Xolova Muyassar Abdulhakimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): "O‘zbek milliy shevalari korpusini tuzishning lingvistik asoslari (Boysun tumani "j"lovchi shevalari misolida)", 10.00.00 – O‘zbek tili
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil1095.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Ik faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, ik raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.78.04.
Rasmiy opponentlar: Sharif Muqimovich Yoqubov, filologiya fanlari nomzodi, dotsent; Urinbaeva Dilbar Bazarovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Boysun tumani “j”lovchi shevalari misolida o‘zbek shevalari bazasi va korpusini tuzishning lingvistik asoslarini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbek Milliy shevalar bazasidagi so‘zlarning morfologik-semantik teglanishi, shakl va ma’no munosabatlariga ko‘ra guruhlanishi, dialektlarning etimologiyasi, ingliz tili va rus tiliga muqobil tarjimalari metarazmetkasi orqali dialektal elektron lug‘atning yangi avlod lug‘at standartlariga to‘la mos kelishi korpus lingvistikasi doirasida asoslangan;
O‘zbek Milliy shevalar korpusida she’riy, nasriy va she’riy-nasriy (aralash) dialektal matnlarni pasportizatsiyalash, mavzuviy guruhlash, janr kesimida taqsimlanishi kompyuter lingvistikasi kodlari vositasida ko‘rsatilib, bu jarayonni amalga oshirish bilan o‘zbek dialektologiyasi fani yo‘nalishida tadqiqotlarning tadrijiy rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqish mumkinligi isbotlangan;
og‘zaki so‘zlashuv uslubiga xos til hodisalarini bir-biriga solishtirish, qiyoslash-chog‘ishtirish imkonini beruvchi, dialektal birliklarning fonetik, leksik variativligini ko‘rsatuvchi interaktiv kartalarni tuzishning dialektologik tamoyillari ishlab chiqilgan;
O‘zbek Milliy subdialektal korpusi tarkibiy qismi shevalar bazasida dialektal birliklarning transliterativ akslanishi hamda transkripsion yunikodlari tartiblashtirish orqali korpusda shevalarni saralash tamoyillari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tili Milliy korpusi tarkibida shevalar korpusini yaratish, shevalarni yagona bir tizimga solish imkoniyatlari va shevashunos tadqiqotchilar uchun qulay tadqiqot maydoni yaratishga oid xulosalardan:
O‘zbek tili Milliy korpusi tarkibida shevalar korpusini yaratish, shevalarni yagona bir tizimga solish imkoniyatlari va shevashunos tadqiqotchilar uchun qulay tadqiqot maydoni yaratishga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA–F1–G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental tadqiqotda foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 16 dekabrdagi 17.01/273-son ma’lumotnomasi). Natijada qardosh turkiy tillar qatorida o‘zbek tilida shevalarni qo‘llashga doir tadqiqot natijalari zamonaviy lingvistik izlanishlar sirasida ta’limiy jarayonga tatbiq etilgan;
og‘zaki so‘zlashuv uslubiga xos til hodisalarini bir-biriga solishtirish, qiyoslash-chog‘ishtirish imkonini beruvchi, dialektal birliklarning fonetik, leksik variativligini ko‘rsatuvchi materiallarning dialektologik tamoyillarini ishlab chiqishga oid xulosalardan: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA–A1–G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida” mavzusidagi amaliy-ilmiy tadqiqotda foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limining 17.01/273-son dalolatnomasi). Natijada o‘zbek shevalariga oid so‘zlar bazasini to‘ldirishda mavjud shevalarning transliteratsiya shakllari, shevaning so‘z turkumlari, shakliy-ma’noviy guruhlanishi, genezisi, muqobil tarjimasini kiritish va saralash imkoniyatlariga mansub qarashlarning mukammallashuviga erishilgan;
o‘zbek milliy shevalar korpusini tuzish zarurati, lingvistik ta’minoti, jahon shevalar bazasi va korpuslariga o‘xshash va farqli tomonlari, lingvodidaktik ahamiyatiga doir xulosalardan Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasining “Munavvar kun” adabiy-badiiy, ma’naviy-ma’rifiy dasturlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 31 avgust 01-01/87-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tili tarkibidagi shevaning imkoniyatlaridan foydalanish haqidagi targ‘ibot-tashviqot ishlari orqali yuqori saviyali barkamol avlodni voyaga etishtirish, til madaniyatini shakllantirish chora-tadbirlarining takomillashuviga erishilgan.