiyoti, shuningdek Chag‘oniyon davlatiga xos dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiqga oid O‘lanbuloqsoy, Sherobod, Halqajar, Hayitobodtepa, Qala`i-Mir, Kofirnihon va Hisor vohalari, Ar`yoshayana, Boysuntog‘, Bandixon va Mirshodi suv havzalariga taalluqli xo‘jalik manbalari, Suvsiztog‘dagi himoya devorlari, Dalvarzintepa, Zartepa shaharlari bilan bog‘liq tarixiy jarayonlariga oid xulosalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi tomonidan o‘rta asrlarda Chag‘oniyon davlatining shakllanishi va rivojlanishiga bag‘ishlangan ilmiy seminarlarda, keng jamoatchilik tomonidan targ‘ibot-tashviqot ishlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 16 noyabrdagi 02/08/1455-son dalolatnomasi). Natijada bu Chag‘oniyonda ilk o‘rta asrlarda madaniy hayotga oid adabiyot, ilm-fan, din, falsafiy qarashlar va boshqalarni tarixiy manbalar asosida tadqiq etishga xizmat qilgan;
Chag‘oniyonning Qiziltepa shahri, Xorien qa’lasi, Bandixon  himoya istehkomlari, Chag‘oniyon tarixga oid kushon podsholari Vima Kadfiz, Kanishka, Xuvishka, Vasudeva I,  Vasudeva II, Chag‘oniyon hududidan topilgan Varaxran V, Peruz, Xisrov I, Xo‘rmuzd IV, Xisrav II tangalari, chag‘onxudot Tishning Xurosondagi arab noiblari bilan o‘zaro urushlarning oldini olish, kelishuv shartnomalarini imzolash, tanga pullari muommalasi, elchilik munosabatlarini aks ettiruvchi diplomatik manbalari, Xolchayon va Uzundaradagi ellinizm madaniyatining Chag‘oniyon hududida shakllangan mahalliy madaniyat bilan uyg‘unlashganligi, Chag‘oniyon ilmiy muhiti as-Sag‘oniy,  Al-Ya’qubiy,  Abu Bakr as-Sag‘oniy, Abu Hamid as-Sag‘oniy nomlari bilan bog‘liqligi haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Tadqiqot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasining 2021 yil 3 dekabrdagi 01-40-1810-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek davlatchiligi tarixida janubiy hududlarda shakllangan davlat birlashmalarining tutgan o‘rnini aniqlash maqsadida olib borilgan ilmiy izlanishlar, arxeologik topilmalar tahlili yozma tarixiy manbalarni ilmiy jihatdan o‘rganish hamda qiyosiy tahlil qilishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish