Temirbekova Amina Omirbekovaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Qoraqalpoq tilida undovlar (fonetika-morfologik, semantika-stilistik tahlil)», 10.00.03 – Qoraqalpoq tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil814.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Qudaybergenov Mambetkarim Sarsenbaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/25.08.2021.Fil.137.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Najimov Perdebay Aymanovich, filologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Allambergenova Guljaxan Aytbaevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hozirgi qoraqalpoq tilida undovlarning tabiati, semantik-stilistik ifodalanishi, fonetik-morfologik tuzilishi, o‘ziga xos xususiyatlarini undovlarning tovush tuzilishi, ohang vazifasi, morfologik qurilishini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
emotsional, buyruq va nutqiy-odat undovlarining qoraqalpoq milliy tiliga xos bo‘lgan etnomadaniy, lingvokognitiv, konnotativ ma’no kabi lingvistik funksional vazifalari ochib berilgan;
undovlarning sodda, bir ma’noda kelishi, polisemantik ishlatilish holatlari, uslubiy qo‘llanilishi, matndagi emotsional-ekspressiv xususiyatlari, og‘zaki so‘zlashuv tilida va qoraqalpoq tilining janubiy va shimoliy dialektlarida hududiy qo‘llanilishi isbotlab berilgan;
so‘zlashuv tilida undovlar tarkibida unli va undosh tovushlarning turli o‘zgarishga uchrashi, ohang natijasida fonetik variantlarining paydo bo‘lishi, undovlarning kommunikativ va emotsional ohangga ega ekanligi, morfologik tuzilishiga ko‘ra tub va yasama undovlar sifatidagi tamoyillari ishlab chiqilgan;
undovlarning alohida so‘z turkumi sifatida ma’noli va ko‘makchi so‘z turkumlaridan ajralib turuvchi o‘ziga xos grammatik belgilari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq tilidagi undovlar tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hozirgi qoraqalpoq tilidagi undovlar tasnifi, so‘z turkumlari tizimida o‘ziga xos belgilarini ko‘rsatishni aniqlash natijalari bilan bog‘liq ilmiy-nazariy umumlashmalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan FA-F1-G003 - «Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi» mavzusidagi loyihani amalga oshirishda, ayniqsa, undovlarning semantik xususiyatlarini aniqlash, fonetik tarkibini o‘rganish va intonatsion vazifasini aniqlashdagi vazifasini o‘rganishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 10 dekabrdagi 17.01/299-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq tilida undovlarning uslubiy qo‘llanilishi, adabiy til mezonlari asosida yozilishi ta’minlangan;
undovlarning qo‘llanish xususiyatlari, qoraqalpoq xalqining milliy etik qadriyatlarini qayta tiklash, etnomadaniyatining o‘ziga xosligini aks ettirish bilan bog‘liq materiallar Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining «Gavhar so‘zlar», «Assalomu alaykum Qoraqalpog‘iston» va «Yoshlar uchun», «Meros» radioeshittirishlari orqali keng jamoatchilik e’tiboriga havola etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2021 yil 23 dekabrdagi 01-02/643-son ma’lumotnomasi). Natijada undovlarning qo‘llanilishi, emotsional-ekspressiv vazifasi bilan bog‘liq lingvistik ilmiy ma’lumotlar va materiallarning keng jamoatchilikka tanishtirilishi orqali ko‘rsatuv va eshittirishlarning madaniy-ma’rifiy ahamiyatining oshishiga erishilgan;
undovlarning fonetik-morfologik, semantik-stilistik xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2007-2011 yillarda bajarilgan «XT-F2-011 Qoraqalpoq tilini o‘qitishni takomillashtirishning nazariy-metodik asoslarini kompleks tadqiq qilish va konsepsiyasini ishlab chiqish» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpog‘iston filialining 2020 yil 18 iyuldagi 73/1-son ma’lumotnomasi). Natijada undovlarning grammatik, fonetik tuzilishi, uslubiy vazifasi, uning milliy adabiy tilni boyitishda tutgan o‘rni va lisoniy vazifasi haqida ilmiy ma’lumotlar berishga erishilgan;
undovlarning bir va ko‘p ma’noda qo‘llanish sabablari, ularning fonetik tuzilishi, ohangi, keng uslubiy imkoniyatlarini aniqlash natijalari O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston pedagogik ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2017-2020 yillarda bajarilgan F3-2016-0908165532 «Qoraqalpoq tilining yangi alifbosi va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotni rivojlantirish metodikasi» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston pedagogik ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 25 sentyabr` 2020 yil 168/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimizda mustaqillik yillarida qoraqalpoq tilini rivojlantirishda milliy tilni o‘rganish bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining mazmunini takomillashtirishda amaliy yordam berib, yoshlarning milliy o‘zlikni anglashi, adabiy til mezonlarini saqlashga erishilgan.