Matchanov Otabek Jumanazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Iqlim o‘zgarishi sharoitida geografik axborotlar tizimi asosida baliqchilik xo‘jaligini yuritishning tabiiy geografik jihatlari (Xorazm viloyati misolida)», 11.00.01 - Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Gr179.
Ilmiy rahbar: Nigmatov Askar Nigmatullaevich, geografiya fanlari doktori., professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Urazbaev Abdukarim Kendirbaevich, geografiya fanlari doktori, dotsent; Sobirova Nilufar Toirovna, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xorazm viloyatida baliqchilik xo‘jaligini rivojlantirish uchun GGAT texnologiyalari orqali suv havzalarini baholash va monitoringini olib borishning tabiiy geografik jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘l hamda umumiy suv havzalari deb yuritilayotgan gidrografik ob’ektlar genezisiga qarab ‒ tabiiy (ko‘l va ko‘lmak), tabiiy-sun’iy (ko‘l va hovuz), sun’iy (suv ombori, hovuz, basseyn) qismlarga ajratilgan tarzda tasnifi ishlab chiqilgan;
1:100000 masshtabdagi topokartalar ma’lumotlari hamda Google Earth dasturi yordamida Xorazm viloyatining XX asrning 80 yillari bilan bugungi kun holati geofazoviy ma’lumotlar asosida taqqoslanib, 181 ta ko‘l yo‘qolib ketganligi, 1670 tasi yangi hosil bo‘lganligi, 360 tasi esa nisbatan barqaror holda saqlanib qolinganligi aniqlangan;
viloyat suv havzalarini tabiiy geografik nuqtai nazaridan baliqchilik xo‘jaligini yuritishning 9 ta mezoni bo‘yicha uch istiqbolli yo‘nalishlari hamda alohida klasterlarni tashkil etib baliqchilik xo‘jaligini yuritish uchun qulay 14 ta, tumanlararo baliqchilik xo‘jaligi klasterini tashkil etish mumkin bo‘lgan 31 ta, mayda baliqchilik xo‘jaliklari yuritish bo‘yicha 13 ta suv havzalari aniqlangan;
Xorazm viloyatda iqlim va Amudaryo suv rejimini o‘zgarishi sharoitida mayda baliqchilik xo‘jaliklarini sun’iy hovuzlarni tashkil etish orqali olib borish maqsadga muvofiq ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iqlim o‘zgarishi sharoitida Xorazm viloyati suv havzalarida baliqchilik xo‘jaligi yuritishning tabiiy geografik jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
gidrografik ob’ektlar tabiiy (ko‘l va ko‘lmak), tabiiy-sun’iy (ko‘l va hovuz), sun’iy (suv ombori, hovuz, basseyn) qismlarga ajratilgan tarzdagi tasnifi «O‘zbekbaliqsanoat» uyushmasi amaliyotiga joriy etilgan («O‘zbekbaliqsanoat» uyushmasining 2022 yil 18 fevraldagi 09/160-son ma’lumotnomasi). Natijada, suv havzalarining statistik hisobini yuritishni soddalashtirish va aniqlashtirish imkonini bergan;
181 ta yo‘qolib ketgan, 1670 ta yangi paydo bo‘lgan, hamda 360 ta barqaror suv havzalarining yaratilgan geofazoviy ma’lumotlari «O‘zbekbaliqsanoat» uyushmasi amaliyotida qo‘llanilgan («O‘zbekbaliqsanoat» uyushmasining 2022 yil 18 fevraldagi 09/160-son ma’lumotnomasi). Natijada, suv havzalarini qayta inventarizatsiya qilish imkonini bergan;
9 ta mezon bo‘yicha baholangan va uchta istiqbolli yo‘nalish bo‘yicha baliqchilik xo‘jaligini optimal yuritish natijalari «O‘zbekbaliqsanoat» uyushmasi amaliyotiga joriy etilgan («O‘zbekbaliqsanoat» uyushmasining 2022 yil 18 fevraldagi 09/160-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatning baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ga kiritish imkonini bergan;
iqlim va Amudaryo suv rejimini o‘zgarishi mavjud kichik suv havzalarida mayda baliqchilik xo‘jaliklarini rivojlantirish imkonini bermasligi bo‘yicha olingan natijalar «O‘zbekbaliqsanoat» uyushmasi amaliyotiga joriy etilgan («O‘zbekbaliqsanoat» uyushmasining 2022 yil 18 fevraldagi 09/160-son ma’lumotnomasi). Natijada, baliqchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga sun’iy hovuz va basseynlar tashkil etishni tavsiya qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish