Musaxanova Gulnora Mavlyanovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mustaqil ta’lim jarayonida talabalarning tashkilotchilik qobiliyatlarini rivojlantirish», 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped1619.
Ilmiy rahbar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxan Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqil ta’lim jarayonida talabalarning tashkilotchilik qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mustaqil ta’lim jarayonida talabalarning tashkilotchilik qobiliyatlari tashabbuskorlikning internal va eksternal darajalari bilan shaxsiy ijodkorligini individual va jamoaviy hamkorlikdagi natijador ijodiy faoliyatni tashkil etish bosqichlarining konstruktivligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalar mustaqil faoliyati o‘zini-o‘zi rivojlantirishga yo‘naltirilgan tashkilotchilik sifatlarini shakllantirishning motivatsion-kognitiv xatti-harakatini boshqarish jarayonlari o‘zaro bog‘liqligini va mustaqil ishni bajarishda vaqt funksiyalarining taqsimlanishini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
mustaqil ta’lim jarayonida talabalarning tashkilotchilik qobiliyatlari bozor iqtisodiyotining nostandart vaziyatlarida samarali harakat qilish ko‘nikmalarining kreativlik darajalarini aniqlovchi ijodkorlik xarakteridagi o‘zini-o‘zi rivojlantiruvchi topshiriqlarni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
mustaqil ta’lim jarayonida talabalarning tashkilotchilik qobiliyatlarini rivojlantirish modeli umumiy maqsadga erishish guruhlarini birlashtirishga qaratilgan tashabbuskorlik xarakteriga ega amaliy treninglar va kompleks harakatlarni kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Mustaqil ta’lim jarayonida talabalarning tashkilotchilik qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha olingan natijalar:
mustaqil ta’lim jarayonida talabalarning tashkilotchilik qobiliyatlari tashabbuskorlikning internal va eksternal darajalari bilan shaxsiy ijodkorligini individual va jamoaviy hamkorlikdagi natijador ijodiy faoliyatni tashkil etish bosqichlarining konstruktivligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar asosida “Kasbiy pedagogika” darsligi ishlab chiqilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 oktyabrdagi 892-son buyrug‘iga asosan berilgan 892-209-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak mutaxassislarning mustaqil ta’lim jarayonlarini tashkil etish va o‘quv faoliyatini sifat jihatdan takomillashtirish imkoniyati yaratilgan;
talabalar mustaqil faoliyati o‘zini-o‘zi rivojlantirishga yo‘naltirilgan tashkilotchilik sifatlarini shakllantirishning motivatsion-kognitiv xatti-harakatini boshqarish jarayonlari o‘zaro bog‘liqligini va mustaqil ishni bajarishda vaqt funksiyalarining taqsimlanishini hisobga olish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar asosida “Pedagogika. Psixologiya” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 oktyabrdagi 892-son buyrug‘iga asosan berilgan 892-209-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, bu takliflar talabalarni mustaqil ta’lim olishi va ularda tashkilotchilik qobiliyatlarini rivojlantirish samaradorligiga erishilgan;
mustaqil ta’lim jarayonida talabalarning tashkilotchilik qobiliyatlari bozor iqtisodiyotining nostandart vaziyatlarida samarali harakat qilish ko‘nikmalarining kreativlik darajalarini aniqlovchi ijodkorlik xarakteridagi o‘zini-o‘zi rivojlantiruvchi topshiriqlarni ishlab chiqish asosida takomillashtirishga oid takliflar OT-F1–049 “Talabalarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” mavzusidagi grant loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 11 noyabrdagi 02-07-3520/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning mustaqil ta’lim jarayonida tashkilotchilik qobiliyatlarini rivojlantirish intellektiga ega shaxsni tayyorlash imkoniyati kengaytirilgan.
mustaqil ta’lim jarayonida talabalarning tashkilotchilik qobiliyatlarini rivojlantirish modeli umumiy maqsadga erishish guruhlarini birlashtirishga qaratilgan tashabbuskorlik xarakteriga ega amaliy treninglar va kompleks harakatlar asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalr OT-F1–049 “Talabalarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” mavzusidagi grant loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 11 noyabrdagi 02-07-3520/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Ta’lim texnologiyalari” fanidan mobil` ilovada keltirilgan ma’lumotlardan foydalanish jarayonida talabalarda individual mustaqil ishlash ko‘nikmasini tarkib toptirishga erishilgan.