Aslonova Mahliyo Juraboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Homila o‘sishining chegaralanish sindromi rivojlanishini molekulyar-genetik markyorlar yordamida erta istiqbolini belgilash» 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib.2041.
Ilmiy rahbar: Ixtiyarova Gulchexra Akmalovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04.30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Muminova Nigora Xayritdinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Kattaxodjaeva Maxmuda Hamdamovna, tibbiyot fanlari doktori,professor.
Yetakchi tashkilot: Xo‘ja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: homila o‘sishi chegaralanish sindromi rivojlanishida molekulyar-genetik markerlar asosida mazkur asoratni bashoratlash mezonlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Buxoroda istiqomat qiluvchi homila o‘sishini chegaralash sindromi kuzatilgan homiladorlarda allellarning turlicha uchrash chastotasini o‘rganish imkonini beruvchi ITGA2 va ITGB3 genlari polimorfizmlari bo‘yicha genotipning o‘ziga xosligi aniqlangan;
homilador ayol genotipida ITGB3 genining gomozigota holatida mavjudligi II-III darajali homila o‘sishini chegaralash sindromi rivojlanishi uchun xavf omili ekanligi aniqlangan;
ilk bor homilador ayollarda homila o‘sishini chegaralash sindromida ITGB3 gen polimorfizmlarining genotipik o‘ziga xosligi o‘rtasidadagi bog‘liqlik isbotlangan;
yangi ultratovush markerlari (bukkal koeffisent, sefalik indeks) va doppler ko‘rsatkichlari (serebro-platsentar indeks) asosida prognostik matrisani ishlab chiqish va keyinchalik ularning diagnostika samaradorligini baholash orqali homila o‘sishini chegaralash sindromining antenatal diagnostikasi optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Homila o‘sishi chegaralanish sindromi mavjud homiladorlarda akusherlik asoratlarini genetik diagnostikasi va profilaktikasini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
homiladorlarni klinik-anamnestik va instrumental tekshiruv natijalari asosida ishlab chiqilgan “Akusherlik asoratlarida homila o‘sishi chegaralanish sindromini prognoz qilish hamda skrining diagnostika usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 23 fevraldagi 8n-r/163-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyalarning natijalari homila o‘sishi chegaralanish sindromi mavjud ayollarda kasallik belgilarini aniqlashning erta prognoz qilishga imkon bergan;
ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash tizimining amaliyotiga, shu jumladan, Buxoro shaxar va perinatal tug‘ruq komplekslari, Buxoro tuman tibbiyot birlashmasining klinik amaliyotiga tadbiq etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 29 dekabrdagi 8 n-z/566-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma homila o‘sishi chegaralanish sindromini molekulyar-genetik va dopplerometrik ko‘rsatkichlarni e’tiborga olib, perinatal xavfni baholash, shuningdek homila o‘sishi chegaralanish sindromi yuqori xavfi mavjud homilador ayollar guruhida uning oldini olish tizimini ishlab chiqish va tadbiq etish imkoni yaratilgan.