Choriqulov Akbar Oromqul o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Oltin rudalarini qazib olishda chuqur gorizontlarning kuchlanish holatini tadqiq qilish va tayyorlov kon lahimlarining optimal parametrlarini ishlab chiqish», 04.00.10 – Geotexnologiya (ochiq, er osti va qurilish) (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2067.
Ilmiy rahbar: Nazarov Zoir Sodikovich, texnika fanlar nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/04.06.2021.T.06.02.
Rasmiy opponentlar: Aliqulov Shuhrat Sharofovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Maxmudov Dilmurod Rahmatjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi chuqur gorizontlarda tayyorlov kon lahimlarining kuchlanish holatini optimal parametrlarini tadqiq qilish va gorizontal tayyorlov kon lahmlaridagi metall arka romli mustahkamlagichlarning yuk ko‘tarish qobiliyatini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
SB-32M (Sapfir) o‘lchov asbobi yordamida o‘tkazilgan sinov o‘lchovlari natijasida Zarmitan koni sharoitlari uchun massivning kuchlanish-deformatsiya holati baholangan, massiv uchastkalarining kuchlanganlik holatiga prognoz berilgan va konning turli qismlarining deformatsiyalari va kon zarbasiga moyilligi aniqlangan;
tabiiy va tektonik buzilishlar bilan murakkablashgan tog‘ jinslari massivida deformatsiya va kuchlanishlarning tarqalishi aniqlangan;
lahim gumbazidagi mustaxkam qatlamli jinslarning gorizontal va vertikal siljishi, tektonik jihatdan buzilgan qatlamlarning gorizontal va vertikal siljishlarining lahim o‘qiga nisbatan harakati aniqlangan;
mustahkamlagichning chap va o‘ng tomonida hamda gumbaz qismida joylashgan kuch ta’siridan egilish momentini hisobga olgan holda boshqaruv kuchi ta’siriga ega kengaytiruvchi elementlar bilan metall arka romli mustahkamlagichni hisoblashning matematik modeli, hisoblash sxemasi va blok-sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Chuqur gorizontlarda tayyorlov kon lahimlarining kuchlanish holatini optimal parametrlarini tadqiq qilish va gorizontal tayyorlov kon lahmlaridagi metall arka romli mustahkamgichlarning yuk ko‘tarish qobiliyatini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
gorizontal kon lahimlarining metall arka romli mustahkamlagichlarini hisoblash sxemasi va hisoblashning blok-sxemasi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ Zarmitan konida joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2022 yil 25 maydagi 2301-01-07/368-son ma’lumotnomasi). Natijada, metall arka romli mustaxkamlagichlarga tushadigan kuchlanishni aniqlash imkonini bergan; 
kuchlanish va zarbaga xavfliligini baholash uchun SB-32M asbobi yordamida akustik emissiya ko‘rsatkichlari o‘lchovlarining ma’lumotlarini olish bo‘yicha qo‘llanma «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ Zarmitan konida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2022 yil 25 maydagi 2301-01-07/368-son ma’lumotnomasi). Natijada, Zarmitan koni turli qismlarining deformatsiyalari va kon zarbasiga moyilligini aniqlash imkonini bergan;
 kon ishlari xavfsizligini va metall arka romli mustahkamlagichning turg‘unligini  ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ Zarmitan konida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2022 yil 25 maydagi 2301-01-07/368-son ma’lumotnomasi). Natijada, metall arka romli mustaxkamlagichlardan foydalanish xajmini kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish