Mehmonov Mashhurbek Husen o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Murakkab va seysmik shart-sharoitlarda temir yo‘l izining ekspluatatsion ishonchliligini ta’minlash”, 05.08.02 – “Temir yo‘llar va yo‘l ho‘jaligi”; (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2534.
Ilmiy rahbar: Abdujabarov Abduxamit Xalilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.15/30.12.2019.T.73.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sarjanov Tayjan Sadixanovich, texnika fanlari doktori, professor (Qozog‘iston); Dosmetov Sultanbay Kamalovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: AJ “Uzog‘irsanoatloyiha” instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: mavjud rel`ef va grunt shart-sharoitlarida hisobiy seysmik yuklamalarni aniqlashtirish orqali temir yo‘l izining ekspluatatsion ishonchliligini oshirib, shikastlanishlar xavfini kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
temir yo‘l o‘tadigan murakkab joyning grunt, rel`ef, gidrogeologik va seysmik sharoitlarini hisobga olgan holda temir yo‘lni trassalashning xavfsiz va eng maqbul sxemasi ishlab chiqilgan;
er polotnosi va ko‘prik tutashgan joyida seysmik kuch ta’sirida gruntning faol bosimi qirg‘oq tayanchiga ta’sirini kamaytirishni e’tiborga olgan holda asosi botik bo‘lgan qirg‘oq tayanchi konstruksiyasini ishqalanish maydoni matematik ifodalar yordamida aniqlangan va ilmiy asoslangan;
temir yo‘l izini vertikal cho‘kishlarini oldini olish maqsadida, er polotnosini ko‘prik bilan tutashgan joylarida dinamik bikrligni oshirish va vibrodinamik tebranishlarni kamaytirishni hisobga olgan holda, ko‘tarmani temirbeton qoziqlar bilan mustahkamlash usuli ishlab chiqilgan;
seysmik kuch ta’sirida er polotnosi gruntlarini xususiy tebranishlar davrini kamaytirishni e’tiborga olgan holda tajriba-tadqiqot asosida qirg‘oq tayanchi bikrligini hisobga oluvchi konstruktiv koeffisient qiymati seysmometrik datchiklar yordamida yozib olingan va ilmiy asoslangan;
murakkab sharoitdan o‘tgan temir yo‘l izini xavfsiz va ishonchli ishlashini ta’minlash maqsadida, tog‘ toshlari tushishidan himoya qiluvchi mavjud inshootlardan 25...30% arzon bo‘lgan mobil inshootlarning konstruksiyasini geometrik o‘lchamlari fizik sharoitlarni e’tiborga olgan holda ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Murakkab va seysmik shart-sharoitlarda temir yo‘l izining ekspluatatsion ishonchliligini ta’minlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ko‘prikqurilish trestiga qarashli 13-ko‘prikqurilish otryad hududidagi er polotnosining sinov modelida er polotnosi va ko‘prik tutashgan joylarida temirbeton qoziqlar qoqish yordamida ko‘tarma gruntlari tebranishlarining so‘nishi aniqlangan va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufidagi “Yo‘l xo‘jaligi boshqarmasi” korxonasida joriy qilingan ("O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning 2022 yil 09 martdagi 01/748-22-son ma’lumotnomasi). Natijada, er polotnosiga temirbeton qoziq qoqish orqali vibratsiya tezligi 10% ga, tezlanishi esa 15% ga kamayganini, shuningdek, vibrodinamik kuch ta’sirida er polotnosi gruntlari tebranishining logarifmik dekrementi 20% gacha kamayishi asosida er polotnosi va ko‘prik qirg‘oq tayanchi tutashgan joyida temir yo‘l izini ta’mirlararo muddatini oshirish imkonini bergan;
murakkab sharoitlarda er polotnosi va yo‘l ustki qurilmasini tog‘ toshlaridan himoya qilish uchun mobil himoya inshootlarining konstruksiyasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufidagi “Yo‘l xo‘jaligi boshqarmasi” korxonasida joriy qilish uchun qabul qilingan ("O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning 2022 yil 09 martdagi 01/748-22-son ma’lumotnomasi). Natijada, mobil himoya inshooti temir yo‘l izini tosh tushishi ta’sirida deformatsiyalanishini oldini olish va tosh tushishi faol bo‘lmagan joydan faol bo‘lgan joyga ko‘chirishda mehnat va material sarfini 25...30% ga tejash imkonini bergan.