Sultonqulova Feruza Bobonazarovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar.
“Usmon Azim she’riyatida metaforik obrazlar talqini”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/F1278. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Yo‘ldoshev Normat Temirovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02.
Rasmiy opponentlar: Ernazarova Gulnoza Xamraevna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Karimova Yulduz Akulovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi Usmon Azim she’riyatidagi metaforik obrazlar mohiyati, obrazlar tabiatiga doir nazariy umumlashmalar yaratish hamda metaforiklik shoir poetik uslubining o‘ziga xosligini belgilovchi bosh omil ekanini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jahon adabiyotidagi metaforiklashuv hodisasining Usmon Azim she’riyatida kuzatilishi, shoir she’riyatiga xos badiiy tafakkurda metaforiklikning ustuvorligi ijodkor adabiy-estetik konsepsiyasini belgilaydigan asosiy poetik vosita ekanligi dalillangan;
Usmon Azim ijodiga xalq og‘zaki ijodi (“Alpomish” dostoni va xalq ertaklaridagi) obrazlarning metaforiklashuvi hamda stilizatsion fol`klorizmlar asosida yaratilgan diniy va mifologik metaforik obrazlar hamda an’anaviy obrazlarning metaforiklashuvida fol`klorning ta’siri kuchli ekanligi ko‘rsatib berilgan;
metaforik obraz yaratishda tabiat unsurlarining yetakchiligi, peyzaj lirikasiga xos bo‘lgan intim, ijtimoiy va tasavvufiy ohanglarda inson va tabiat munosabatlari bog‘ (daraxt, barg), gullar (qizg‘aldoq, boychechak), tabiat hodisalari (yomg‘ir, yil fasllari) metaforik tasvirlari talqinida namoyon bo‘lishi dalillangan;
Usmon Azimning metaforik obraz yaratishdagi poetik mahorati metafora (istiora), epitet, sinekdoxa, anafora (takror), ramz, mubolag‘a badiiy tasvir vositalarining bir vaqtda qo‘llanilishi va she’r ma’nosini kuchaytirish, ta’kid, estetik ta’sirchanlikni oshirish, fikr qamrovini kengaytirish, o‘quvchida estetik zavq uyg‘otish, uning badiiy didini o‘stirish kabi badiiy-estetik funksiyalar bajarishi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Usmon Azim she’riyatida metaforik obrazlarning talqinini tadqiq qilish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
jahon adabiyotidagi metaforiklashuv hodisasining Usmon Azim she’riyatida kuzatilishi, shoir she’riyatiga xos badiiy tafakkurda metaforiklikning ustuvorligi ijodkor adabiy-estetik konsepsiyasini belgilaydigan asosiy poetik vosita ekanligi haqidagi xulosalardan FA-F1-G002 “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” (2012-2016) mavzusidagi fundamental loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 22 noyabrdagi 17.01/29-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning nazariy qismining Usmon Azim ijodidagi o‘ziga xoslik o‘zbek va qoraqalpoq she’riyatidagi badiiy tafakkurning yangilanish hodisasini vujudga keltirganligi, xalq og‘zaki ijodi, mumtoz an’analar hamda jahon she’riyatidagi so‘nggi izlanishlar haqidagi xulosalar bilan boyitilgan;
Usmon Azim ijodiga xalq og‘zaki ijodi (“Alpomish” dostoni va xalq ertaklaridagi) obrazlarning metaforiklashuvi hamda stilizatsion fol`klorizmlar asosida yaratilgan diniy va mifologik metaforik obrazlar hamda an’anaviy obrazlarning metaforiklashuvida fol`klorning ta’siri kuchli ekanligiga doir ilmiy-nazariy xulosalardan FA-F1-G002 “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” (2012-2016) mavzusidagi fundamental loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 22 noyabrdagi 17.01/29-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning nazariy qismining mustaqillik davri o‘zbek va qoraqalpoq xalqlari adabiyotida xalq og‘zaki ijodidan oziq olgan zamonaviy davr adabiyoti va she’riyati uslubi haqidagi ilmiy xulosalar bilan boyitilishiga xizmat qilgan;
metaforik obraz yaratishda tabiat unsurlarining yetakchiligi, peyzaj lirikasiga xos bo‘lgan intim, ijtimoiy va tasavvufiy ohanglarda inson va tabiat munosabatlari bog‘ (daraxt, barg), gullar (qizg‘aldoq, boychechak), tabiat hodisalari (yomg‘ir, yil fasllari) metaforik tasvirlari talqini to‘g‘risida xulosalardan FA-F1-005 raqamli “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” (2017-2020) mavzusidagi fundamental loyihaning nazariy qismida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 22 noyabrdagi 17.01/29-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek va qoraqalpoq xalqlari xalq og‘zaki ijodining o‘zaro mushtarakligi, Usmon Azim she’riyatida xalq og‘zaki ijodining ta’siri, metaforik obrazlar talqini muammolari ochib berilgan;
Usmon Azimning metaforik obraz yaratishdagi poetik mahorati metafora (istiora), epitet, sinekdoxa, anafora (takror), ramz, mubolag‘a badiiy tasvir vositalarining bir vaqtda qo‘llanilishi va she’r ma’nosini kuchaytirish, ta’kid, estetik ta’sirchanlikni oshirish, fikr qamrovini kengaytirish, o‘quvchida estetik zavq uyg‘otish, uning badiiy didini o‘stirish kabi badiiy-estetik funksiyalar bajarishi haqidagi ma’lumotlardan Surxondaryo teleradiokompaniyasining “Munavvar kun” ko‘rsatuvida foydalanilgan (Surxondaryo teleradiokompaniyasining 2021 yil 15 sentyabrdagi 01-15/732-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvning qiziqarli va jonli bo‘lishi, zamonaviy o‘zbek adabiyoti, xususan, she’riyatida shoir ijodi mavzusining keng yoritilishiga asos bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish