Alimov Sardor Komil o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aholi migratsiyasi ijtimoiy-axloqiy muhit transformatsiyasi omili sifatida”, 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (etika) (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fal447.
Ilmiy rahbar: Muxamedjonova Lalixon Ashuralievna, falsafa fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Nurmatova Mukaram Axmedovna, falsafa fanlari doktori, professor; Sodiqova Shoxida Marxabaevna, sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi aholi migratsiyasi jarayonlarining ijtimoiy-axloqiy muhitga ta’sirini axloqshunoslikning kategorial tizimi asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aholi migratsiyasiga olib keladigan individual farovonlik, baxt, ijtimoiy adolat singari axloqiy ideallarga intilish, farzandlarning mukammal axloqiy muhitda yashashi istagi kabi axloqiy motivlar hamda migratsiya tufayli vujudga keladigan axloqiy anklavizatsiya, intellektual migratsiya, milliy axloqiy identiklikning yo‘qolishi singari axloqiy oqibatlar falsafiy jihatdan ochib berilgan;
migratsiyaning ham resipient, ham donor jamiyatdagi etosferaning transformatsiyasiga olib keluvchi ijtimoiy, demografik omil ekanligi, migrantlarning resipient axloqiy muhitga adaptatsiya va inklyuziya (ijtimoiy integratsiya) qilishlarida axloqsizlikning marginallashuv, traybalizm, stigmatizm, ksenofobiya, diskriminatsiya, rasizm kabi shakllariga duch kelishi ochib berilgan;
aholi migratsiyasi tufayli emigrant jamiyatga amoralizm, vesternizatsiya, nigilizm, starizm, egoizm, gedonizm, milliy o‘zlikdan voz kechish kabi illatlarning kirib kelishi sabab-oqibat tamoyiliga ko‘ra oila institutining axloqiy qiyofasi transformatsiyasi, oilaviy qadriyatlar deformatsiyasi, ajralishlar hamda to‘liqsiz oilalar sonining ortishiga olib kelayotganligi falsafiy jihatdan asoslangan;
O‘zbekistonda mehnat migrantlarini ketishdan oldingi ko‘niktirish va kasbga tayyorlash bo‘yicha migratsion ta’lim dasturlarining mazmunini migrantlar dunyoqarashining umuminsoniy akseologik tizimlar bilan integratsiyasiga erishish maqsadida gumanizm, tolerantlik, patsifizm kabi axloqiy tamoyillar bilan boyitish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aholi migratsiyasining ijtimoiy-axloqiy muhitga ta’sirini o‘rganishga oid olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
aholi migratsiyasiga olib keladigan individual farovonlik, baxt, ijtimoiy adolat singari axloqiy ideallarga intilish, farzandlarining mukammal axloqiy muhitda yashashi istagi kabi axloqiy motivlar hamda migratsiya tufayli vujudga keladigan axloqiy anklavizatsiya, intellektual migratsiya, milliy axloqiy identiklikning yo‘qolishi singari axloqiy oqibatlarga oid taklif, tavsiya va xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Ta’lim va taraqqiyot», «Millat va ma’naviyat», «Kun mavzusi» radiodasturlarining 2021 yil iyul`-sentyabr` oylaridagi sonlarini samarali tashkil etishda, ularning dastur va ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston teleradiokanali» davlat muassasasining 2021 yil 12 oktyabrdagi 04-25-1607-son ma’lumotnomasi). Natijalarning amaliyotga joriy etilishi tinglovchilar ma’naviy-axloqiy dunyoqarashi hamda migratsiya jarayoniga axloqiy munosabatning yuksalishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
migratsiyaning ham resipient, ham donor jamiyatdagi etosferaning transformatsiyasiga olib keluvchi ijtimoiy, demografik omil ekanligi, migrantlarning resipient axloqiy muhitga adaptatsiya va inklyuziya (ijtimoiy integratsiya) qilishlarida axloqsizlikning marginallashuv, traybalizm, stigmatizm, ksenofobiya, diskriminatsiya, rasizm kabi shakllariga duch kelishiga oid taklif va tavsiflardan O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining faoliyatida, jumladan turizm turlarini diversifikatsiyalash, xususan, ziyorat turizmi, ekologik turizm, etnoturizm, ishbilarmonlik turizmi, sport, gastronomik, tibbiy, ta’lim va ilmiy turizmni hamda ularning infratuzilmasini rivojlantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 28 oktyabrdagi 04-21/9681-son ma’lumotnomasi). Natijalar, taklif va tavsiyalari turizm yo‘nalishidagi faoliyatni o‘rganishga hissa qo‘shgan;
migratsiya tufayli emigrant jamiyatda amoralizm, vesternizatsiya, nigilizm, starizm, egoizm, gedonizm, milliy o‘zlikdan voz kechish kabi illatlarning kirib kelishi sabab-oqibat tamoyiliga ko‘ra oila institutining axloqiy qiyofasi transformatsiyasi, oilaviy qadriyatlar deformatsiyasi, ajralishlar hamda to‘liqsiz oilalar sonining ortishiga sabab bo‘layotganligiga oid xulosalardan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2021 yil 12 fevralda tasdiqlangan 2021 yilning I yarim yillikka mo‘ljallangan ish rejasining «Mahallalar va oilalarda sog‘lom va barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhit hamda tinchlik, totuvlik va osoyishtalikni ta’minlash, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni mustahkamlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish»ga oid 9-bandini ishlab chiqishda hamda mazkur bandning ijrosini ta’minlashda, xususan, vazirlik huzuridagi «Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot institutida amalga oshirilgan JHBL-1-sonli «Mehnat migrantlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va reintegratsiya qilishning pedagogik-psixologik jihatlari» mavzusidagi ilmiy loyiha doirasida tayyorlangan «Xorijda ishlab qaytgan ota-onalar (oila a’zolari) uchun mashg‘ulotlar dasturi»ni boyitishda foydalanilgan (Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2022 yil 28 fevraldagi 02-02/479-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari, taklif va tavsiyalaridan foydalanilganligi vazirlikning mahallalar va oilalarda barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlash, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni mustahkamlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish yo‘nalishidagi faoliyati samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
O‘zbekistonda mehnat migrantlarini ketishdan oldingi ko‘niktirish va kasbga tayyorlash bo‘yicha migratsion ta’lim dasturlarining mazmunini migrantlar dunyoqarashining umuminsoniy akseologik tizimlar bilan integratsiyasiga erishish maqsadida gumanizm, tolerantlik, patsifizm kabi axloqiy tamoyillar bilan boyitish zaruratiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021 yil II yarim yilligi uchun mo‘ljallangan ish rejasining «Fuqarolarni xorijga ketishdan oldin ko‘niktirish va o‘qitish jarayonlariga jalb qilib borish, ketishdan oldin ko‘niktirish jarayonlarida ularga ketayotgan davlat tili, qonunchiligi, madaniyati va ufr-odatlarini o‘rgatish, diniy ekstremizm va missionerlik holatlarini oldini olish, «odam savdosi»ga qarshi kurash mavzularida nazariy va amaliy darslar o‘tilishini tashkillashtirish»ga oid 9 qism 2.7-bandining ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 17 martdagi 01/00-03/2505-son ma’lumotnomasi). Natijada fuqarolarning vaqtincha chet davlatga mehnat migranti sifatida ketganiga qadar ularni tayyorlash hamda mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarni reintegratsiyasini samarali tashkil etishga hissa qo‘shgan.