Omonova Sarvinoz Orif qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda xotin-qizlar sportini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish ishi tarixi (1991-2021 yy.)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tar867.
Ilmiy rahbar: Mo‘minova Gavxar Esanovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor; G‘afforov Shokir Safarovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda xotin-qizlar sportining yo‘lga qo‘yilishi va rivojlanish tarixini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda 1991–1997 yillari jismoniy madaniyat va sport sohasini rivojlantirishga doir me’yoriy hujjatlar amaliyotga joriy etilgan bo‘lsada, amalda xotin-qizlarning xalqaro va olimpiada sport musobaqalarida ishtirokiga sport to‘garaklari tarmog‘ining etarli darajada yo‘lga qo‘yilmaganligi, soha moddiy ta’minotning nochorligi, xotin-qiz murabbiylarning tanqisligi kabi muammolar to‘sqinlik qilganligi dalillangan;
O‘zbekistonda xotin-qizlar sporti 1991-2004 yillargacha bo‘lgan davrda keng miqyosda yo‘lga qo‘yilmaganligi, bu davrda sportning faqat gimnastika, suzish, shaxmat, shashka turlari bo‘yicha xotin-qizlar uchun to‘garaklar tashkil etilganligi, bunda, ayniqsa, badiiy gimnastika yo‘nalishi yetakchilik qilganligi dalillangan;
mustaqillikning dastlabki yillarida Toshkent, Andijon, Namangan, Buxoro viloyatlarida xotin-qizlar sporti bo‘yicha ta’lim muassasalari, sport maktablarida bolalarni sportga jalb etish, respublika va xalqaro sport musobaqalari hamda olimpiada o‘yinlariga tayyorlash bo‘yicha tajriba va ustoz-shogird an’analarning shakllanganligi, aksincha Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida soha rivoji nisbatan ortda qolganligi ochib berilgan;
mustaqillik yillarida mamlakatda tashkil etilgan “To‘maris”, “Jasorat-iroda-g‘alaba”, “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” sport o‘yinlari xalqaro va olimpiada musobaqalar ishtirokchilari orasida xotin-qizlar ulushining ko‘payishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1991 – 2021 yillarda O‘zbekistonda xotin-qizlar sportini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish ishi tarixiga doir olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflardan:
O‘zbekistonda 1991–1997 yillari jismoniy madaniyat va sport sohasini rivojlantirishga doir me’yoriy hujjatlar amaliyotga joriy etilgan bo‘lsada, amalda xotin-qizlarning xalqaro va olimpiada sport musobaqalarida ishtirokiga sport to‘garaklari tarmog‘ining etarli darajada yo‘lga qo‘yilmaganligi, soha moddiy ta’minotning nochorligi, xotin-qiz murabbiylarning tanqisligi kabi muammolar to‘sqinlik qilganligi dalillanganligi, shuningdek O‘zbekistonda xotin-qizlar sporti 1991-2004 yillargacha bo‘lgan davrda keng miqyosda yo‘lga qo‘yilmaganligi, bu davrda sportning faqat gimnastika, suzish, shaxmat, shashka turlari bo‘yicha xotin-qizlar uchun to‘garaklar tashkil etilganligi, bunda, ayniqsa, badiiy gimnastika yo‘nalishi yetakchilik qilganligi dalillanganligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining xotin-qizlar sporti targ‘ibotini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 26 oktyabrdagi 03-17-02/9579-son ma’lumotnomasi). Bu esa yoshlar o‘rtasida xotin-qizlar sportining sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdagi o‘rnini ko‘rsatib berishga xizmat qilgan;
mustaqillikning dastlabki yillarida Toshkent, Andijon, Namangan, Buxoro viloyatlarida xotin-qizlar sporti bo‘yicha ta’lim muassasalari, sport maktablarida bolalarni sportga jalb etish, respublika va xalqaro sport musobaqalari hamda olimpiada o‘yinlariga tayyorlash bo‘yicha tajriba va ustoz-shogird an’analarning shakllanganligi, aksincha Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida soha rivoji nisbatan ortda qolganligi ochib berilganligi, shuningdek mustaqillik yillarida mamlakatda tashkil etilgan “To‘maris”, “Jasorat-iroda-g‘alaba”, “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” sport o‘yinlari xalqaro va olimpiada musobaqalar ishtirokchilari orasida xotin-qizlar ulushining ko‘payishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatganligi dalillanganligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2021 yil 3 martda efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat unitar korxonasining 2021 yil 3 martdagi 02-40-670-son ma’lumotnomasi). Bu esa yoshlar ongida O‘zbekistonda xotin-qizlar sporti bo‘yicha asosiy tushunchalarni shakllantirishga xizmat qilgan.