Kadirova Zaynura Zaynidinovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alisher Navoiyning nasriy asarlarida perifrazalar”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Fil1028.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Umurqulov Bekpo‘lat, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.78.04. 
Rasmiy opponentlar: Bahriddinova Bashorat Madievna, filologiya fanlari doktori, professor; Abduvali Berdaliev, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat  universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Alisher Navoiyning nasriy asarlarida qo‘llanilgan perifrazalarning leksik, morfologik va uslubiy tahlil qilish asosida perifrazalarning badiiy nutq jarayonidagi vazifalarining nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
perifrazalarning badiiy nutqning badiiy estetik ta’sirchanligini kuchaytiruvchi lug‘aviy vositalar ekanligi Alisher Navoiy nasriy asarlarida qo‘llanilgan tiriklikda yaxshi ot (ehson), hayot shabistonining nahori (yigitlik davri), shuaro so‘zining varaqnigori (kotib) kabi perifrazalar asosida isbotlangan;
perifrazalarning qayta nomlash natijasida vujudga kelishi nazariy jihatdan asoslanib, qayta nomlanish asosida hosil bo‘ladigan fasllar kelinchagi (bahor), qora oltin (ko‘mir, neft), oq oltin (paxta), o‘rmon sanitari (bo‘ri) kabi perifrazalarning til lug‘at tarkibidan o‘rin olishi, aksincha tor ijtimoiy guruhlar nutqida yaratilgan dumli besh (ikki), mashinani tepmoq (sotmoq) kabi perifrazalarning tilda faol lug‘aviy birlik sifatida qo‘llanilmasligi dalillangan;
shakllanishi, nutqiy mansubligi jihatidan bir xil asosga ega bo‘lgan perifraza hamda evfemizmlarning ko‘chim asosida yuzaga kelishi, so‘z va so‘z birikmasi qolipida mavjud bo‘lishi, mavhumlik, individuallikka egaligi jihatidan o‘zaro o‘xshashlik hosil qilishi, perifrazadagi nutqni poetik birlik bilan almashtirilishi, ko‘chimning obrazlar asosida yuzaga kelishi, shaxsiy topilmaning muhimligi kabilar evfemizmdagi qo‘pol, vaziyatga mos kelmaydigan ifodani muqobili bilan almashtirish, nutq vaziyati va muloqotchilar doirasining muhim ahamiyatga egaligi hamda jins, ijtimoiylikning birlamchi ekanligi bilan bu ikki hodisaning farqlanishi dalillangan;
perifrazaning ma’lum davr yoki shaxs haqida axborot berish xususiyatiga egaligi Alisher Navoiyning nasriy asarlarida qo‘llanilgan shayxul-mashoyixb (Xavofiy), turkigo‘y shuaro (Lutfiy), orifi maoniy (Sayyid Hasan Ardasher) perifrazalari misolida asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alisher Navoiy nasriy asarlarida qo‘llanilgan perifrazalarning lug‘aviy, grammatik va uslubiy xususiyatlarini tadqiq qilish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
Alisher Navoiyning nasriy asarlarida qo‘llanilgan perifrazalarning grammatik va uslubiy jihatdan o‘rganish va XV asr yozma manbalarida perifrazaning shakllanish asosini aniqlashga doir nazariy ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi”  deb nomlangan fundamental ilmiy loyihaning so‘zlarning funksional-semantik usulda yasalishi qismida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 22 sentyabrdagi 214-son ma’lumotnomasi). Natijada perifrazalarning nutqiy vazifasi tahlilidan foydalanish asosida loyiha bo‘yicha bajarilgan tadqiqotning mukammallashuviga erishilgan;
perifrazalarning nutq jarayonidagi o‘rni, badiiy obraz yaratish imkoniyatlari haqidagi nazariy ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-A1-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida” mavzusidagi amaliy loyihaning maqollarning hosil qilishda turg‘un birikmalarning ahamiyati qismida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 22 sentyabrdagi 17.01/214-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpoq naql-maqollarining nutqiy xususiyatlari, lingvistik vosita sifatida o‘ziga xosligi masalalarining yoritilishida mukammallikka erishilgan;
Alisher Navoiy nasriy asarlarida qo‘llanilgan perifrazalarning nutqiy qimmati va perifrazalarning muloqot jarayonida namoyon bo‘lishi haqidagi xulosalardan Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasining “Til-millat ko‘zgusi”, “Kun mavzusi”, “Dialog” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (Suhandon nutqining yanada ta’sirli va jimjimador  bo‘lishini ta’minlash maqsadida dissertatsiyada qo‘llanilgan zamonaviy va mumtoz perifrazalardan foydalanilgan. 2021 yil 17 sentyabrdagi 01-01/98-son ma’lumotnoma). Natijada bugungi kun yoshlarini ajdodlar ruhiga e’tiqod asosida tarbiyalash, mumtoz asarlarni o‘qib, o‘rganish orqali til va til egalariga hurmatda bo‘lish haqidagi targ‘ibot ishlarini mukammallashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish