Eshmuminov Asqar Allamuradovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tili korpuslari uchun taksonomik va meronimik munosabatli leksemalar lingvistik bazasini shakllantirish”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Fil284.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.78.04 asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Ilmiy maslahatchi: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Azamat Baxronovich, filologiya fanlari doktori, professor; Abjalova Manzura Abdurashitovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Ergasheva Guli Ismailovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tili korpuslari uchun taksonomik va meronimik munosabatli leksemalar lingvistik bazasinini yaratishning nazariy-metodologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tildagi leksemalararo leksik-semantik munosabatning sinonimik, giperonimik, graduonimik kabi turlari, ularning taksonomik va meronimik munosabat bilan o‘zaro bir sistema sifatida bir-biriga ta’siri, leksemalarning so‘z ma’nosi asosidagi o‘zgarishiga ko‘ra umumiy shakliy va mazmuniy jihatdan o‘xshash, mavzuviy tuzilishiga ko‘ra umumiy va xusususiy, maydon va guruhga ajralishiga ko‘ra makro va mikro, bir ma’no va ko‘p ma’nolik jihatidan farqlari aniqlangan;
til korpuslarining dasturiy ta’minoti uchun lingvistik ma’lumotlar bazasini tuzish jarayonlari hamda taksonomik va meronimik munosabatli leksemalarning o‘zbek tili leksik sathidagi miqdori aniqlangan;
o‘zbek tilining izohli lug‘atlaridagi taksonomik munosabatli leksemalarning meronimik munosabatli leksemalarga nisbatan miqdor jihatdan ko‘p mavzuviy jihatdan teng ekanligi dalillangan;
o‘zbek tili korpuslari semantik qidiruv interfeysining monitorli tuzilishi, leksemalarning korpusda birikish strukturasi ochib berilib, o‘zbek tili leksik birliklarini mereologik va taksonomik belgisiga asosan teglash jarayoni uchun semantik teglash dasturi loyihalari ishlab chiqilgan;
o‘zbek tilidagi leksik-semantik munosabatdosh birliklar qidiruv oynasining interfeysi, mavzuviy va darajadalash asosidagi saralash prinsiplari, til korpuslari uchun lingvistik modeli aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tili korpuslari uchun taksonomik va meronimik munosabatli leksemalar lingvistik bazasini shakllantirishga bag‘ishlangan dissertatsion ishda erishilgan ilmiy natijalar asosida:
tildagi leksemalararo leksik-semantik munosabatning sinonimik, giperonimik, graduonimik kabi turlari, ularning taksonomik va meronimik munosabat bilan o‘zaro bir sistema sifatida bir-biriga ta’siri, leksemalarning so‘z ma’nosi asosidagi o‘zgarishiga ko‘ra umumiy shakliy va mazmuniy jihatdan o‘xshash, mavzuviy tuzilishiga ko‘ra umumiy va xusususiy, maydon va guruhga ajralishiga ko‘ra makro va mikro, bir ma’no va ko‘p ma’nolik jihatidan farqlari, til korpuslarining dasturiy ta’minoti uchun lingvistik ma’lumotlar bazasini tuzish jarayonlari hamda taksonomik va meronimik munosabatli leksemalarning til leksik sathidagi miqdorini aniqlashga oid natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-F1-G003 «Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi» mavzusidagi fundamental ilmiy loyihada foydalanilgan (O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 28 martdagi 17.01/72-son ma’lumotnomasi). Natijada hozirgi qoraqalpoq tili leksik qatlamining mavzuviy guruhlarini farqlash tamoyillari ishlab chiqilgan;
o‘zbek tilining izohli lug‘atlarida taksonomiya va meronimiya hodisalarining statistikasini aniqlash va tadqiq etish haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-A1-G007 «Qoraqalpoq naql — maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida» mavzusidagi fundamental ilmiy loyihada foydalanilgan (O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 28 martdagi 17.01/72-son ma’lumotnomasi). Natijada hozirgi qoraqalpoq tilidagi taksonomiya va meronimiya hodisalarining statistik miqdorini aniqlashga erishilgan;
o‘zbek tili korpuslari uchun taksonomik va meronimik munosabatli leksemalar lingvistik bazasini shakllantirish asoslari hamda interfeys yaratishga oid natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-F-1-OO5 raqamli «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish» mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 28 martdagi 17.01/72-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek va qoraqalpoq tillarida yaratiladigan lingvistik korpuslar uchun algoritmlar ishlab chiqishga erishilgan;
o‘zbek tilidagi leksik-semantik munosabatdosh birliklar qidiruv oynasining interfeysi, mavzuviy va darajalash asosidagi saralash prinsiplari haqidagi xulosalardan Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasining “Til-millat ko‘zgusi”, «Kun mavzusi», «Dialog» teleko‘rsatuvida foydalanilgan (Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2022 yil 24 martdagi 01-12//224-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori saviyali barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlar orasida til madaniyatini shakllantirish hamda zamonaviy axborot tizimida o‘zbek tilining imkoniyatlaridan foydalanish haqidagi targ‘ibot ishlari mazmuni mukammallashgan.