Ruzimurodov Ixtiyor Nishonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
“Elektron ta’lim muhitida dasturchilarni kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2935.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxan Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Ergashev Jamshid, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi elektron ta’lim muhitida dasturchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektron ta’lim muhitida dasturchilarning faoliyatli kompetentligi ta’lim natijasiga erishishning geymifikatsiya funksiyalari, komponentlari va tamoyillariga muqobil va variativ shakllarga mos gumanistik omillarni funksional moslashtirish asosida mazmunan rivojlantirilgan;
elektron ta’lim muhitida dasturchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish modeli informatsion-tahliliy kompetensiyalarini takomillashtirish metodikasi hamda kasbiy ahamiyatli kreativ mezonlarni integrativ yaxlitlash va adaptiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak dasturchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi (S++) ko‘nikma, malaka va tayanch kompetensiyalarni shakllantirishga imkon beruvchi tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirish va xulosa chiqarishga moslashtirilgan metodik operatsiyalar hamda intuitiv-konseptual modellashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak dasturchilarning kasbiy kompetensiyalari reproduktiv, fanlararo va kasbiy integratsiya darajalari noaniqlik va muhimlilik zonalarida ahamiyatlilik ko‘rsatkichlarini nazorat qilib borilishiga imkon beruvchi ijodiy fikrlashga oid grafik va diagrammali didaktik materiallarni kiritish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Elektron ta’lim muhitida “dasturchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar asosida:
elektron ta’lim muhitida dasturchilarning faoliyatli kompetentligi ta’lim natijasiga erishishning geymifikatsiya funksiyalari, komponentlari va tamoyillariga muqobil va variativ shakllarga mos gumanistik omillarni funksional moslashtirish asosida mazmunan rivojlantirishga doir takliflar asosida “Hisob (Calculus)” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 martdagi 106-son buyrug‘i asosida berilgan 106-402-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, dasturiy injiniring bakalavriat ta’lim yo‘nalishining metodik ta’minoti takomillashgan;
elektron ta’lim muhitida dasturchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish modeli informatsion-tahliliy kompetensiyalarini takomillashtirish metodikasi hamda kasbiy ahamiyatlili kreativ mezonlarini integrativ yaxlitlash hamda adaptiv moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 29 sentyabrdagi 03-07-2668/04-son dalolatnomasi) Natijada, ishlab chiqilgan model dasturchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak dasturchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi (S++) ko‘nikma, malaka va tayanch kompetensiyalarni shakllantirishga imkon beruvchi tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirish va xulosa chiqarishga moslashtirilgan metodik operatsiyalar hamda intuitiv-konseptual modellashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 29 sentyabrdagi 03-07-2668/04-son dalolatnomasi). Natijada, dasturchilarni elektron ta’lim muhitida fanlararo integratsion o‘qitish orqali kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga erishilgan;
bo‘lajak dasturchilarning kasbiy kompetensiyalari reproduktiv, fanlararo va kasbiy integratsiya darajalari noaniqlik va muhimlilik zonalarida ahamiyatlilik ko‘rsatkichlarini nazorat qilib borilishiga imkon beruvchi ijodiy fikrlashga oid grafik va diagrammali didaktik materiallarni kiritish orqali takomillashtirishga doir takliflar asosida “Hisob (Calculus)” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 martdagi 106-son buyrug‘i asosida berilgan 106-402-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, dasturiy injiniring yo‘nalishi talabalarini zaruriy kasbiy kompetensiyalarini rivojlanganlik darajalarini baholash mexanizmlarini ishlab chiqishga erishilgan.