Mo‘minov Usmon Muhammad o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar: Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “XVIII asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Qarshi shahrining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlari”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Tar624.
Ilmiy rahbar: Eshov Bahodir Juraevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Suleymanov Rustam Xamidovich, tarix fanlari doktori, professor; Xudoyqulov Tulqin Dustboboevich, tarix fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XVIII asrning ikkinchi yarmi–XX asr boshlarida Qarshi shahrining ijtimoiy–iqtisodiy va madaniy jarayonlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qarshi shahrining aynan o‘rganilayotgan davrda amirlikning muhim harbiy strategik, siyosiy, iqtisodiy tayanch markazi darajasiga ko‘tarilishiga shaharning himoya devorlari bilan o‘ralganligi, valiahdning hokim bo‘lishi, shaharning ichki va tashqi savdo markazi bo‘lganligi, bu jarayonlarni ifodalovchi yangi xarita arxivdan topilib ishga joriy etilganligi kabi omillar zamin bo‘lganligi dalillangan;
Qarshi shahrida mang‘itlarning to‘planganligi, hukmdorlarni qo‘llab-quvvatlovchi nufuzli davlat amaldorlarining Qarshi vohasi mang‘itlari orasidan (Qarshi mang‘itlari orasidan shayxulislom, qozikalon, viloyat beklari, raislar va h.k.) tayinlanishi shaharning amirlik siyosiy hayotidagi mavqeining oshishiga sabab bo‘lgan muhim omillardan ekanligi isbotlangan;
shaharning ma’muriy boshqaruv tizimi Termiz, Samarqand, Kattaqo‘rg‘on, Buxoro, Shahrisabz, Kitob va boshqa shaharlar bilan o‘xshash va o‘ziga xos jihatlari aniqlanib, shaharni bevosita valiahd shahzodalar tomonidan boshqarilganligi dalillangan;
Qarshi shahridan o‘tgan, amirlik poytaxtini Eron, Hindiston, Afg‘oniston hamda uning Shahrisabz, Denov, Hisor kabi sharqiy hududlari bilan bog‘laydigan asosiy Qarshi – Termiz – Kelif, Qarshi – G‘uzor – Shahrisabz – Samarqand, Qarshi – Koson – Karmana – Buxoro – Chorjo‘y kabi savdo yo‘llari yo‘nalishlari ularning ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotdagi roli xaritalar orqali ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XVIII asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Qarshi shahrida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlar mavzusiga doir ilmiy natijalar va amaliy takliflardan:
Qarshi shahrining aynan o‘rganilayotgan davrda amirlikning muhim harbiy strategik, siyosiy, iqtisodiy tayanch markazi darajasiga ko‘tarilishiga shaharning himoya devorlari bilan o‘ralganligi, valiahdning hokim bo‘lishi, shaharning ichki va tashqi savdo markazi bo‘lganligi, bu jarayonlarni ifodalovchi yangi xarita arxivdan topilib ishga joriy etilganligi kabi omillar zamin bo‘lganligi haqidagi ilmiy natijalar O‘zbekiston teleradiokompaniyasi “O’zbekiston tarixi” telekanalining “O‘zbekiston Ipak yo‘llarida” ko‘rsatuvining Qashqadaryo sonini tayyorlashda foydalanilgan (“O'zbekiston tarixi” telekanalining 2020 yil 19 oktyabrdagi 02-40-979-son dalolatnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi shaharlar o‘rtasidagi bog‘liqlik vujudga kelganligi va taraqqiy etib borish jarayoni bo‘yicha aniq xulosalar chiqarish imkonini bergan;
Qarshi shahrida mang‘itlarning to‘planganligi, hukmdorlarni qo‘llab-quvvatlovchi nufuzli davlat amaldorlarining Qarshi vohasi mang‘itlari orasidan (Qarshi mang‘itlari orasidan shayxulislom, qozikalon, viloyat beklari, raislar va h.k.) tayinlanishi shaharning amirlik siyosiy hayotidagi mavqeining oshishiga sabab bo‘lgan muhim omillardan ekanligi haqidagi ilmiy natijalar “O’zbekiston tarixi” (2-qis). T.; “Yangi asr avlodi”, 2018) nomli darsligining tegishli bo‘limlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 14 iyundagi 531 – son buyrug‘iga asosan nashr ruxsatnomasi (ro‘yxatga olish raqami 531-281). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi manbalarda shaharning ma’muriy boshqaruv tuzilishi, shaharni bevosita valiahd shahzodalar tomonidan boshqarilishiga oid ilmiy mulohazalarni ochib berish imkonini bergan;
Qarshi shahridan o‘tgan, amirlik poytaxtini Eron, Hindiston, Afg‘oniston hamda uning Shahrisabz, Denov, Hisor kabi sharqiy hududlari bilan bog‘laydigan asosiy Qarshi – Termiz – Kelif, Qarshi – G‘uzor – Shahrisabz – Samarqand, Qarshi – Koson – Karmana – Buxoro – Chorjo‘y kabi savdo yo‘llari yo‘nalishlari ularning ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotdagi roli xaritalar orqali ko‘rsatib berilgan taklif echimlaridan Madaniy meros agentligi faoliyatida turizm va muzeylarni yanada boyitish amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining 2022 yil 7 fevraldagi 01-01/308-son ma’lumotnomasi). Bu esa shaharning Buxoro amirligi sharqiy bekliklari bilan bog‘laydigan asosiy yo‘llar, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi o‘rni hamda Qarshi shahrining tarixiy muhitini saqlash va turizmni rivojlantirish imkonini bergan.