Nazarova Shaxlo Baxtiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek va koreys tillarida transpozisiya hodisasining qiyosiy tahlili”, 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil354
Ilmiy rahbar: Rahimov Ahmad Sultanovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil/Ped.83.01.
Rasmiy opponentlar: Xayrullaev Xurshid Zaynievich, filologiya fanlari doktori, professor; Kim Natal`ya Dek-xenovna, filologiya fanlari doktori professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbek va koreys tillaridagi nominativ va grammatik (ko‘makchi so‘zlar va yetakchi-ko‘makchi fe’lli birikmalar misolida) transpozitlarni “X bilan asimmetrik aloqador Y” universal kognitiv-diskursiv qurilma va “transpondent, transpozitor, transpozit” sxemasi asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va koreys tillariga xos nominativ va grammatik transpozitlarning an’anaviy, differensial talqinlaridan farq qiluvchi “X bilan asimmetrik aloqador Y” kognitiv-diskursiv qurilmalar doirasida qiyosiy, qiyosiy-chog‘ishtirma, qiyosiy-tavsifiy klassifikatsiya usullari ishlab chiqilgan;
o‘zbek va koreys tillarida so‘z turkumlari tasnifi, ularning lisoniy maqomi, o‘zaro munosabati va turkumlararo ko‘chishi kabi lisoniy hodisalarni o‘rganish va o‘rgatishdagi lingvistik, grammatik, leksik, stilistik turdagi tafovutli yondashuvlar aniqlanib, ularni nominativ va grammatik transpozitlarning kognitiv-diskursiv klassifikatsiyasi vositasida bartaraf etish zarurligi isbotlangan;
o‘zbek va koreys tillaridagi nominativ va grammatik transpozitlarning tillararo mushtarak tabiatli “X bilan asimmetrik aloqador Y” kognitiv-diskursiv qurilmalarga daxldorligi, ularning o‘z asosi bilan asimmetrik munosabatda bo‘lishi hamda “transpondent, transpozitor, transpozit” analogiyasiga asoslanishi dalillangan;
o‘zbek va koreys tillaridagi nominativ transpozitlarning ellipsis, kompressiya, derivatsiya, leksikalizatsiya hodisalari bilan, grammatik transpozitlarning esa desemantizatsiya, kompressiya, grammatikalizatsiya hodisalari bilan qiyoslash asosida ularga xos kognitiv-diskursiv mushtaraklikning mavjudligi asoslab berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘zbek va koreys tillarida transpozisiya hodisasining qiyosiy tahlili yuzasidan olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
o‘zbek va koreys tillariga xos nominativ va grammatik transpozitlarning an’anaviy, differensial talqinlaridan farq qiluvchi “X bilan asimmetrik aloqador Y” kognitiv-diskursiv qurilmalar doirasida qiyosiy, qiyosiy-chog‘ishtirma, qiyosiy-tavsifiy tahlil qilish usullari bo‘yicha olingan xulosalardan Evropa Ittifoqining Erazmus + dasturining 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasining nazariy asoslarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 21 noyabrdagi 3013/30.02.01 - son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida matnlarga ishlov beruvchi dastur (NLP tool) ni ishlab chiqishda ilmiy matn ekspressivligi haqidagi ma’lumotlar bazasiga kiritish loyiha samaradorligini oshirish hamda ma’lumotlar bazasining elektron resurslarini shakllantirishga erishilgan;
o‘zbek va koreys tillarida so‘z turkumlari tasnifi, ularning lisoniy maqomi, o‘zaro munosabati va turkumlaraaro ko‘chishi kabi lisoniy hodisalarni ilmiy o‘rganish va o‘rgatishdagi tafovutli yondashuvlar aniqlanib, ularni nominativ va grammatik transpozitlarning kognitiv-diskursiv tahlili asosida bartaraf etish zarurligi haqidagi fikrlardan Erazmus+ dasturi 585845-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Computational Linguistics at Central Asian universities” grant loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil noyabrdagi 2321/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qituvchilarda kasbiy mahoratni oshirish, kommunikativ va pedagogik qobiliyatlarini rivojlantirishga erishilgan;
o‘zbek va koreys tillaridagi nominativ va grammatik transpozitlarning tillararo mushtarak tabiatli “X bilan asimmetrik aloqador Y” kognitiv-diskursiv qurilmalarga daxldorligi, ularning o‘z asosi bilan asimmetrik munosabatda bo‘lishi hamda “transpondent, transpozitor, transpozit” analogiyasiga asoslanishi ularning genetik asosi tahlili misolida dalillanishi bo‘yicha xulosalardan, I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil noyabrdagi 2920/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, xorijiy til o‘qituvchilarining tilning nazariy asoslariga doir bilimlarini oshirish hamda koreys tilini o‘rgatishga mo‘ljallangan uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishda yangi yondashuvlarga erishilgan;
o‘zbek va koreys tillaridagi nominativ transpozitlarning ellipsis, kompressiya, derivatsiya, leksikalizatsiya hodisalari bilan, grammatik transpozitlarning esa desemantizatsiya, kompressiya, grammatikalizatsiya hodisalari bilan qiyosiy tahlili asosida ularga xos kognitiv-diskursiv mushtaraklikning mavjudligiga oid ilmiy xulosalaridan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 10 dekabr` kuni “Samarqand sadosi” eshittirishining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Samarqand teleradiokompaniyasining 2021 yil dekabrdagi 01-11/595-son ma’lumotnomasi). Natijada, tinglovchilarning ikki xalq madaniyati haqidagi bilimlari oshishiga erishilgan.