Rafikov Vahob Asomovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Geosistema destruksiya va degradatsiyasining chegaralari va xususiyatlari hamda qayta tiklanishi», 11.00.01–Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/G16.
Ilmiy maslahatchi: Yakubov Murat Adilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Seysmologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.G.01.06.
Rasmiy opponentlar: Abdulkasimov Ali, geografiya fanlari doktori, professor; Nigmatov Asqar Nigmatullaevich, geografiya fanlari doktori, professor; Xikmatov Fazliddin Xikmatovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: antropogen geotizimlar destruksiyasi va degradatsiyasi xususiyatlarini aniqlash va asoslash, qayta tiklash me’yorlarini baholash hamda Orolbo‘yi va Orol dengizi faoliyati rejimini boshqarish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Amudaryo quyi oqimi va dengizning qurigan qismi geotizimlari o‘zgarish dinamikasini izobatalar asosidagi ilmiy prognozlari ishlab chiqilgan;
Orol dengizining qurigan qismi va Amudaryo del`tasi teksligi tuproq qatlamlarida tuz yig‘ilishining turlari va xususiyatlari aniqlangan;
tabiiy meliorativ majmualarining litologik-geomorfologik tuzilishi bilan bog‘liq gidrologik va gidrokimyoviy ko‘rsatkichlari aniqlangan;
mahalliy arid zonalar tabiiy sharoitlarini hisobga oluvchi, cho‘llanish razryadlari, tezligi, ichki va umumiy cho‘llanishning maydon, miqdor va mezon ko‘rsatkichlarini aniqlash imkoniga ega cho‘llanish xavfini xaritalashtirish takomillashtirilgan;
tabiiy, antropogen va texnogen omillar ta’sirida arid geotizimlar destruksiya va degradatsiyasining lokal landshaft-indikatsiya jarayonlarini aniqlash imkoniga ega, kelajakda kutilayotgan cho‘llanish zonalarini aniqlash uslubi takomillashtirilgan;
Orol dengizining qurigan qismda o‘rmonzorlarni tezkor tabiiy almashinuv-ko‘payish jarayoniga imkon beruvchi va mintaqadagi ekologik inqirozni keskin kamaytirish xususiyatiga ega, qisqa muddatda tor, ensiz va keng qator maydonlarda o‘rmonzorlar hamda chorva-ozuqabop yaylovzorlarni yaratish usullari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Orolbo‘yi va Orol dengizi qurigan tubi geotizimlarini qayta tiklash bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Orol dengizining qurigan qismda o‘rmonzorlarni tezkor tabiiy almashinuv-ko‘payish jarayonining takomillashtirilgan uslubi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi davlat qo‘mitasiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi davlat qo‘mitasining 2017 yil 10 oktyabrdagi 3/2-4711-son ma’lumotnomasi). Natijada Orolbo‘yi hududida o‘rmonzorlar maydonining kengayishiga hamda geoekologik inqirozning kamayish imkonini bergan;
Orol dengizi va Orolbo‘yi mintaqasidagi ekologik inqirozni keskin kamaytirish xususiyatiga ega, qisqa muddatda tor, ensiz va keng qator maydonlarda o‘rmonzorlar hamda chorva-ozuqabop yaylovzorlar yaratishning takomillashtirilgan uslubi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi davlat qo‘mitasi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi davlat qo‘mitasining 2017 yil 10 oktyabrdagi 3/2-4711-son ma’lumotnomasi).NatijadaOrolbo‘yi va Orol dengizining qurigan qismda o‘rmonzorlarni tezkor tabiiy almashinuv-ko‘payish jarayoning imkonini bergan;
Amudaryo del`tasi va Orolbo‘yida cho‘llashish xavfini xaritalashtirishning takomillashtirilgan uslubi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi davlat qo‘mitasiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi davlat qo‘mitasining 2017 yil 9 fevraldagi 01/78-son ma’lumotnomasi). Natijada mintaqadagi cho‘llashishga qarshi kurashish, erlarning meliorativ holatini yaxshilash va geoekologik vaziyatni kamaytirish imkonini bergan;
yaqin yillar ichida kutilayotgan cho‘llashish zonalarini aniqlashning takomillashtirilgan uslubi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi davlat qo‘mitasiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi davlat qo‘mitasining 2017 yil 9 fevraldagi 01/78-son ma’lumotnomasi). Natijada ekologik holatning o‘zgarishini geografik prognozlash hamda rejali va doimiy ekologik monitoring olib borish imkonini bergan.