Jabbarova Anora Javlievna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar.
“Antropotsentrik frazeologik birliklarning lingvopragmatik tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil1409.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Jizzax davlat pedagogika universiteti
Ilmiy rahbar: Mamatov Abdugafur Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raeva Bibish Muhsinovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Xayrullaev Xurshid  Zayniddinovich, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilida olam lingvistik manzarasining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi antropotsentrik frazeologik birliklarning semantik, lingvopragmatik, lingvokul`turologik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek xalqining madaniy an’analari, mental xususiyatlari frazeologik birliklar shakllanishiga asos ekanligi dalillanib, antropotsentrik frazeologik birliklar qiyosiy, o‘xshatish birliklari, troplar, metaforik taqqoslashlar, obrazlarga asoslangan bo‘lishi isbotlangan;
insonning hissiyoti va tashqi qiyofasini ifoda etishdagi universal tendensiyalar, madaniy stereotiplar, lakunalar antropotsentrik frazeologik birliklar asosida qiyoslanib, frazeologik birliklarni anglab olish uchun umumlashgan kognitiv-pragmatik baholash tizimi zarurligi, ularning tilda namoyon bo‘lishi dalillangan;
antropotsentrik frazeologik birliklarning lingvopragmatik xususiyatlari insonning ichki emotiv-hissiyoti va tashqi ko‘rinishini xarakterlovchi, quvonch, qayg‘u, g‘azab, qo‘rquv, nafrat, hayrat, qiziqish,  hayajon, ajablanish, azob chekish, qahr, uyat, kamsitilish singari emotsional konseptli frazeologizmlar asosida batafsil semantik tavsifi yaratilgan;
antropotsentrik frazeologik birliklarning miqdori boshqa frazeologik birliklardan ko‘ra ko‘pchilikni tashkil etganligi aniqlanib, ular aynan shaxsning faoliyatini obrazli ifodalash maqsadida shakllangan til birligi ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilining antropotsentrik frazeologik birliklarini lingvopragmatik tadqiq qilish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek xalqining madaniy an’analari, mental xususiyatlari frazeologik birliklar shakllanishiga asos ekanligi izohlanib, antropotsentrik frazeologik birliklar qiyosiy, o‘xshatish birliklari, troplar, metaforik taqqoslashlar, obrazlarga asoslanganligi to‘g‘risidagi xulosalaridan 5111400-Xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan “Til aspektlarini o‘rgatish amaliyoti kompetensiyasi”,  “Nutq malakalari integratsiyasi” nomli darsliklarda  foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 maydagi 285-111-son, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 676-149-son guvohnomalari). Natijada frazeologik birliklar ikkita tilda taqqoslanganda ularning o‘ziga xosligi namoyon bo‘ladi, insonning hissiyoti va tashqi qiyofasini ifoda etishdagi universal tendensiyalar, shuningdek, madaniy stereotiplar, lakunalar namoyon bo‘lishi asoslangan;
insonning hissiyoti va tashqi qiyofasini ifoda etishdagi universal tendensiyalar, madaniy stereotiplar, lakunalar antropotsentrik frazeologik birliklar asosida qiyoslanib, frazeologik birliklarni anglab olish uchun umumlashgan kognitiv-pragmatik baholash tizimi zarurligi, ularning tilda namoyon bo‘lishi haqidagi ilmiy natijalardan Buxoro davlat universitetida 2012-2016 yillarda bajarilgan F–1–06 “Istiqlol davri o‘zbek adabiyotida Sharqu G‘arb adabiy an’analari sintezi” mavzusidagi fundamental davlat loyihasini bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2022 yil 10 martdagi 884-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tili va adabiyotining  o‘ziga xos leksik-grammatik xususiyatlari  va uslubiy imkoniyatlarini rivojlantirishga asos bo‘lib xizmat qilgan;
antropotsentrik frazeologik birliklarning lingvopragmatik xususiyatlari insonning ichki emotiv-hissiyoti va tashqi ko‘rinishini xarakterlovchi, quvonch, qayg‘u, g‘azab, qo‘rquv, nafrat, hayrat, qiziqish,  hayajon, ajablanish, azob chekish, qahr, uyat, kamsitilish singari emotsional konseptli frazeologizmlar asosida batafsil semantik tavsifi to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan Jizzax davlat pedagogika institutida 2016-2017 yillarda olib borilgan MUZ-2015-0725140051 “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini boyitishda inglizcha-o‘zbekcha-ruscha frazemalar lug‘atini yaratish va amaliyotga tatbiq etish” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (Jizzax davlat pedagogika institutining 2022 yil 12 fevraldagi 04-162-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida badiiy matnlarda antropotsentrik va lingvopragmatik mazmunning ifodalanishi va iboralarning badiiy matnda lingvopragmatik qo‘llanishi haqidagi nazariy xulosalarida ijobiy samara bergan;
antropotsentrik frazeologik birliklarning miqdori boshqa frazeologik birliklardan ko‘ra ko‘pchilikni tashkil etganligi aniqlanib, ular aynan shaxsning faoliyatini obrazli ifodalash maqsadida shakllangan til birligi ekanligi haqidagi izohlardan Jizzax viloyati teleradiokompaniyasi orqali “Diyor yangiliklari” informatsion dasturini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Jizzax viloyati teleradiokompaniyasining  2022 yil 14 apreldagi 10-12/263-con ma’lumotnomasi) Natijada ushbu ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan  va dolzarbligi ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish