Yusupov A’zamjon Abdulladjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turkiston sarmoyadorlarining shakllanishi, faoliyati, taqdiri (1865-1930 yillar)», 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tar497.
Ilmiy rahbar: Agzamxodjaev Saidakbar Saidovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Tar.05.05.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Baxtiyor Maxmudjonovich, tarix fanlari doktori; Abdullaev Diyorbek Nodirjon o‘g‘li, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Turkistonda sarmoyadorlikning shakllanishi, mahalliy boylar, mulkdor-sarmoyadorlarning iqtisodiy faoliyati hamda ijtimoiy jarayonlardagi ishtiroki tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Rossiya imperiyasi istilosi oqibatida, o‘lkada etishtirilgan xomashyoni metropoliya markaziy guberniyalariga etkazib berish, xorij va rus kapitalining mintaqa bozoridagi faoliyatida vositachilik qilish, rusiyzabon sanoatchilarning tayyor mahsulotlarini Markaziy Osiyo bozorlarida sotish orqali topilgan daromadlar mahalliy sarmoyadorlar shakllanishining iqtisodiy asosi bo‘lganligi aniqlangan;
mintaqada tarixan shakllangan savdo va hunarmandchilik an’analari, tajribalari bilan evropacha iqtisodiy faoliyat olib borish uslublarining uyg‘unlashuvi mahalliy sarmoyadorlar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqqanligi asoslangan;
mahalliy mulkdorlar zamonaviy ta’lim muassasalariga homiylik qilish, yangi tashkil etilayotgan gazetalar va teatr truppalari faoliyatini moliyaviy ta’minlash orqali Turkiston o‘lkasi ma’naviy hayotini yuksaltirish, kishilarning dunyoqarashini o‘zgartirishga, yangi ish o‘rinlar yaratish, aholining ko‘makka muhtoj qatlamini qo‘llab quvvatlash bilan xalqning turmush darajasini yaxshilashga o‘z sarmoyasini yo‘naltirganligi dalillangan;
sovet hokimiyatining qatag‘on siyosati oqibatida mahalliy sarmoyadorlarning ayanchli taqdiri, jumladan Mirkomilboy Mirmo‘minboevning qatl etilgani, Saidnosir Mirjalilovning surgun qilingani, Ahmadbek Temurbekovning muhojirlikka ketishga majbur bo‘lganligi isbotlangan;
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1865-1930 yillar davriy chegarasida Turkiston sarmoyadorlarining shakllanishi, faoliyati, taqdiri tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Rossiya imperiyasi istilosi oqibatida, o‘lkada etishtirilgan xomashyoni metropoliya markaziy guberniyalariga etkazib berish, rusiyzabon sanoatchilarning tayyor mahsulotlarini Markaziy Osiyo bozorlarida sotish orqali topilgan daromadlar mahalliy sarmoyadorlar shakllanishining iqtisodiy asosi bo‘lganligiga, mintaqada tarixan shakllangan savdo va hunarmandchilik an’analari, tajribalari bilan evropacha iqtisodiy faoliyat olib borish uslublarining uyg‘unlashuvi mahalliy sarmoyadorlar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqqanligiga oid tadqiqot natijalaridan tadbirkorlik, moliya tizimi tarixiga doir materiallari bazasini yangi ma’lumotlar bilan boyitish, tegishli sohalarda milliy va an’anaviy asosda rivojlantirish jarayonlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 08 iyuldagi 03-37/09-35/151-son ma’lumotnomasi). Natijada taqdim etilgan materiallar tadbirkorlik faoliyati milliy an’analarimiz va zamonaviy talablar asosida uyg‘un rivojlanishiga xizmat qildi.
mahalliy mulkdorlar zamonaviy ta’lim muassasalariga homiylik qilish, yangi tashkil etilayotgan gazetalar va teatr truppalari faoliyatini moliyaviy ta’minlash orqali Turkiston o‘lkasi ma’naviy hayotini yuksaltirish, kishilarning dunyoqarashini o‘zgartirishga, yangi ish o‘rinlar yaratish, aholining ko‘makka muhtoj qatlamini qo‘llab quvvatlash bilan xalqning turmush darajasini yaxshilashga o‘z sarmoyasini yo‘naltirganligiga, sovet hokimiyatining qatag‘on siyosati oqibatida mahalliy sarmoyadorlarning ayanchli taqdiri, jumladan Mirkomilboy Mirmo‘minboevning qatl etilgani, Saidnosir Mirjalilovning surgun qilingani, Ahmadbek Temurbekovning muhojirlikka ketishga majbur bo‘lganligi isbotlanganligiga oid ilmiy xulosalardan «O‘zbekiston tarixi» telekanali «Taqdimot» ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «Oʻzbekiston» teleradiokanali» DUK qoshidagi «Oʻzbekiston tarixi» telekanalining 2021 yil 11 martdagi 02-40-349-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan ma’lumotlar keng jamoatchilikka etkazilib, 1865-1930 yillarda Turkiston o‘lkasi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti tarixiga oid tasavvurlarini yanada boyitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish