Kudratova Umida Raxmatovnaning
 falsafa  doktori (PhD) dissertatsiyasi  himoyasi  haqida  e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya  mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zamonaviy ta’lim tizimida o‘qituvchi fenomenining ijtimoiy-falsafiy tahlili», 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fal1323.
Ilmiy rahbar: Saifnazarov Ismoil, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot  universiteti.
IK faoliyat  ko‘rsatayotgan  muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: A’zamxadjaeva Saida Sobitxanovna falsafa fanlari doktori, professor; Qaxxorova Matluba Manafovna falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi  tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy ta’lim tizimida o‘qituvchi fenomenining ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’limning metodologik negizi sifatida o‘qituvchi shaxsining gumanistik ijtimoiy-falsafiy idealini shakllantirish asosida jamiyatda uning mavqeini belgilashga qaratilgan  intellektual, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-madaniy harakatlantiruvchi kuchlari (bilimi, axloqi, ma’naviyati,  madaniy darajasi, ijtimoiy qiyofasi, ruhiy holatiga nisbatan) ochib berilgan;
Sharq va G‘arb ta’lim tizimi taraqqiyoti, ta’lim oluvchi ijtimoiy munosabatlarning faol sub’ektiga aylanishida o‘qituvchi shaxsining o‘rni, o‘qituvchi maqomining oshishi jamiyat rivojining muhim omili ekanligi, global pandemiya  sharoitida offlayn va onlayn  ta’limning  ijobiy va salbiy jihatlari hamda  ijtimoiy-pedagogik mazmunining tabiatga muvofiqlik va idealga muvofiqlik xususiyatlari (innovatsion, texnologik, metodologik, ijtimoiy-falsafiy) ochib berilgan;
Yangi O‘zbekistonda o‘qituvchining ijtimoiy maqomi – o‘qituvchi shaxsining kompetentligi (kommunikativ, axborotlar bilan ishlash, o‘z-o‘zini rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, milliy va umummadaniy, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyalarida) va ilmiy tafakkurini oshiruvchi mexanizm sifatida uning zamonaviy ijodiy faoliyatini takomillashtirish zarurligi  asoslangan;
o‘qituvchining ijtimoiy maqomini oshirish mexanizmi «ustoz-shogird» an’anasi asosida ta’lim oluvchilar uchun samarali muloqot tashkil etish, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatda determenistik bog‘liqlik hamda  o‘qituvchi shaxsi  maqomini oshirishda jamiyatda ijtimoiy  faollikka erishishning gnoseologik mohiyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy ta’lim tizimida o‘qituvchi rolining ijtimoiy-falsafiy tahlili bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
ta’limning metodologik negizi sifatida o‘qituvchi shaxsining gumanistik ijtimoiy-falsafiy idealini shakllantirish asosida jamiyatda uning mavqeini belgilashga qaratilgan  intellektual, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-madaniy harakatlantiruvchi kuchlari (bilimi, ma’naviyati,  madaniy darajasi, ijtimoiy qiyofasi, jismoniy va ruhiy holatiga nisbatan)ga oid g‘oyalardan O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi faoliyatida, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini  2030 yilgacha  rivojlantirish konsepsiyasini  tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-5712-son  Farmonining  a-bandi 9- xatboshisida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligining  2022 yil 26 yanvardagi 02-02/3-89- son ma’lumotnomasi).  Natijada umumiy o‘rta ta’lim tizimi muassasalarida o‘qituvchi kasbining mavqei va obro‘sini ko‘tarish, ularning ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatini takomillashtirish, oliy va o‘rta ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga erishilgan;
Sharq va G‘arb ta’lim tizimi taraqqiyoti, ta’lim oluvchi ijtimoiy munosabatlarning faol sub’ektiga aylanishida o‘qituvchi shaxsining o‘rni, o‘qituvchi maqomining oshishi jamiyat rivojining muhim omili ekanligi, global pandemiya  sharoitida offlayn va onlayn  ta’limning  ijobiy va salbiy jihatlari hamda  ijtimoiy-pedagogik mazmunining tabiatga muvofiqlik va idealga muvofiqlik xususiyatlari (innovatsion, texnologik, metodologik, ijtimoiy-falsafiy)ga oid xulosa va amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi «Adolat» Sotsial-demokratik partiyasi siyosiy Kengashining  saylovoldi dasturida «Pedagog xodimning maqomi» masalasida konsepsiya ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi «Adolat» Sotsial-demokratik partiyasi siyosiy Kengashining 2021 yil 30 apreldagi 01-02/142-son ma’lumotnomasi). Natijalar «Pedagog xodimning maqomi» to‘g‘risidagi  konsepsiyani ishlab chiqishda va partiya saylovoldi dasturining yanada mazmunli bo‘lishiga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonda o‘qituvchining ijtimoiy maqomi – o‘qituvchi shaxsining kompetentligi (kommunikativ, axborotlar bilan ishlash, o‘z-o‘zini rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, milliy va umummadaniy, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyalarida) va ilmiy tafakkurini oshiruvchi mexanizm sifatida uning zamonaviy ijodiy faoliyatini takomillashtirishga oid g‘oyalardan O‘zbekiston  milliy teleradiokompaniyasi «O’zbekiston» teleradiokanali»ning «Munosabat» ko‘rsatuvida «O‘qituvchi: maqomi, martabasi va maoshi» mavzusi  va  «O‘zbekiston-24» teleradiokanalining «To‘g‘ridan-to‘g‘ri» radioeshittirishi ssenariysini  tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston-24» teleradiokanali Davlat unitar korxonasining 2021 yil 29 apreldagi 03-09-269-son ma’lumotnomasi;  «O’zbekiston» teleradiokanali davlat muassasasining 2021 yil 4 noyabrdagi 01-35-1733-son ma’lumotnomasi). Natijalar teletomoshabinlar  va tinglovchilarda o‘qituvchilar faoliyati va maqomini oshirishga qaratilgan davlat siyosatining samarali natijasi, amaliy ifodasi oshganligini namoyon qildi;
o‘qituvchining ijtimoiy maqomini oshirish mexanizmi «ustoz-shogird» an’anasi asosida ta’lim oluvchilar uchun samarali muloqot tashkil etish, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatda determenistik bog‘liqlik hamda  o‘qituvchi shaxsi  maqomini oshirishda jamiyatda ijtimoiy  faollikka erishishning gnoseologik mohiyatiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi  Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda uning hududiy  bo‘limlar  faoliyatida, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-5040-son qarori ijrosini amaliy ta’minlash jarayonida pedagoglar faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Kengashining 2022 yil 24 yanvardagi 02/08/85-son ma’lumotnomasi). Natijada «Bir ziyoli - bir mahallaga ma’naviy homiy» shiori ostida o‘qituvchilar tashabbuskorligini rag‘batlantirish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligi va o‘qituvchilar ijtimoiy faolligi oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish