Yo‘ldoshev Otabek Abdug‘anievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ta’lim-tarbiya jarayonida  texnogen sivilizasiyadan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari”, 13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped1155
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Mardonov Shukurullo Qo‘ldoshevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Nurmanov Abdinazar Tashbaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Xashimova Dildarxan Urinbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim-tarbiya jarayonida texnogen sivilizatsiyadan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlarini ochib berishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinflarda texnogen sivilizatsiyadan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari axborotli ta’lim muhitida ta’lim vositalari modifikatsiyalaridan o‘quvchilar faolligiga ta’sir etuvchi qulay vizuallik, tashkiliy-gigienik kabi tashqi hamda ongli qayta ishlash, mantiqiylik, izlanuvchanlik va o‘zlashtirish kabi ichki omillar barqarorligini hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
texnogen sivilizatsiya imkoniyatlaridan foydalanish vositasida ta’lim samaradorligini oshirish modeli boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining pedagogik-psixologik jihatlari inobatga olingan o‘quv-tarbiyaviy muhitda axborot shakli va vositasini erkin tanlash tamoyiliga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich ta’limda texnogen sivilizatsiyadan foydalanishning klasterli mexanizmlari fanlar xususiyatiga mos axborotli kontentni mustaqil tayyorlashning yakka va jamoaviy ta’lim shakllariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
texnogen sivilizatsiya yutuqlaridan samarali foydalanish vositasida o‘quvchilarda fanlarga oid kompetensiyalarni rivojlantirishning didaktik ta’minoti texnogen jarayonda yuzaga keladigan shaxslararo jonli muloqotga ehtiyoj muammosini hal etishga ta’lim klasterini qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich ta’lim samaradorligini oshirishda texnogen sivilizatsiyadan foydalanishga doir tadqiqot natijalari asosida:                                                                           
boshlang‘ich sinflarda texnogen sivilizatsiyadan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari axborotli ta’lim muhitida ta’lim vositalari modifikatsiyalaridan foydalanishga oid takliflari S-ECAGD-18-CA-0067 (PO20002335) raqamli “FY 2018 English Access Microscholarship Program” nomli Amerika Qo‘shma shtatlari ta’lim va madaniy ishlar byurosi bilan hamkorlikdagi amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligi Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2021 yil 7 avgustdagi 526-son dalolatnomasi). Natijada, ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishda texnogen sivilizatsiya yutuqlarini qo‘llashning xususiyatlari va istiqbolini moslashtirishga xizmat qilgan;
texnogen sivilizatsiya  imkoniyatlaridan  foydalanish vositasida ta’lim samaradorligini oshirish modeli boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining pedagogik-psixologik jihatlari inobatga olingan o‘quv-tarbiyaviy muhitda axborot shakli va vositasini erkin tanlash tamoyiliga ustuvorlik berishga oid tavsiyalari Toshkent viloyati, Jizzax viloyati, Toshkent shahri umumta’lim maktablari o‘quv-tarbiya jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 21 dekabrdagi 01/11-01/9-1771-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning bilim va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun imkoniyat yaratilgan;                 
boshlang‘ich ta’limda texnogen sivilizatsiyadan foydalanishning  klasterli mexanizmlari fanlar xususiyatiga mos axborotli kontentni mustaqil tayyorlashning yakka va jamoaviy ta’lim shakllariga ustuvorlik berishga oid tavsiyalari Toshkent viloyati, Jizzax viloyati, Toshkent shahri umumta’lim maktablari amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 21 dekabrdagi 01/11-01/9-1771-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarni tarbiyalashda qo‘llaniladigan ijodiy materiallar mazmuni hamda axborot texnologiyalardan foydalanish imkoniyati yaratilgan.                                                                                                                     

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish