Sultanov Sirojbek Habibullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida ijtimoiy adolat tamoyillarining ijtimoiy falsafiy tahlili», 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fal334.
Ilmiy rahbar: Ramatov Jumaniyoz Sultonovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar:Aliev Bekdavlat, falsafa fanlari doktori, professor; Norqulov Suxrob Do‘stmurodovich, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchitashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida ijtimoiy adolat tamoyillarining ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyat taraqqiyotining yangi bosqichida ijtimoiy adolatni «tenglik», «umumiy taqsimot», «ijtimoiy rag‘batlantirish» kabi ma’naviy-axloqiy tamoyillar tarix falsafasi konsepsiyasida real-konseptual va ideal-konstruktiv sotsiumning ob’ektiv qadriyat ekanligi ijtimoiy-falsafiy jihatdan ochib berilgan;
jamiyat modernizatsiya tendensiyalarida milliy o‘zlikni anglash, o‘z-o‘zini boshqarish, o‘z-o‘zini nazorat qilish kabi ijtimoiy aksiologik jihatlari umumiy aloqadorlikni ta’minlashning dialektik va sinergetik bosqichlarida etnokonfessional ma’naviy va madaniy me’yorlarda namoyon bo‘lishi asoslangan;
jamiyat barqarorligi va farovonligini ta’minlash ijtimoiy adolatga ta’sir etuvchi milliy va umuminsoniy qadriyatlarning falsafiy jihatdan shaxs ongiga sub’ektiv ta’siri va jamiyatdagi modernizatsiya jarayonlarini amal qilishining demokratik jihatdan ob’ektiv, siyosiy jihatdan liberal va amaliy jihatdan pragmatik omillari ochib berilgan;
Yangi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi imidjini oshirishda ijtimoiy adolatni ta’minlashning boshqaruv sifati, tartibga solish, ijtimoiy nazorat va ijtimoiy ta’minot kabi indikatorlari jamiyatda integratsiya va kommunikatsiyani ta’minlashga qaratilganligi, hamda mustaqil shaxs faoliyatining individual harakatga muvofiqligini belgilovchi jihat ekanligi ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida ijtimoiy adolat tamoyillarining ijtimoiy-falsafiy tahlili doirasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
jamiyat taraqqiyotining yangi bosqichida ijtimoiy adolatni «tenglik», «umumiy taqsimot», «ijtimoiy rag‘batlantirish» kabi ma’naviy-axloqiy tamoyillar tarix falsafasi konsepsiyasida real-konseptual va ideal-konstruktiv sotsiumning ob’ektiv qadriyat ekanligi ijtimoiy-falsafiy jihatdan ochib berilganligi haqidagi ilmiy xulosalarga oid tavsiyalardan Ӯzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O’zbekiston»teleradiokanali «Qonun ustuvor», «Adolat qo‘rg‘oni», «Odil sudlov», «Mening huquqim» va «Munosabat»kabi dasturlari va eshittirishlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Ӯzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O’zbekiston»teleradiokanalining 2022 yil 17 martdagi 01-14-613-son ma’lumotnomasi). Ilmiy xulosalar aholining huquqiy ongi, huquqiy madaniyatini yuksaltirish, xususan, o‘sib kelayotgan yosh avlod ongida ijtimoiy adolat munosabatlarini shakllanish samaradorligiga xizmat qilgan;
jamiyat modernizatsiya tendensiyalarida milliy o‘zlikni anglash, o‘z-o‘zini boshqarish, o‘z-o‘zini nazorat qilish kabi ijtimoiy aksiologik jihatlari umumiy aloqadorlikni ta’minlashning dialektik va sinergetik bosqichlarida etnokonfessional ma’naviy va madaniy me’yorlarda namoyon bo‘lishi asoslanganligiga oid tavsiyalar va ilmiy xulosalardan «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining ish rejasida belgilangan «Ijtimoiy adolat g‘oyasi - buyuk allomalarimiz nigohida» nomli tadbir ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan («Milliy tiklanish» demokratik partiyasining 2022 yil 10 martdagi 02-04-26-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalardan jamoat manfaatlari yo‘lida ijtimoiy adolatni qaror toptirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarida, yoshlarning tafakkur va ongida adolat tushunchasining funksional roli va imkoniyatlari, bilimlarining yanada ortib borishiga erishilgan;
jamiyat barqarorligi va farovonligini ta’minlash ijtimoiy adolatga ta’sir etuvchi milliy va umuminsoniy qadriyatlarning falsafiy jihatdan shaxs ongiga sub’ektiv ta’siri va jamiyatdagi modernizatsiya jarayonlarini amal qilishining demokratik jihatdan ob’ektiv, siyosiy jihatdan liberal va amaliy jihatdan pragmatik omillari ochib berilganligiga oid amaliy taklif va tavsiyalardan Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazning «xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish» bo‘yicha tashkil qilingan turkum tadbirlarida foydalanilgan (Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazning 2022 yil 24 fevraldagi 05/184-son ma’lumotnomasi). Berilgan ilmiy xulosalar, amaliy takliflar xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, gender tenglik darajasini ta’minlash, inson qadr-qimmatini yuksaltirishga oid tasavvurlarni boyitish imkonini bergan;
Yangi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi imidjini oshirishda ijtimoiy adolatni ta’minlashning boshqaruv sifati, tartibga solish, ijtimoiy nazorat va ijtimoiy ta’minot kabi indikatorlari jamiyatda integratsiya va kommunikatsiyani ta’minlashga qaratilganligi, hamda mustaqil shaxs faoliyatining individual harakatga muvofiqligini belgilovchi jihat ekanligi bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2018-2020 yillarda amalga oshirilgan PZ-20170930369 shifrli «Globallashuv sharoitida tinchlik va barqarorlikka taxdid soluvchi g‘oyaviy, mafkuraviy va axborot xurujlariga qarshi kurashishning zamonaviy mexanizm va texnologiyalarini yaratish» mavzusidagi davlat grantida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 27 sentyabrdagi 02/08-1197-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy xulosalar Yangi O‘zbekistonning farovonlik, qadriyatlarni asrab-avaylash hamda ijtimoiy adolatni ta’minlash bo‘yicha xalqaro maydondagi imidjini oshirishga doir konstruktiv g‘oyalar, metodologik tavsiyalarni ishlab chiqishga xizmat qilgan.