Sayt test rejimida ishlamoqda

Panjiev Qurbonniyoz Berdievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek xalq qo‘shiqchiligi vositasida bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/Ped243.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor, Kiyamov Nishonboy Sadikovich, pedagogika fanlair doktori (DSc), Xalilov Faxriddin Nuritdinovich, pedagogika fanlari doktori, professor.  
Etakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek xalq qo‘shiqchiligi vositasida bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek xalq musiqa merosini o‘rganish samaradorligi aholining ijtimoiy turmush sharoitida yuzaga kelgan qo‘shiqlarning musiqiy-she’riy asoslari ohang qurilmalarini muayyan so‘z bo‘g‘inlari bilan uyg‘unlashuvi hamda o‘rgatishning didaktik tizimining ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlari invariativligini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligi kasbiy-ijodiy munosabatlarning intellektual-ijodiy xususiyatlariga musiqiy-madaniy tayyorgarlik darajasi parametrlarining o‘zaro integratsiyalashuvini musiqiy atamalarning  qiyosiy- tasnifiy tamoyillari interpretatsiyasini ta’minlash asosida  takomillashtirilgan; 
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilari kasbiy tayyorgarligi  pedagogik-akmeologik vazifalar integratsiyasini musiqaga oid milliy-ma’naviy qadriyatlarni anglash ustuvorligini ta’minlash  hamda madaniy-tarbiyaviy muhitning tashkiliy-integrativ mexanizmlarini intensiv loyihalash asosida  takomillashtirilgan;
bo‘lajak musiqa o‘qituvchisining kasbiy tayyorgarlik modeli qadriyatli an’analar, o‘zini-o‘zi rivojlantiring hamda o‘zbek xalq qo‘shiqchiligiga oid bilimlarni o‘zlashtirishga qaratilgan o‘quv tuzilmasini milliy musiqa merosi durdonalari bilan uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligi kreativ (yuqori), produktiv (o‘rta) va reproduktiv (quyi) darajadagi baholash ko‘rsatkichlari va mezonlarini integral diagnostik texnologiyalar va indikatorli tuzilma bilan adaptiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek xalq qo‘shiqchiligi vositasida bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘zbek xalq musiqa merosini o‘rganish samaradorligi aholining ijtimoiy turmush sharoitida yuzaga kelgan qo‘shiqlarning musiqiy-she’riy asoslari ohang qurilmalarini muayyan so‘z bo‘g‘inlari bilan uyg‘unlashuvi hamda o‘rgatishning didaktik tizimining ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlari invariativligini aniqlash asosida takomillashtirishga oid takliflar asosida “O‘zbek xalq musiqa ijodi” nomli darslik yaratilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 martdagi  106-son buyrug‘iga asosan berilgan  106-177-son nashr ruxsatnomasi). Natijada o‘zbek xalq qo‘shiqchiligi vositasida bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishning ilmiy pedagogik, nazariy imkoniyatlarini tahlil qilishga erishilgan.
Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligi kasbiy-ijodiy munosabatlarning intellektual-ijodiy xususiyatlariga musiqiy-madaniy tayyorgarlik darajasi parametrlarining o‘zaro integratsiyalashuvini musiqiy atamalarning  qiyosiy- tasnifiy tamoyillari interpretatsiyasini ta’minlash asosida  takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteting 2022 yil 10 maydagi 02-07-1276/04-son dalolatnomasi). Natijada aholining ijtimoiy turmush sharoitida yuzaga kelgan qo‘shiqlarning musiqiy-she’riy  hamda ijimoiy-pedagogik ta’sirini rivojlantirish imokniyati oshirilgan.
Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilari kasbiy tayyorgarligi  pedagogik-akmeologik vazifalar integratsiyasini musiqaga oid milliy-ma’naviy qadriyatlarni anglash ustuvorligini ta’minlash  hamda madaniy-tarbiyaviy muhitning tashkiliy-integrativ mexanizmlarini intensiv loyihalash asosida  takomillashtirishga doir ma’lumotlar asosida “O‘zbek xalq musiqa ijodi” nomli darslik yaratilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 martdagi  106-son buyrug‘iga asosan berilgan  106-177-son nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini kasbiy tayyorgarligi, kasbga yo‘naltirish hamda ijodiy qobiliyatlarni tarkib toptirish mahoratini rivojlantirishga shoroit yaratilgan. 
Bo‘lajak musiqa o‘qituvchisining kasbiy tayyorgarlik modeli qadriyatli an’analar, o‘zini-o‘zi rivojlantiring hamda o‘zbek xalq qo‘shiqchiligiga oid bilimlarni o‘zlashtirishga qaratilgan o‘quv tuzilmasini milliy musiqa merosi durdonalari bilan uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar asosida “O‘zbek xalq musiqa ijodi” nomli darslik yaratilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 martdagi 106-son buyrug‘iga asosan berilgan 106-177-son nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak musiqa o‘qituvchisi uchun muhim bo‘lgan “kasbiy faoliyat turlari”ni, ularning tayyorgarligini takomillashtirishga qaratilgan g‘oyalar modelini takomillashtirishga erishilgan. 
Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligi kreativ (yuqori), produktiv (o‘rta) va reproduktiv (quyi) darajadagi baholash ko‘rsatkichlari va mezonlarini integral diagnostik texnologiyalar va indikatorli tuzilma bilan adaptiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (Toshkent davlat pedagogika universiteting 2022 yil 10 maydagi 02-07-1276/04-son dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini kasbiy tayyorgarligini tadqiqot mazmuniga moslashtirish texnologiyalarini takomillashtirish uchun imkon yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish