Abduqodirov Farxodjon Faxritdin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talonchilikka qarshi kurashishning jinoyat-huquqiy choralarini takomillashtirish”, 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Yu457.
Ilmiy rahbar: Abdurasulova Qumriniso Raimqulovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: O‘razaliev Murodbek Qoraevich, yuridik fanlar doktori, professor; Fayzullaeva Tamara Xamidullaevna, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talonchilikka qarshi kurashishning jinoyat-huquqiy choralarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Jinoyat kodeksi talonchilik uchun javobgarlik belgilangan 166-moddasi
1-qismi sanksiyasini qilmishning ijtimoiy xavflilik xususiyati va darajasiga muvofiqlashtirish maqsadida ozodlikni cheklash hamda ozodlikdan mahrum qilish jazolarining eng yuqori muddatini besh yildan, uch yilga o‘zgartirish lozimligi asoslangan;
tarixiy, ilmiy, badiiy yoki boshqa madaniy qimmatga ega bo‘lgan ashyo yoki hujjatlarni qonunga xilof ravishda egallaganlik uchun maxsus normada alohida jinoiy javobgarlik belgilanishi lozimligi asoslangan;
jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish yoki jinoyat sodir etish uchun maxsus mo‘ljallangan, tayyorlangan yoki moslashtirilgan narsalar, shuningdek jinoiy maqsadga erishish uchun jinoyat sodir etish jarayonida bevosita foydalanilgan vositalar jinoyat quroli hisoblanishi lozimligi asoslangan;
mulkiy ziyon miqdorining o‘zgartirilishi jinoyatning kvalifikatsiyasiga yoki ayblovning hajmi mahkumning ahvolini og‘irlashtiradigan darajada o‘zgarishiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan hollarda, hukm o‘zgartirilib, tegishlicha jinoyatning kvalifikatsiyasi o‘zgartirilishi lozimligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Talonchilikka qarshi kurashishning jinoyat-huquqiy choralarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Jinoyat kodeksi talonchilik uchun javobgarlik belgilangan 166-moddasi
1-qismi sanksiyasidagi ozodlikdan mahrum qilish va ozodlikni cheklash jazosining eng yuqori muddatini besh yildan, uch yilga o‘zgartirishga doir taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan tayyorlangan yangi tahrirdagi Jinoyat kodeksi loyihasining 226-moddasi birinchi qismi sanksiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Qonuniylik
va huquq-tartibotni ta’minlash muammolarini tahlil qilish boshqarmasining 2022 yil 10 maydagi 27/2-84-22-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi zo‘rlik ishlatib va zo‘rlik ishlatmasdan sodir etilgan talonchilik uchun javobgarlikni differensiatsiya qilinishiga xizmat qiladi.
tarixiy, ilmiy, badiiy yoki boshqa madaniy qimmatga ega bo‘lgan ashyo yoki hujjatlarni qonunga xilof ravishda egallaganlik uchun maxsus moddada jinoiy javobgarlik belgilanishiga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan tayyorlangan yangi tahrirdagi Jinoyat kodeksi loyihasining
280-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi
Bosh prokuraturasi Qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash muammolarini tahlil qilish boshqarmasining 2022 yil 10 maydagi 27/2-84-22-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi tarixiy, ilmiy, badiiy yoki boshqa madaniy qimmatga ega bo‘lgan ashyo yoki hujjatlarni qonunga xilof ravishda egallash uchun javobgarlikni differensiatsiya qilinishiga va ushbu predmetlarning jinoyat-huquqiy muhofazasini kuchaytirishga xizmat qiladi.
mulkiy ziyon miqdorining o‘zgarishi jinoyat kvalifikatsiyasiga yoki ayblov hajmi mahkumning ahvolini og‘irlashtiradigan darajada o‘zgarishiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan hollarda, basharti shu asoslarga ko‘ra prokuror protesti yoki jabrlanuvchi (uning vakili) tomonidan shikoyat keltirilgan bo‘lsa, hukm o‘zgartirilib, tegishlicha jinoyat kvalifikatsiyasi yoki ayb hajmi o‘zgartirilishi lozimligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018 yil 19 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining jinoyat ishlari bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 16-son qarori ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022 yil 6 iyundagi
03-23-525-22-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi mulkiy ziyon miqdori o‘zgarganida qilmishni to‘g‘ri kvalifikatsiyasiga xizmat qilgan.
jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish yoki jinoyat sodir etish uchun maxsus mo‘ljallangan, tayyorlangan yoki moslashtirilgan narsalar, shuningdek jinoiy maqsadga erishish uchun jinoyat sodir etish jarayonida bevosita foydalanilgan vositalar jinoyat quroli hisoblanishi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018 yil 19 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining jinoyat ishlari bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 16-son qarori ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022 yil 6 iyundagi 03-23-525-22-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi muayyan ashyo buyumlarni jinoyat quroli sifatida baholashga yagona yondashuvning shakllanishiga xizmat qilgan.