Boratova Muxtasam G‘anievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Talabalarni  kasbiy faoliyatga tayyorlashda  mustaqil ta’limdan foydalanish metodikasini takomillashtirish (Biologiya o‘qitish metodikasi fani  misolida). 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped2718.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Ergasheva Gulruxsor Surxoniddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Xushvaqtova Xusnobod Solievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Raximov Atanazar Karimovich, pedagogika fanlari doktori  (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot:  Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogika oliy ta’lim muassasalarida biologiya yo‘nalishi talabalarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda mustaqil ta’limdan foydalanish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
biologiya ta’lim yo‘nalishi talabalarining  mustaqil ta’limini  tashkil etishning didaktik jihatlari bo‘lajak o‘qituvchilarda umummadaniy va kasbiy kompetensiyalar, o‘z-o‘zini tashkillash, o‘z-o‘zini nazorat qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan rejalashtirish, kuzatish, regulyasiya kabi metakognitiv faoliyat usullarining internal va fanlararo integratsiya bilan qayta aloqaga kirishuv darajasi barqarorligini bevosita hisobga olish orqali aniqlashtirilgan;
talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda mustaqil ta’limdan foydalanishning didaktik modelining tadqiqotchilikka doir tashkiliy-pedagogik komponenti prognostik, proektiv, modellashtirish kabi qobiliyatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan vaziyatni tashxis etish, loyihalash, refleksiya bosqichlari bo‘yicha o‘quv loyihasi topshiriqlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda mustaqil ta’limdan foydalanishning metodik tizimi mobillik, moslashuvchanlik, individual ta’lim traektoriyasini tanlash, hamkorlik va sheriklik muhitini yaratishga imkon beruvchi modulli o‘qitish texnologiyasini blok-modulli va fanlararo shakllarining identivlik darajasi intensivligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
 “Biologiya o‘qitish metodikasi” fanidan talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishning dasturiy ta’minoti boshlang‘ich, oraliq, yakuniy bosqichlarga asoslangan holda o‘quv-bilish faoliyatini rejalashtirish va boshqarishga yo‘naltirilgan,  biologik masalalar, o‘quv loyihalarini vizual ko‘rinishda ifodalash imkoniyatlarini kengaytiruvchi raqamli-didaktik vositalarni ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda mustaqil ta’limdan foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
biologiya ta’lim yo‘nalishi talabalarining  mustaqil ta’limini  tashkil etishning didaktik jihatlarini bo‘lajak o‘qituvchilarda umummadaniy va kasbiy kompetensiyalar, o‘z-o‘zini tashkillash, o‘z-o‘zini nazorat qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan rejalashtirish, kuzatish, regulyasiya kabi metakognitiv faoliyat usullarining internal va fanlararo integratsiya bilan qayta aloqaga kirishuv darajasi barqarorligini bevosita hisobga olish orqali aniqlashtirish,  talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda mustaqil ta’limdan foydalanishning didaktik modelining tadqiqotchilikka doir tashkiliy-pedagogik komponentini prognostik, proektiv, modellashtirish kabi qobiliyatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan vaziyatni tashxis etish, loyihalash, refleksiya bosqichlari bo‘yicha o‘quv loyihasi topshiriqlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan 5110400 – Biologiya o‘qitish metodikasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishining malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim  vazirligining 2021 yil 8 yanvardagi  89-03-107-son ma’lumotnomasi). Natijada, axborot kommunikatsion ta’lim muhitida talabalar mustaqil ta’limini tashkillashtirishning didaktik va metodik imkoniyatlari ortgan;
bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda mustaqil ta’limdan foydalanishning metodik tizimini mobillik, moslashuvchanlik, individual ta’lim traektoriyasini tanlash, hamkorlik va sheriklik muhitini yaratishga imkon beruvchi modulli o‘qitish texnologiyasini blok-modulli va fanlararo shakllarining identivlik darajasi intensivligini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan  5110400 – Biologiya o‘qitish metodikasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun “Ekologiya va tabiatni muhofaza  qilish” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan  (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  2021 yil                           18 avgustdagi 356-son buyrug‘i, 356/7-014-raqamli guvohnoma). Natijada, biolog-talabalarning o‘z faoliyatini mustaqil boshqarish va o‘z ustida mustaqil ishlash kompetensiyalarini rivojlantirish orqali kasbiy faoliyatga tayyorgarligini orttirishga erishilgan;
“Biologiya o‘qitish metodikasi” fanidan talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishning dasturiy ta’minotini boshlang‘ich, oraliq, yakuniy bosqichlarga asoslangan holda o‘quv-bilish faoliyatini rejalashtirish va boshqarishga yo‘naltirilgan,  biologik masalalar, o‘quv loyihalarini vizual ko‘rinishda ifodalash imkoniyatlarini kengaytiruvchi raqamli-didaktik vositalarni ishlab chiqish orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Biologiya  o‘qitish metodikasidan mustaqil ta’lim resurslari” – elektron tizimi” nomli elektron o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim  vazirligining 2021 yil 8 yanvardagi  89-03-107-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish metodikasini elektron ta’lim resurslari vositasida takomillashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish