Isaqulov To‘lqin Mahmud o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «“Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan 3D formatli elektron qo‘llanma yaratish va foydalanish metodikasi (5-sinf misolida)», 13.00.06 - Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1508.
Ilmiy rahbar: Tursunov Samar Quzievich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxan Ermekbaevna,  pedagogika fanlari doktori, dotsent, Mamatov Dilmurod Normurotovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan 3D formatli elektron qo‘llanma yaratish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani ta’lim oluvchilar o‘rtasida ma’lumot almashinish, yangi tasavvurlar, g‘oya va fikrlar elektron ta’lim muhitini yaratish funksiyasini vizual tasvirlash imkoniyatlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
“Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan dars faoliyati monitoringini olib boruvchi 3D formatli elektron qo‘llanma mazmuni teskari aloqani o‘rnatish, o‘quvchining motivasiyasini maqsadli oshirish, kreativ fikrlashini motivatsion rivojlantirish tamoyillarga asoslangan elektron-ta’limiy resurslar zahirasi  takomillashtirilgan;
“Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan dars va darsdan tashqari o‘quv faoliyati mustaqil ijodiy imkoniyatlarini axborot tizimlarini qurish tamoyillari, mantiqiy ma’lumotlar modellarini bosqichma-bosqich kengaytirish, kasbiy-yaratuvchanlik, analitik-sintetik tafakkur parametrlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
“Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan elektron ta’lim muhitida 3D formatli elektron qo‘llanmalarni qo‘llash samaradorligi tasodifiy funksiyalar statistik nazariyasidan foydalanish negizida natijaviy model aniqligi bo‘yicha nazoratlash elementlarini elektron kontent va avtomatik baholash imkoniyatlariga transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. «“Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan 3D formatli elektron qo‘llanma yaratish va foydalanish metodikasi bo‘yicha olingan natijalar: 
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani ta’lim oluvchilar o‘rtasida ma’lumot almashinish, yangi tasavvurlar, g‘oya va fikrlar elektron ta’lim muhitini yaratish funksiyasini vizual tasvirlash imkoniyatlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar I-OT-2019-8-raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tabiiy (fizika va biologiya) fanlari uchun yangi avlod elektron o‘quv-metodik qo‘llanmalarini yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” mavzusidagi innovatsion loyihasini bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 29 dekabrdagi 02-07-4265/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, 5-sinf “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish metodikasi hamda ta’lim sifati monitoringi samaradorligini oshirish imkonini yaratgan;
 “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan dars faoliyati monitoringini olib boruvchi 3D formatli elektron qo‘llanma mazmuni teskari aloqani o‘rnatish, o‘quvchining motivasiyasini maqsadli oshirish, kreativ fikrlashini motivatsion rivojlantirish tamoyillarga asoslangan elektron-ta’limiy resurslar mazmuni  takomillashtirishga oid tavsiyalar I-OT-2019-09-raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida shaxmat fani bo‘yicha 3D interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalarni yaratish va joriy qilish” mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida yaratilgan video darslarni shakllantirishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 29 dekabrdagi 02-07-4265/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, 3D formatli elektron qo‘llanmadan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarini tahlil etishga ershilgan.
“Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan dars va darsdan tashqari o‘quv faoliyati mustaqil ijodiy imkoniyatlarini axborot tizimlarini qurish tamoyillari, mantiqiy ma’lumotlar modellarini bosqichma-bosqich kengaytirish, kasbiy-yaratuvchanlik, analitik-sintetik tafakkur parametrlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar OT – Atex-2018-519 “KIMlar asosida virtual resurslar Web ilovasining dasturiy ta’minotini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihani bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 29 dekabrdagi 02-07-4265/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, 5-sinf “Informatika va axborot texnologiyalari” fanida o‘quvchilar o‘quv faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan ta’lim resusrlarini yaratish imkoniyatini kengaytirgan;
“Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan elektron ta’lim muhitida 3D formatli elektron qo‘llanmalarni qo‘llash samaradorligi tasodifiy funksiyalar statistik nazariyasidan foydalanish negizida natijaviy model aniqligi bo‘yicha nazoratlash elementlarini elektron kontent va avtomatik baholash imkoniyatlariga transformatsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar I-OT-2019-8-raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tabiiy (fizika va biologiya) fanlari uchun yangi avlod elektron o‘quv-metodik qo‘llanmalarini yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” mavzusidagi innovatsion loyihasini bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 29 dekabrdagi 02-07-4265/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan dars faoliyati monitoringini olib borishning integrallashgan elektron tizimini takomillashtirishga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish