Gaibnazarova Feruza Pardabaevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda Buliminidae oilasi quruqlik  mollyuskalarining faunasi, ekologiyasi va hayot tarzi», 03.00.06–Zoologiya (biologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/B70.

Ilmiy rahbar: Pazilov Abduvaeit, biologiya fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Zoologiya instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.29.08.2017.V.52.01.

Rasmiy opponentlar: Izzatullaev Zuvaydullo Izzatullaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Abdullaev Ikram Iskandarovich, biologiya fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Buliminidae oilasiga mansub quruqlik mollyuska turlarining taksonomik tarkibi, biologik va ekologik xususiyatlarini asoslash hamda kamyob turlarni muhofaza choralarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

O‘zbekiston hududida Buliminidae oilasining 6 avlod, 2 kenja oilasiga mansub 35 turining ro‘yxati tuzilgan va shundan fan uchun yangi 3 ta (P. maydanica, P. xaziratishahika, Ch. mojurumika) va O‘zbekiston faunasi uchun 8 ta turlari aniqlangan;

ilk bor Buliminidae oilasiga mansub quruqlik mollyuskalarining mezofil, kserofil, mezokserofil, kriomezokserofil ekologik guruhlari aniqlangan;

turlarning statsiyalar bo‘yicha moslashishi jihatidan epifitostrabiont, epifitopetrobiont va petorbiont guruhlari aniqlangan;

turlarning besh bosqichdan iborat juftlashish o‘yinlari yoki raqslari bilan boshlanadigan kopulyasiya jarayoni ochib berilgan;

keng tarqalgan 5 ta turr chig‘anog‘i shakli, rangi, skul`pturasi, xajmi, chig‘anoq aylanasi soni va og‘iz armaturasi tuzilishi asosida ularning konxologik o‘zgaruvchan belgilari isbotlangan;

Palbiplicatusva P. sogdiana turlarning morfologik o‘zgaruvchanligi aniqlangan va ilk bor molekulyar-genetik usullar yordamida turlarning taksonomik farqlari isbotlangan;

«ikki yaqin qo‘shni» (Neighbor-joining, NJ) usuli asosida bir-biriga yaqin turlarning (p.albiplicatus va p. sogdianus) filogenetik daraxti tuzilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbekistondagi Buliminidae oilasi quruqlik mollyuskalari faunasi, ekologiyasi va hayot tarzi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

Buliminidae oilasi mollyuskalarining chorva mollarida turli parazitar kasalliklarida oraliq xo‘jayin vazifasini bajaruvchi turlarining mavsumiy rivojlanishi bo‘yicha natijalari veterinariya amaliyotiga joriy etilgan (Davlat veterinariya qo‘mitasining 2017 yil 20 noyabrdagi 03/13-492-son ma’lumotnomasi). Natijada chorva mollarida dikrotselid, braxilemid, protostrongilid kabi parazit gel`mintlarning tarqalishini oldini olish va qarshi kurash chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkonini bergan;

Buliminidae oilasining p.albiplicatus va p. sogdianus turlarining nukleotidlar ketma-ketligi bo‘yicha ma’lumotlari Biotexnologik axborotlar milliy markazi Gen-Banki ba’zasiga joylashtirilgan (Biotexnologik axborotlar milliy markazi, blast.ncbi.hlm.hih.gov). Natijalar asosida p.albiplicatus – KU760759 va p. sogdianus – KU760758 inventar raqamlari olingan va ular xalqaro miqiyosda quruqlik mollyuskalari filogeniyasini molekulyar-genetik identifikatsiyalash imkonini bergan;

Buliminidae oilasi mollyuskalarining tur tarkibi, statsiyalarda tarqalishi va zichligi bo‘yicha ma’lumotlar A-7-53-raqamli «O‘zbekistonda gel`mint kasalliklarni tarqatishda ishtirok etadigan quruqlik mollyuskalarining tur tarkibini aniqlash va ularning ho‘jalik ahamiyatni o‘rganish» loyihasida quruqlik mollyuskalari oraqali tarqaladigan parazit gel`mintlarni aniqlashda foydalanilgan (Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 14 noyabrdagi FTA-02-11/1080-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekistonning cho‘l mintaqalarida gel`mint kasalliklarini tarqatishda ishtirok etadigan quruqlik mollyuskalarining 14 turini aniqlash, populyasiya zichligi xaritasini tuzish va xo‘jalik ahamiyatini baholash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish