Ergashev Vali Alimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tajribaviy tadqiqotlarda o‘tkir hamda surunkali osteomielitlar rivojlanishi, asoratlari erta istiqbolining immunologik jihatlariga zamonaviy qarashlar», 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya, 03.00.04 – Mikrobiologiya va virusologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/Tib472.
Ilmiy rahbar: Nuraliev Nekqadam Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kamalov Zaynitdin Sayfutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Matnazarova Gulbahor Sultanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Polyavshikov Aleksandr Vital`evich, biologiya fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot:Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Tajribaviy tadqiqotlarda o‘tkir hamda surunkali osteomielitlar rivojlanishi, asoratlari erta istiqbolining immunologik va mikrobiologik jihatlari, ular orasidagi bog‘liqliklarni o‘rganishdan iborat bo‘lgan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qo‘zg‘atuvchilar tanlash orqali o‘tkir tajribaviy osteomielit modeli yaratilgan, qo‘zg‘atuvchilarning taloqning antitana hosil qiluvchi va yadro saqlovchi, timus, suyak ko‘migi, ichak limfatik tugunlari hujayralari miqdoriy ko‘rsatkichlariga turli ta’sir darajasi kasallik kechish dinamikasiga bog‘liq holda aniqlangan;
surunkali tajribaviy osteomielit modelini yaratish uchun qo‘zg‘atuvchilar tanlash barobarida tajribada ularning shu patologiyani chaqirish qobiliyati immun tizimi immunokompetent hujayralari miqdoriy o‘zgarishlariga bog‘liqligi isbotlab berilgan;
o‘tkir va surunkali tajribaviy osteomielitlar modelida organizm immun tizimi hujayralari miqdoriy va sifatiy o‘zgarishlaridagi asosiy tafovutlar aniqlanib, surunkali ko‘rinishda shu o‘zgarishlarning o‘tkirga nisbatan yaqqolroq namoyon bo‘lgani ko‘rsatib berilgan va patogenetik jihatdan asoslangan;
o‘tkir va surunkali tajribaviy osteomielitlarda immunokompetent hujayralar miqdoriy asosiy o‘zgarishlarining ushbu patologiyani chaqirgan qo‘zg‘atuvchilar turi, patogenlik darajasi, organizmga tushgan massivligi va konsentratsiyasiga bog‘liqligi aniqlangan va isbotlangan;
o‘tkir va surunkali tajribaviy osteomielitlar modelini yaratish orqali ushbu patologiya rivojlanishi va asoratlari erta istiqbolining immunologik hamda mikrobiologik mezonlari ishlab chiqilgan hamda ularning tashhisiy va istiqbolni belgilovchi qiymati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
o‘tkir va surunkali tajribaviy osteomielitlar modelini yaratish orqali ushbu patologiya rivojlanishi va asoratlari erta istiqbolini belgilashning immunologik va mikrobiologik jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalarga asoslanib:
o‘tkir va surunkali tajribaviy osteomielitlar modellarini yaratish maqsadida optimal qo‘zg‘atuvchilarni tanlash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «O‘tkir va surunkali osteomielitlar modellarini yaratish uchun mikroorganizmlarni tanlash uslubi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 11 martdagi 8n-r/208-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma osteomielitlar modellarini yaratish uchun, ilmiy asoslangan optimal shtammlarni tanlash imkonini bergan;
o‘tkir tajribaviy osteomielitlar qo‘zg‘atuvchilarining immun tizim hujayralari miqdoriy o‘zgarishlari bilan bog‘liqlik darajasini aniqlash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Tajribada immun tizim hujayralarining o‘tkir osteomielit kechish dinamikasidagi o‘zgarishlarini baholash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 9 dekabrdagi 8n-r/1201 son xulosasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma o‘tkir tajribaviy osteomielit kechish dinamikasida immun tizim hujayralari miqdoriy o‘zgarishlarni baholash imkonini bergan;
o‘tkir va surunkali tajribaviy osteomielitlar modelini yaratish orqali ushbu patologiya rivojlanishi va asoratlari erta istiqbolining immunologik va mikrobiologik jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar amaliy sog‘liqni saqlashga, jumladan, Buxoro va Navoiy viloyatlari sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmalariga, Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Buxoro viloyati filialiga, Buxoro shahar sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi bo‘limiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 9 dekabrdagi 8n-d/527 hamda 2022 yil 18 fevraldagi 8-d/78-son ma’lumotnomasi). Ilmiy ish natijalari amaliyotga qo‘llanilganda eksperimental tadqiqotlarning har bir seriyasi bo‘yicha 1 600 000 so‘m mablag‘ni tejash imkonini, shuningdek ushbu tadqiqotlar samaradorligini 15% ga oshirgan. Bemorlarni to‘g‘ri davolash natijasida ularning hayot sifati yaxshilanib, mehnatga layoqatining tez tiklanishi, ushbu kasallikdan nogironlikka chiqish holatlarini kamayishtirish imkonini bergan.