Elmurotov Jamshid Shodiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Demokratik jarayonlar tadrijiy takomilida Jon Lokk liberal qarashlarining o‘rni», 23.00.01–Siyosat nazariyasi va falsafasi. Siyosiy ta’limotlar tarixi va metodologiyasi (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ss79.
Ilmiy rahbar: Nazarov Nasriddin Ataqulovich, siyosiy fanlar doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08.
Rasmiy opponentlar: Xolbekov Abdug‘ani Jumanazarovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor, Bayrieva Almagul Qurbanovna, siyosiy fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Jon Lokkning inson erki, individual manfaatlar, mulkiy munosabatlarning qonuniy asoslarini mustahkamlash kabi liberal qarashlarining zamonaviy jamiyatdagi o‘rni yuzasidan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
insoniyat jamiyati ijtimoiy hayotining siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida qaror topishi, siyosiy jarayonlarda boshqaruvning tarkibiy qismlari Jon Lokkning “hokimiyatlar bo‘linishi”, “jamiyatning tabiiy holati”, “jamoat shartnomasi” kabi liberal nazariyalari negizida rivoj topganligi ochib berilgan;
zamonaviy siyosiy nazariyalarda J.Lokkning siyosiy hokimiyat “xalq ishonchi”ga, “xalq hokimiyati”ga va “qonunlarning xalq manfaatiga xizmat qilishi”ga tayanishi davlat va jamiyatda demokratik jarayonlarning ehtiyoj sifatida anglanadigan, idrok etiladigan, amaliyotga tatbiq qilinadigan ustuvor siyosiy mexanizmi ekanligi hamda boshqaruv tizimida qo‘llanilayotganligi ilmiy asoslangan;
Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida davlat boshqaruvi va jamiyat hayotini modernizatsiyalash bilan bog‘liq ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy asoslar fuqaro erki, tengligi, xavfsizligi siyosiy jarayonlarda aholining faol fuqaroviylik mavqeiga ega bo‘lgan jamoaviylik, sheriklik va mahallabay kabi liberal g‘oyalarga asoslanganligi ilmiy jihatdan ochib berilgan;
O‘zbekistonda erkinlik va farovonlikni ta’minlash J.Lokkning liberal davlat xavfsizligi, davlat bag‘rikengligi tamoyillari asosida takomillashtirish, birinchidan erkin rivojlanishni ta’minlashga xizmat qilsa, ikkinchidan liberal jarayonlar mutafakkir g‘oyalarining rivojiga yo‘naltirilganligi konseptual asoslarda nazariy va siyosiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Demokratik jarayonlar tadrijiy takomilida Jon Lokk liberal qarashlarining o‘rnini o‘rganishga doir ilmiy-nazariy xulosalar asosida:
insoniyat jamiyati ijtimoiy hayotining siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida qaror topishi, siyosiy jarayonlarda boshqaruvning tarkibiy qismlari Jon Lokkning “hokimiyatlar bo‘linishi”, “jamiyatning tabiiy holati”, “jamoat shartnomasi” liberal nazariyalari negizida rivoj topganligi haqidagi g‘oyalardan O‘zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi faoliyatida, O‘zbekistonda demokratik jarayonlar rivojini ta’minlashda “Harakatlar strategiyasi”, “Taraqqiyot strategiyasi”ning o‘rni, “Xalq davlat idoralari uchun emas, balki davlat idoralari xalq uchun” konseptual g‘oyasining amaliy natijasini ta’minlashda hamda partiya fraksiyasi tomonidan amaldagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan aniq takliflar tayyorlashda keng foydalanildi (O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining 2020 yil 24 dekabrdagi 01-03/275-son ma’lumotnomasi). Natijada, xalq bilan muloqot tizimining samarali tashkiliy mexanizmlarini qo‘llashda, aholini ijtimoiy hayot tarzi farovonligini oshirishga qaratilgan partiya dasturlarini tayyorlashga xizmat qilgan;
zamonaviy siyosiy nazariyalarda Jon Lokkning siyosiy hokimiyat “xalq ishonchi”ga, “xalq hokimiyati”ga va “qonunlarning xalq manfaatiga xizmat qilishi”ga tayanishi davlat va jamiyatda demokratik jarayonlarning ehtiyoj sifatida anglanadigan, idrok etiladigan, amaliyotga tatbiq qilinadigan ustuvor siyosiy mexanizmi ekanligi hamda boshqaruv tizimida qo‘llanilayotganligi borasidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan Saylov oldi dasturini ishlab chiqishda hamda liberallashuv mazmuniga ega qonunchilik sohasini takomillashtirishda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Liberal-Demokratik partiyasining Siyosiy Kengashi ijroiya qo‘mitasining 2021 yil 10 noyabrdagi 01-27/879-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot ishida ilgari surilgan inson qadri, erki va tengligi shuningdek, fuqarolik jamiyatining zamonaviy mezanizmlarini joriy etish masalalari partiya fraksiyasi tomonidan huquqiy-me’yoriy hujjatlarni tayyorlashda foydalanilgan;
Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida davlat boshqaruvi va jamiyat hayotini modernizatsiyalash bilan bog‘liq ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy asoslar fuqaro erki, tengligi, xavfsizligi siyosiy jarayonlarda aholining faol fuqaroviylik mavqeiga ega bo‘lgan jamoaviylik, sheriklik va mahallabay kabi liberal g‘oyalarga tayanishi haqidagi amaliy taklif va xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatida mahallabay ishlashda yangi samarali boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan yo‘nalish strategiyasini ishlab chiqishda, mahallalarda targ‘ibot-uslubiy materiallarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2021 yil 12 fevraldagi 02-09/339-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy hududlarda, mahallalarda aholi bilan ishlashda, shaxs erkinligi va uning rivojiga xizmat qiluvchi demokratik tamoyillar orqali milliy qadriyatlarimizni boyitishda foydalanilgan.
O‘zbekistonda erkinlik va farovonlikni ta’minlash J.Lokkning liberal davlat xavfsizligi, davlat bag‘rikengligi tamoyillari asosida takomillashtirish, birinchidan erkin rivojlanishni ta’minlashga xizmat qilsa, ikkinchidan liberal jarayonlar mutafakkir g‘oyalarining rivojiga yo‘naltirilganligi xulosalardan “Yuksalish” umummilliy harakati Markaziy apparati faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida “Islohotlar-inson qadri uchun” muloqot uchrashuvlarini tashkil qilshda hamda tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqishda foydalanildi (“Yuksalish” umummilliy harakati 2020 yil 23 iyuldagi 500/20-son ma’lumotnomasi). Natijada, liberalizm nazariyasining mumtoz va zamonaviy ko‘rinishlaridagi mavjud umumiylik va o‘ziga xoslik, xalq va tadbirkorlik sub’ektlari bilan ochiq muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, aholi faolligini oshirishga qaratilgan amaliy takliflardan umumilliy harakatning platformasini ishlab chiqishda foydalanilgan.