Jumaeva Mehribo Abduvohitovnaning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi xaqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):“Bo‘lajak o‘qituvchilarni kreativ yondashuv asosida innovatsion faoliyatga tayyorlash texnologiyasi”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped889.
Ilmiy tadqikot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK rakami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Ma’murov Bahodir Baxshulloevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Kiyamov Nishon Sadikovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy axamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarni kreativ yondashuv asosida innovatsion faoliyatga tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlashda doimiy yangilikka intiluvchanlik, tashabbuskorlik, topqirlik va tadqiqotchilik kabi pedagogik xususiyatlarga bo‘lgan rag‘batlantirishning motivatsion ta’siri, talabalar bilimini kasbiy va shaxsiy kompetensiyalarga transformatsiyalash orqali yangi g‘oyalarni izlash, qayta ishlash va amalga oshirish mazmuni aniqlashtirilgan;
pedagogik innovatsiyalarga nostandart yondashuv, yangiliklarni joriy etishga uslubiy va texnologik tayyorgarlik, ijodiy tafakkurni rivojlantirishga ustuvorlik berish asosida talabalarni pedagogik faoliyatga tayyorlash mazmuni kreativlikni namoyon qilishga mo‘ljallangan pedagogik shart-sharoitlarni (tashkil etish, boshqarish, nazorat qilish va metodik ta’minlash) belgilash orqali takomillashtirilgan;
talabalar o‘quv faoliyatida mustaqil o‘z-o‘zini baholashga yo‘naltirilgan integrativ ta’limning imkoniyatlarini ijodiy-kasbiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish, nizoli vaziyatlar va mavjud qiyinchiliklarni bartaraf etishda guruhni hamjihatlikda ishlashga safarbar etish va kelajak liderlarini kashf qilishni o‘z ichiga olgan noan’anaviy mashg‘ulotlarni tashkil etish orqali innovatsion faoliyatga tayyorlash metodikasi takomillashtirilgan;
innovatsion faoliyatning motivatsion, refleksiv, texnologik va kreativ kabi komponentlarining pedagogik imkoniyatlarini aniqlashtirish asosida kasbiy faoliyatni tashkil etish, tartibga solish va mehnat sharoitini ijtimoiy natijadorlikka yo‘naltirish orqali bo‘lajak o‘qituvchilarning tayyorgarlik darajalari pedagogik yaxlitlik nuqtai nazardan aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarni kreativ yondashuv asosida innovatsion faoliyatga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-metodik tavsiyalar asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlashda doimiy yangilikka intiluvchanlik, tashabbuskorlik, topqirlik va tadqiqotchilik kabi pedagogik xususiyatlarga bo‘lgan rag‘batlantirishning motivatsion ta’sirini o‘rganish asosida talabalar bilimini kasbiy va shaxsiy kompetensiyalarga transformatsiyalash orqali yangi g‘oyalarni izlash, qayta ishlash va amalga oshirish mazmuni, shakl va metodlarini tizimlashtirishga oid xulosalar va tavsiyalardan AIF 2/20 – “Shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malakali muhandis kadrlar tayyorlash va o‘qituvchilar malakasini oshirish sifati” (2019-2021 yy.) loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Buxoro muhandislik-texnologiya institutining 2021 yil 15 dekabrdagi 87-04-3244-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim jarayonida innovatsion faoliyatga tayyorlashning manbalari va resurslari mazmunini hamda bo‘lajak o‘qituvchilarni kreativ yondashuv asosida innovatsion faoliyatga tayyorlash imkonini bergan;
pedagogik innovatsiyalarga nostandart yondashuv, yangiliklarni joriy etishga uslubiy va texnologik tayyorgarlik, ijodiy tafakkurni rivojlantirishga ustuvorlik berish asosida talabalarni pedagogik faoliyatga tayyorlash mazmuni kreativlikni namoyon qilishga mo‘ljallangan pedagogik shart-sharoitlarni belgilashga doir nazariy umumlashma va xulosalardan OT-F1-002 raqamli “Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” (2017-2020 yy) fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2021 yil 4 oktyabrdagi 01-04/01-706 son ma’lumotnomasi). Natijada, mafkuraviy immunitetni shakllantirishda yangicha usul va vositalar, texnologik ishlanmalar va bu faoliyatni amalga oshirishda kreativlikni namoyon qilish mexanizmlarini yaratishga xizmat qilgan;
talabalar o‘quv faoliyatida mustaqil o‘z-o‘zini baholashga yo‘naltirilgan integrativ ta’limning imkoniyatlarini ijodiy-kasbiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish, rivojlantirish, o‘quvchilar bilan vujudga kelishi mumkin bo‘lgan nizoli vaziyatlarni hal qilish, mavjud qiyinchiliklarni bartaraf etishda guruhni hamjihatlikda ishlashga safarbar etish va kelajak liderlarini kashf qilishni o‘z ichiga olgan noan’anaviy mashg‘ulotlarni tashkil etish orkali innovatsion faoliyatga tayyorlash metodikasiga oid xulosa va tavsiyalar Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Dolzarb mavzu”, “Ustozlar haqida”, “Ta’lim olamiz”, “Interv`yu plyus”, “Assalom Buxoro”, “Buxoriylar bo‘stoni” kabi ko‘rsatuvlarning ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 8 noyabrdagi 1/293-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarni kreativ yondashuv asosida innovatsion faoliyatga tayyorlash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
innovatsion faoliyatning motivatsion, refleksiv, texnologik va kreativ kabi komponentlarining pedagogik imkoniyatlarini aniklashtirish asosida kasbiy faoliyatni ilmiy asosda tashkil etish, tartibga solish va mehnat sharoitini ijtimoiy natijadorlikka yo‘naltirish orqali bo‘lajak o‘qituvchilarning tayyorgarligi reproduktiv, evristik va kreativ kabi darajalariga oid ilmiy asoslangan tavsiyalardan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi OT-F1-002 raqamli “Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” (2017-2020 yy) fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2021 yil 4 oktyabrdagi 01-04/01-706-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarida kreativ yondashuv asosida innovatsion faoliyatni takomillashtirishga xizmat qilgan.