Allayarova Zebiniso Boymuratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va ingliz tillarida agrar soha terminlarining tipologik xususiyatlari”, 10.00.06-Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fil309.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universitetining  Pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti,  PhD.03/31.03.2021.Fil.78.04 raqamli bir martalik ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Sa’dullaeva Nilufar Azimbaevna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Murodqosim Bolbekovich Abdiev, filologiya  fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillaridagi agrar soha terminlarining lisoniy qiymati, konseptual asoslarini belgilash, lisoniy-struktur xususiyatlarini tahlil qilish, leksikografik tavsiflarini mukammallashtirishga doir mezonlarini ishlab chiqishdan  iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
termin o‘zlashtirishda farqlash, to‘ldirish, qulaylik, aynanlik, muayyanlik, zamonaviylik kabi tamoyillar, xususan, ingliz tilidagi agrar soha terminlarini o‘zlashtirishda aynanlik va muayyanlik tamoyillari ustuvorlik qilishi asoslangan;
o‘zbek va ingliz tillari agroterminlari tarixiy-etimologik (o‘z qatlam, o‘zlashgan qatlam), lisoniy-struktur (sodda va murakkab), leksik-semantik asoslariga ko‘ra (bir ma’noli agroterminlar, ko‘p ma’noli agroterminlar) tasniflanishi aniqlangan; 
o‘zbek va ingliz tillaridagi agroterminlarning monosemantik va polisemantik xususiyatlari, yasalish asos va vositalari dalillanib, o‘zbek tilining dehqonchilik sohasi bilan bog‘liq terminlari tizimining asosiy qismini o‘z qatlam tashkil etsa, ingliz tilida esa aksincha bo‘lib, agroterminlarning asosiy qismi o‘zlashgan qatlamdan iborat ekanligi dalillangan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi agroterminlarning mushtarak (qiyoslanayotgan tillardagi so‘zning boshlanishida agro yoki gidro elementi bo‘lgan so‘zlar faqat terminologik ma’no kasb etib, ular monosemantikligi bilan ajralib turadi) va farqli xususiyatlari (ayrim inglizcha so‘zlarning ekvivalenti bir so‘z bilan ifodalanmaydi, chunki bunday so‘zlar odatda ingliz madaniyatiga xos),  o‘zbek tilining dehqonchilik leksikasiga mansub ayrim so‘z-terminlar ingliz tilida bir necha ekvivalentiga ega bo‘lgan holatlar aniqlanib, o‘zbek va ingliz tili agrar soha terminlarining o‘zaro tarjimasidagi leksikografik talqiniga doir tavsiyalar ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘zbek va ingliz tillaridagi agrar soha terminlarining tadqiqi jarayonida olingan ilmiy natija va xulosalar asosida: 
termin o‘zlashtirishda farqlash, to‘ldirish, qulaylik, aynanlik, muayyanlik, zamonaviylik kabi tamoyillar, xususan, ingliz tilidagi agrar soha terminlarini o‘zlashtirishda aynanlik va muayyanlik tamoyillari ustuvorlik qilishi asoslanganligi, o‘zbek va ingliz tillari agroterminlari tarixiy-etimologik (o‘z qatlam, o‘zlashgan qatlam), lisoniy-struktur (sodda va murakkab), leksik-semantik asoslariga ko‘ra (bir ma’noli agroterminlar, ko‘p ma’noli agroterminlar) tasniflanishiga oid xulosalardan A-QX-2019-12 raqamli “Sho‘rlangan tuproqlarda hosildorlikni oshiruvchi chidamli o‘simliklarni etishtirish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat agrar universitetining 2021 yil 22 sentyabrdagi 1/4-1-2681-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihada qo‘llanilgan agrar soha terminlarini nazariy va amaliy jihatdan to‘g‘ri qo‘llash imkonini bergan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi agroterminlarning monosemantik va polisemantik xususiyatlari, yasalish asos va vositalari dalillanishi kabi xususiyatlarga ega ekanligi bilan bog‘liq ilmiy xulosalaridan I-OT-2019-24 raqamli 1/4 -1-2696 raqamli “Sirdaryo viloyati sho‘rlangan tuproq maydonlarida qishloq xo‘jalik hosildorligini oshirish, chorvachilikni ozuqabop sifatli em-xashak bazasini rivojlantirishda yuqori hosildor qashqarbedani etishtirish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat agrar universitetining 2021 yil 23 sentyabrdagi 1/4-1-2696-son ma’lumotnomasi). Natijada agrar soha terminlarining qo‘llanish doirasi va sohasi, tushuncha ifodalash ko‘lami, semantik, neoterminologik hamda faollik xususiyati asosida loyihaning xulosa va hisobotlarida terminologik birliklarning to‘g‘ri qo‘llanishi ta’minlangan; 
o‘zbek va ingliz tillaridagi agroterminlarning mushtarak va farqli xususiyatlari,  o‘zbek tilining dehqonchilik leksikasiga mansub ayrim so‘z-terminlar ingliz tilida bir necha ekvivalentiga ega bo‘lgan holatlar ham   tarjima lug‘atlaridan  o‘zbek va ingliz tili agrar soha terminlarin foydalanishga doir tahlil va xulosalaridan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining Oltin voha dasturidagi “Til – millat ko‘zgusi”, “Munozara” nomli eshittirishlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining 17-05/19 raqamli ma’lumotnomasi).  Qashqadaryo teleradiokompaniyasining “Agrosaboq” teleefirida “O‘quv terminologik lug‘at yaratishning asosiy mezonlari”, “O‘zbek tilidagi dehqonchilik va agrar soha terminlarining konseptual munosabati” mavzularidagi chiqishlar bilan  teletomoshabinlarning o‘quv lug‘atlari haqidagi tasavvurlari boyishiga hissa qo‘shilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish