Sharipova Aziza Abdumanapovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.  

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Stilistik sinonimlar tarjimasining lingvokul`turologik xususiyatlari (ingliz va o‘zbek tillari materiallari asosida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik. (filologiya fanlari).

Dissetatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: D2017.2.PhD/Fil184

Ilmiy rahbar: Qambarov Nosir Mansurovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, DSs.27.06.2017.Fil.21.01.

Rasmiy opponentlar: Siddikova Iroda Abduzuxurovna, filologiya fanlari doktori; 

Xudoyberganova Durdona Sidikovna, filologiya fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillari instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahmiyatga molik.      

II. Tadqiqotniing maqsadi badiiy matn tarjimasida stilistik sinonimlarning lingvokul`turologik xususiyatlarini  ochib berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 

tashqi va ichki sinonimlarni umumlashtirish, konkretlashtirish, so‘z qo‘shish va so‘zni tushurib qoldirish yo‘llari orqali tarjima qilinishi asoslangan;

stilistik sinonimlarning turli qatlamlari o‘rtasidagi farq va o‘xshashliklarni  chog‘ishtirish tarjimada asosiy hisoblangan so‘z tanlash masalasini ijobiy hal etish bilan chambarchas bog‘liqligi isbotlangan;

stilistik sinonimlarni tarjima qilishda qo‘llaniladigan leksik-semantik hamda stilistik transformatsiyalardan foydalanishning usullari ishlab chiqilgan;

matndagi stilistik sinonimlar qatorlarining adabiy til modeli – oddiy so‘zlashuv tili,  adabiy til modeli – shevaga oid so‘z, milliy til birligi – o‘zlashgan model, polisemiya modeli, matn modeli, frazeologik modellari aniqlandi;

stilistik sinonimlarni tarjima qilishning lingvokul`turologik jihati yoritilgan hamda ular orqali adekvatlikka erishishga, tarjima sifatini ta’minlashga xizmat qiladigan lingvistik va ekstralingvistik omillar dalillangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Ingliz va o‘zbek tillarida stilistik sinonimlarni tarjima qilishning linvokul`turologik xususiyatlarini tadqiq qilish jarayonida ishlab chiqilgan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:

tashqi va ichki sinonimlarning turli yo‘llar bilan tarjima qilinishi Toshkent  axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent  axborot texnologiyalari universiteti  Urganch va Nukus filiallari, Al-Xorazmiy nomidagi Urganch davlat universitetlarining  o‘quv jarayonlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 20 dekabrdagi 89-03-3448-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalaridan oliy ta’lim muassasalari faoliyatida talabalarning bilim darajasini oshirishda, ularga stilistik sinonimlarni o‘rgatishda, kommunikativ nutqini oshirishda asos bo‘lib xizmat qilgan;

stilistik sinonimlarning turli qatlamlari o‘rtasidagi farqlarni va o‘xshash jihatlarni  chog‘ishtirish asosida yuzaga kelgan nazariy qarashlar, tarjimada so‘z tanlash masalasini ijobiy hal etish haqidagi xulosalar “VOCABULARY FOR HARDWARE IN COMPUTING” o‘quv qo‘llanmasiga joriy qilingan (303-005 raqamli guvohnoma). Sinonimlarni tarjima qilishda talabalar so‘z boyligini  oshirishga xizmat qilgan; 

stilistik sinonimlarni tarjima qilishda qo‘llaniladigan leksik-semantik hamda stilistik transformatsiyalardan foydalanish usuli Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida davlat byudjeti tomonidan moliyalashtirilgan (IOT-2016-4-4 son innovatsion loyiha)da tuzilgan   “Axborot xavfsizligi bo‘yicha atama va tushunchalarning rus, o‘zbek va ingliz tillaridagi izohli lug‘ati”ga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 25 oktyabrdagi 89-03-2527-son ma’lumotnomasi). Qo‘llanilgan barcha tarjima transformatsiyalari tarjima adekvatligini ta’minlashga xizmat qilgan;

tarjima sifatini ta’minlashga xizmat qiladigan lingvistik va ekstralingvistik omillar haqidagi xulosalar «HARDWARE IN COMPUTING» (Inglizcha-o‘zbekcha-inglizcha axborot texnologiyalari sohasida qurilma terminlariga oid izohli lug‘at)  o‘quv adabiyoti mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligining DGU 04859-son guvohnomasi). Bu xulosalar stilistik ma’noga ega bo‘lgan so‘zlarning ekvivalentini tanlashga yordam bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish