Tuxtamatov Xasan Rixsibaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘quv jarayonini integrativ shaklda tashkil qilishda dasturiy vositalarni tanlash va o‘quv-metodik ta’minotni takomillashtirish», 13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3773. 
Ilmiy rahbar: Begimkulov Uzokboy Shaimkulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxan Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Mamatov Dilmurod Normurodovich,  pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: «Informatika» fani misolida o‘quv jarayonini integrativ shaklda tashkil qilishda dasturiy vositalarni tanlash va o‘quv-metodik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quv jarayonini integrativ shaklda tashkil qilishda o‘quv-metodik va dasturiy ta’minotga qo‘yiladigan didaktik  va texnik talablar o‘quv ob’ektlarining tavsiflanishi, tuzilishi, formati va xususiyatlarini aniqlashtirib olish, identifikatsiyalash, autentifikatsiyalash, turli platformalarga va darsning barcha ko‘rinishlariga moslashtirish orqali takomillashtirilgan;
«Informatika» fanini integrativ shaklda o‘qitishning didaktik modeli an’anaviy va masofadan o‘qitishning vositalarini o‘rgatuvchi dasturlar, ma’lumotlar bazasi, bilimlar bazasi, ekspert tizimlar, audio- va video materiallar, elektron (virtual) laboratoriya ishlari, virtual trenajyorlarni LMS doirasida o‘zaro uyg‘unlashtirish orqali takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassalarida “Informatika” fanini integrativ shaklda o‘qitish metodikasi axborot-reseptiv, reproduktiv, muammoli o‘qitish, blok modulli va evristik o‘qitish metodlari asosida to‘liqlilik, tizimlilik, mantiqiy ketma-ketlikka asoslanganlik, individuallashtirilganlik, ochiqlilik va moslashuvchanlikni ta’minlash tamoyillariga muvofiq takomillashtirilgan; 
“Informatika” fani bo‘yicha talabalarning kasbiy kompetensiyasini shakllantirishning metodik ta’minoti Moodle LMS tizimi bazasida dars/ma’ruzalar, resurslar, glossariylar, so‘rovlar, topshiriqlar, testlar, forumlar, chatlar (Lesson/Lecture, Resource, Glossary, Poll, Assignments, Quizzes, Forums, Chats) texnologiyalarni aniq shaxsga, amaliyotga va ijodiy faoliyatga yo‘naltirish orqali ko‘p variantlik va evristik xususiyatlar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. «Informatika»  fani misolida o‘quv jarayonini integrativ shaklda tashkil qilishning dasturiy ta’minoti, o‘quv-metodik materiallar tayyorlash hamda ulardan foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
integrativ o‘qitishning modellari (yuzma-yuz o‘qitish modeli (Face-to-Face Driver, almashilgan holda o‘qitish modeli (Rotation), moslashuvchan o‘qitish modeli (Flex), onlayn laboratoriya (Online Lab), mustaqil tarzda aralash o‘qitish (Self-blend), on-layn boshqaruvchi (Online Driver)) tahlil qilingan va respublikamiz ta’lim tizimiga mos keluvchi model` – almashilgan holda o‘qitish modeli (Rotation) aniqlanganligi bo‘yicha ma’lumotlar “O‘zbekiston Respublikasida raqamli transformatsiya: muammo va istiqbollari” nomli ilmiy-tadqiqot loyihasi (O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabining, 02.11.2021 y., q.r.2345) doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 11 fevraldagi 02-07-374/04-son dalolatnomasi). Natijada, integrativ o‘qitishning mos keluvchi modelini aniqlash va tavsiflash imkoniyati oshirilgan. 
masofadan o‘qitishda qo‘llaniladigan xalqaro standartlarni (AICC (Airline Industry Computer Based Training Committee), IMS (Instructional Management Systems), LTSC (Learning Technology Standards Committee), SCORM (Sharable Content Object Reference Model) tahlil qilish va umumlashtirish orqali o‘quv-metodik va dasturiy vositalarga qo‘yiladigan talablarni takomillashtirishga oid takliflar asosida “Informatika” darsligi ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-son buyrug‘i bilan berilgan 500-137-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, o‘quv-metodik va dasturiy vositalarga qo‘yiladigan talablarni tadqiq qilish va umumlashtirishga erishilgan. 
o‘qitishni va o‘quv kontentini boshqarish tizimlaridan (Claroline, Sakai, Moodle, Ilias, ATutor) ta’lim jarayonida foydalanishni tadqiq qilish orqali (tizim interfeysining qulayligi, bir necha tillar uchun mo‘ljallanganligi, integrativ ta’limda qo‘llash mumkinligi, keng tarzda qo‘llaniladigan formatlardan foydalanish mumkinligi, o‘quvchilar soniga chegara), elektron o‘qitish kurslarining tarkibiy tuzilishi aniqlangan va Moodle LSMS tizimi asosida olingan ma’lumotlar “O‘zbekiston Respublikasida raqamli transformatsiya: muammo va istiqbollari” nomli ilmiy-tadqiqot loyihasi (O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabining, q.r.2345, 02.11.2021 y.)  doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 11 fevraldagi 02-07-374/04-son dalolatnomasi). Natijada, Moodle tizimi asosida «Informatika»  fanini integrativ shaklda o‘qitishning metodik tizimini ishlab chiqishga erishilgan;   
o‘qitishning maqsadi, mazmuni, shakllari, metodlari, vositalari, nazorat shakllariga ko‘ra integrativ shaklda o‘qitishning didaktik modeli hamda «Informatika» fani bo‘yicha o‘quv-metodik materiallarni tayyorlash va ulardan foydalanish metodikasiga oid tavsiyalar asosida “Informatika” darsligi ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-son buyrug‘i bilan berilgan 500-137-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, yaratilgan masofadan o‘qitish web-kursi fanga oid metodik ta’minotni oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish